101
yer egaligi va yerdan foydalanish tizimiga sobitqadamlik bilan o‟tish
bosqichlari
amalga oshirilmoqda.
1992 yildan hozirgi davrgacha bo‟lgan muddatda dehqon - fermer xo‟jaliklari
soni va ularga mos ravishda ekin maydonlari ajratish jarayoni davom etib kelmoqda.
Xozirgi davrga kelib 21, 5 mingdan ziyod fermer xo‟jaliklari faoliyat ko‟rsatib
kelmoqda. Ularga biriktirilgan yer maydoni 470 ming gektarni tashkil qiladi.
Dehqon - fermer xo‟jaliklarini ishlab chiqarish faoliyatida va ularning yo‟nalishida
tub burilishni “Fermer xo‟jaligi to‟g‟risida” (1998 y.) va “Dehqon xo‟jaligi
to‟g‟risida” gi (1998 y.) qonunlari Oliy Majlis sessiyasida qabul qilinishi hamda
ularni hayotga izchil tadbiq etilayotgani bo‟ldi. 1998 yil iyul oyidagi Oliy Majlisda
qabul qilingan “qishloq xo‟jalik kooperativi (shirkat uyushmasi) to‟g‟risida”gi
qonun ham yer resurslaridan samarali foydalanishda yangicha bosqichni boshlab
berdi.
Respublikamiz xalq xo‟jaligini ravnaqiga xususan uning agrar sektordagi yer
resurslaridan samarali foydalanishni boshqarish muammosini hal qilishda yer
fondidagi o‟zgarishlarni o‟z vaqtida aniqlash uchun
uning holatini kuzatib borish,
yerlarga baho berish, salbiy jarayonlarning oldini olish va oqibatdan foydalanishni,
yer tuzishni, yer fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish belgilangan
maqsadda va oqilona foydalanish, yerlarni muhofaza qilish ustidan davlat nazorati
amalga oshirilishini axborot bilan ta‟minlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining
“O‟zbekiston Respublikasida yer monitoringi to‟g‟risida” gi (2000 y.)
nizomi
muhim ahamiyat kasb etadi.
Yer monitoringi - tabiiy muhit holati monitoringining asosiy qismlaridan biri
bo‟lib va shu bilan birga boshqa tabiiy-muhit monitoringining asosi bo‟lib
hisoblanadi. Davlat yer kadastrini yuritishni, yerdan foydalanishni, yer tuzish, yer
fondidan belgilangan maqsadda va oqilona foydalanish
ustidan davlat nazoratini
amalga oshirishni, yerlarni muhofaza qilish organlarini axborot bilan ta‟minlash yer
monitoringi asosida amalga oshiriladi. Yer resurslaridan samarali foydalanishni
zarur ma‟lumotlar bilan ta‟minlash yer kadastri va yer monitoringi ahamiyatini
orttiradi.
102
Tuproqning bonitet balini belgilovchi asosiy omillardan hisoblangan gumus
qatlamini yemirilish jarayoni yer resurslaridan samarali
foydalanishda katta salbiy
ta‟sir etib kelmokda.
O‟tgan 20 yil mobaynida tuproq gumus qatlami uchdan bir qismga kamaygani
kuzatilgan. Tabiiy yaylovlarning katta qismi madaniy -texnik tadbirlarni o‟tkazish
extiyojiga ega. Shuning uchun qishloq xo‟jaligida tuproqlarning unumdorligi,
yerlarni hosildorligini oshirish, maxsulot xajmini ko‟payishi va uning o‟lchov
birligiga to‟g‟ri keladigan harajatlarni kamaytirishda
Dostları ilə paylaş: