Yer monitoringini o’tkazishning asosiy tamoyillari.
Yer monitoringining maqsadi va vazifasi uni yuritishning quyidagi
tamoyillariga amal qiladi:
1.
Har xil ma‟lumotlarni taqqoslash va o‟zaro birikishlik tamoyili.
U yagona
klassifikatorlar, formatlar, normativli-texnikaviy bazaning ma‟lumotlari, koordinata
va balandlikning yagona davlat tizimi qo‟llanishiga asoslanadi;
2.
Yer fondi va holati yer monitoringining ma‟lumotlariga haqiqatan ham
muvofiq kelishi tamoyili;
3.
Ma‟lumotlarning to‟laligi tamoyili;
4.
Yer monitoringini yuritishning uzluksizligi tamoyili.
Yer munosabatlarini qayta tuzish jarayonida, mamlakat yer fondining miqdor va
sifat ko‟rsatkichlarining o‟zgarishida uning ayrim toifalari o‟zgarishi yer resurslariga
antropogenli ta‟sirning ko‟chayishi yer fondini taqsimlash va tarkibida turli xil
o‟zgarishlar ro‟y beradi. Shuning uchun axborotlarni vaqti-vaqti bilan yeki
muntazam yangilab turish yo‟li bilan yer monitoringini yuritishning uzluksizligini
ta‟minlash.
Qolgan tamoyillardan yana quyidagilarni ta‟kidlash kerakki, ko‟rgazmali
tamoyili (harita, atlasla, sxemalardan foydalanish); foydalanish huquqi tamoyili
(davlat yoki tijorat sirini tashkil etadigan ma‟lumotlardan tashqari); tejamkorlik va
samaradorlik tamoyili (yer monitoringi ma‟lumotlarini saqlash va tizimlashtirishni
ta‟minlaydigan usullar, texnologiyalar, uslublarni qo‟llash); markazlashtirilgan
rahbarlik tamoyili (O‟zbekiston Respublikasi miqyosida yagona uslub bo‟yicha
103
yagona markazlashgan monitoringini o‟tkazish).Yer monitoringini yuritish uchun
turli xil tasvirlar, qidirishlar, taftish qilish (topografo-geodezik, tuproqning,
geobotaniqli, agrokimyoviy, meliorativli, shaxta qurilishi va boshqalar); maxsus
kuzatishlar (tog‟lardan ko‟chib yig‟ilgan qor uyumi, sel toshqini, gliyatsiologli,
radiologichli va boshqalar); kosmik tasvir va kuzatish, balandda uchadigan
samolyotlar bilan tasvirga tushirish, kuzatish va kichik aviatsiya vositasi yordami
bilan yer ustidan tasvirga olish va kuzatish; shuningdek fondli dalillardan
foydalaniladi.Yer fondini masofali zond bilan tekshirish 2 ta asosiy asbob-uskunalar
guruxlaridan foydalanish bilan amalga oshiriladi:
Video va rasm axborot (aerofotoapparatura, ko‟p zonali skaner uskunalari,
radiolakatorlar, televideniye kanallar va boshqalar); 2. Trassali guruhlar asboblari
(spektrometr, SVCh va IK - radiometlar va boshqalar).
Yer monitoringining shakllangan bazasi va bankidan foydalanishlari mumkin:
1. Davlat va mahalliy boshqarish organlari;
2. O‟zbekiston Respublikasi yer resurslari davlat qo‟mitasi va uning joylardagi
bo‟limlari;
3. Yerdan foydalanuvchi korxonalar, tashkilotlar va boshqa muassasalar;
4. Yerdan va tabiatdan oqilona foydalanishni tashkil etish, atrof muhitni
muhofaza qilish sohasidagi tashkilotlar va chet el hamda xalqaro tashkilotlar.
O‟zbekiston Respublikasi tarkibidagi Qoraqalpog‟iston Respublikasi
viloyatlar davlat va munitsipial boshqaruv organlariga zaruriyatga qarab
tezlashtirilgan ma‟lumotlar, bashoratlar, mavzuli haritalar tuzib chiqadilar va taqdim
etadilar hamda har yili birinchi yanvargacha “Yer resurslari davlat qo‟mitasi” ga
mintaqaning yer fondi holati to‟g‟risida yillik hisobot tayyorlanadi. O‟z navbatida
Yer resurslari davlat qo‟mitasi yer monitoringi axborotlarini umumlashtirib
zaruriyatga qarab tezkor ma‟lumotlar, ilmiy bashoratlar mavzuli haritalar va
atlaslarni tuzib, manfaatdor vazirliklar hamda idoralarga taqdim etadilar.
O‟zbekiston Respublikasiga keyingi hisobot yili uchun har yili 1 aprelda
kechiktirmasdan O‟zbekiston Respublikasining yer fondining holati to‟g‟risida
hisobot yuboradi.
|