Yoqilg'i yonishidan hosil bo'lgan mahsulotlarining tasnifi 8.1-jadval
Nomi
Yoqilg'i yonishidan hosil bo'lgan mahsulot
Chala
to'liq
Yoqilg'i uglerodi S
СО
СО2
Yoqilg'i azoti N Yoqilg'i oltingugurti S
NO
NO2
Yoqilg'i vodorodi N
H2S
SO2, SO3
Metan SN4
OH CO, C20H12
H2O CO2, H2O
Elektr stansiyalarning oqava suvlarida erigan anorganik zaharli moddalar (kislota, ishqorlar), molekulali - erigan organik moddalar (moy qoldiqlari, suv bilan mazutning aralashishidan qolgan polimer- uglevodorod birikmalari), kolloid tizimlari, erigan gazlar, erimagan qattiq qo'shimchalar va boshqalar bo'lishi mumkin. Oqava suvlarning ko'p ifloslari suv havzalaridagi o'simlik va hayvonot dunyosi uchun zaharlidir, boshqalari esa parchalanishdan keyin suvdagi kislorodni faol yutib yuboradi, oqibatda biosferani nobud bo'lishiga asta-sekin olib kelishi mumkin. Shuning uchun IESlarning hamma oqava suvlari tozalanadi, tabiiy suv havzalariga tashlanishdan avval ularning ifloslanish darajasi nazorat qilib turiladi. IES tashlamalari, ifloslantiruvchi moddalarning tashlamalariga ko'ra atrofdagi aholi ko'ziga uncha tashlanmaydi, ammo zararli ta'siri katta. Elektr stansiya va boshqa korxonalarni qurishda issiqlik tashlamalarining qabul qilingan me'yori chegaralanmagan, faqat yoz mavsumida suv havzasidagi tabiiy haroratga nisbatan 300C dan, qishda 500C dan oshmaslik talab qilinadi. Shunday qilib, IESning issiqlik tashlamalarining ziyon keltirishini oldini olish masalasi tashlamalarni uzluksiz ko'payib borishini kamaytirish, bir tarafdan ESning tejamliligini oshirish yo'li bilan bajarilsa, ikkinchi tarafdan ko'zga tashlanmaydigan issiq suvni bir qismini bug'lanishga, sarflangan issiqlik tarqalishini oqilona tashkil qilish bilan hal qilinadi. Bu usul baland mo'rilardan tashlanayotgan gazlar bilan birga atmosferaga ko'p miqdorda ifloslantiruvchi zararli moddalarni va ularni er yuzasiga tushishdan avval havo bilan aralashish yo'li bilan oldini olishga o'xshab ketadi. Bunda yangi qurilgan korxonaning ifloslantiruvchi moddalari miqdori ma'lum chegaralangan qiymatdan oshmasligi lozim. Ammo atrof-muhitga tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni mutloq miqdori ortishi munosabati bilan o'z-o'zidan tozalanishi, shu jumladan tarqatish usullarining samaradorligi past. Hozirgi vaqtda ESlar va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda havo atmosferasini eng yuqori darajasida ifloslantirishga asoslangan. Bu albatta noto'g'ri, chunki ushbu hududda keyinchalik, xuddi shunday ifloslantiruvchi zararli moddalarni tashlaydigan, yangi qurilayotgan va ishlab turgan korxonalarni kengaytirish va transportni rivojlantirishga yo'l bermaydi. Undan tashqari loyihalashtirilayotgan ob'ektlarda, ba'zi bir hollarda, kelajakda tozalash inshootlarini qurish rejalashtirilmagan, bu esa korxonani keyinchalik rivojlanishida, havoni haddan tashqari ifloslanib ketishidan saqlashga sharoit qoldirmaydi. IESlarni va sanoat korxonalarini loyihalashtirishda, albatta, tashlanayotgan ifloslantiruvchi zararli moddalarni tozalash uchun har-xil qurilma vositalari ko'zda tutilishi lozim. Atmosfera va suv havzalarini mutloq tashlamalarini kamaytirish maqsadida turli usul va qurilmalardan foydalanish avvaldan belgilab qo'yilishi lozim, chunki energetika (shu jumladan IES) va sanoatning boshqa sohalarini rivojlanishi atrof-muhitni ifloslanishi tufayli turli to'siqlarga uchrashi mumkin. 8.2. IES tashlamalarining tarkibi Elektr stansiyalarni zararli tashlamalarini atrof-muhitga ta'sirini baholash uchun vaqt birligida turli xil zararli moddalarni miqdoriy hisobini bajarish zarur. Tutun gazlari bilan birga tashlanadigan kul, qorakuya va koksning zarrachalari uchib ketadigan deb nomlanuvchi bo'lib, qorakuya ulushidan mikrondan o'n va yuz mikrongacha o'lchamiga ega. O'txona gazlari bilan uchib ketayotgan kul miqdori, qkul, kg, 1 kg yoqilgan yoqilg'iga to'g'ri keladigan, yoqilg'ini mexanikaviy to'la yonmasligini inobatga olganda (q4, %) quyidagini tashkil etadi: qkul=0,01«uk(Ai q4Qq/Qyon), (8.1) bunda: Qqi - yoqilg'ining quyi yonish issiqligi, Mj/kg; Qyon =32,7 Mj/kg - uchib ketayotganlardagi yonuvchi moddalarning o'rtacha issiqligi; auk - gaz oqimi bilan uchib ketayotgan kul zarralarining ulushi; auk= 0,9-0,95 o'txonada qattiq shlak xalos qilinishida va 0,7-0,85 suyuq shlak xalos qilinishida. Vaqt birligida atmosferaga kul zarrachalarini massaviy tashlanishi MKUL, g/s, elektr stansiyalardagi kul tutgichlar bilan ularni ushlab qolinishi inobatga olinganda quyidagi tenglama orqali aniqlash mumkin bo'ladi: Mkul= ЧыВ(1-П k.m.)103, (8.2) bu erda: В - elektr stansiyaga sarflangan yoqilg'i, kg/s; i] kT - kul tutgichlardagi qattiq yoqilg'ilarni ushlab qolish darajasi, odatda ^k.T=0,98-0,99 ga teng. Masalan, 2400 MVt quvvatli elektr stansiyalar uchun AU=17-20%li yoqilg'ining o'rtacha kullanishida mo'ri quvurlari orqali uchuvchan kulning yalpi tashlanishi 700 g/s (2,5 t/soat) ga yaqinni tashkil etadi. Ishchi massasidagi dastlabki kullanishi ancha yuqori bo'lgan yoqilg'ilarni yoqishda kulni ushlab qolishni samarali ta'minlanishi eng qiyin masalalardan biri bo'lib qoldi. Hududning atrof-muhitini sanitar normasini ta'minlash maqsadida tutun gazlarining oqimidagi kul zarrachalarini ushlab qolish darajasi ^к.у==0,995 ni tashkil qilishi kerak, ^к.у==0,98 dan o'tishiga qaraganda kulning o'tib ketish ulushini 4 marta kamayishiga to'g'ri keladi, elektr filtrlarning kul ushlab qolishining foydalanish sarflari 2 martaga yaqin oshib boradi. Yoqilg'i tarkibidagi oltingugurtning Su asosiy miqdori SO2 gacha yonishga ulguradi. Uni atmosferaga yalpi tashlanishini quyidagi tenglamaga ko'ra aniqlash mumkin: МSO2=2-103 В (Su/100)(1-nq’)(1-nq”), (8.3) bu erda: i]q - qozonning gaz yo'llarida ishqorli xususiyatlariga ega kul zarrachalarining yuzasidagi oltingugurt oksidlarini betaraflash darajasi; i]q - kul tutgichlarda ushlab qolingan oltingugurt oksidlarining ulushi. Kulni quruq holda tutgichlar (siklonlar, elektr filtrlar)da oltingugurt oksidlari deyarli ushlab qolinmaydi (щ=0). Shuning bilan bir vaqtda kulni ho'l holda tutgichlar (skrubber)da ularni ishqorli eritmalar Са(ОН)2 va Na2CO3 bilan yuvilishda SO2ni yuqori yutish darajasiga erishish mumkin bo'ladi: щ=0,8-0,9. Bu, SO2ni atmosferaga tashlanishining eng samarali kamaytirish usulidir. Oxirgi ifodadagi koeffisient 2, SO2 (М=64) ni molekulyar og'irligini oltingugurt massasiga S (M=32) ga ko'ra ortishini inobatga oladi. 2400 MVt quvvatli elektr stansiyada mazutni yoqishda (SU=2%), SO2ni mo'ri quvurlari orqali yalpi tashlanishi 9300 g/s (33,5 t/soat)ni tashkil etadi. Bu havo havzasini zararli moddalar bilan ko'p ifloslanishning asosiy omillaridan biri bo'ladi. Azot oksidlarining tashlamalari NO2 miqdorlari bilan hisoblanadi. Barcha o'txona va gaz yo'llarida azot oksidining asosiy qismi azot (II) oksidi NO ko'rinishida bo'lsa ham, atmosferada u ozon O3 bo'lishi tufayli azot (IV) oksidi NO2 gacha oksidlanadi. Mash'ala yadrosida azot oksidlarini hosil qilish miqdorini aniqlash qiyin, chunki NO2ni chiqishi ko'p omillarga bog'liq bo'ladi, shu jumladan yonishning harorat darajasiga, yonish zonasidagi ortiqcha havoga, yuqori harorat zonasidagi yonish mahsulotlarini bo'lish vaqtiga, dastlabki yoqilg'i massasidagi NYo, % azot borligiga, o'txonaga gazlarni qaytib kelish ulushi va boshqalarga. O'rtacha, gaz va mazutni yoqishda chiqib ketayotgan gazlarda NO2 ni miqdori 0,6 - 0,8 g/m3ni tashkil etadi, qattiq yoqilg'ini yoqishda esa 1 g/m3 ga yaqin. Masalan, 2400 MVt quvvatli elektr stansiya uchun kam ortiqcha havo (ao’t<1,05) bilan mazutni yoqishda yondirgich zonasiga gazlarni qayta aylanishida r=7%, NO2 oksidlarining yalpi tashlanishi 2100 g/s (7,56 t/soat)ni tashkil etadi. Bu raqam elektr stansiyalarning mo'ri quvurlari orqali SO2ning yalpi tashlanishidan kam bo'lsa ham, havodagi azot oksidlarning ruxsat etilgan eng ko'p bir martalik konsentrasiyasi undan olti baravarga kam. Shuning uchun NO2 tashlamalari, ayniqsa, boshqa zararli moddalar bilan birgalikda, odatda, atmosferaga asosiy xavf tug'diradi.Issiqlik elektr stansiyalarning zararli tashlamalarini atrofdagi hududga baland mo'ri quvurlari (200 m yuqori balandlikda) orqali sezilarli ta'siri IES atrofidagi 20-50 km diametrdagi hududga tarqaladi. O'txona gazlaridagi zaharli moddalar o'simlik va hayvonot dunyosiga, insonlarga hamda bino va inshootlarning qurilish konstruksiyalariga salbiy ta'sir etadi. Gazli komponentlardan farqli, diffuziya jarayonida atmosferaning pastki va yuqori qatlamlariga tarqaladi va shu munosabat bilan erga yaqin qatlamda elektr stansiyalarning yaqinida, asosan kul tashlamalari (1 mkm dan kichik radiusli zarrachalardan tashqari) erga tushadi. YErga yaqin havo va qatlamning yuzasini qattiq zarrachalar bilan umumiy ifloslanishidan tashqari yoqilg'i kulida nafas yo'liga zararli ta'sir etuvchi o'ta zaharli metall birikmalari, misol uchun, mishyak, qo'rg'oshin, rux, vannadiy, simob va boshqalarning mikro qo'shimchalari bor. Havoda SO2 borligi eng avvalo o'simliklarga ta'sir etadi. Havoda SO2 va namlik borligida sulfit va sulfat kislotalari (H2SO3ва H2SO4) hosil bo'ladi, ular metallarni zanglashini tezlashtiradi, betonni asta-sekin emirilishiga olib keladi. Azot (IV) oksidi NO2 ko'z, nafas yo'llarini shilliq pardalarini o'ta yallig'lantiradi. U suyuq muhitlarda yomon eriydi, shuning uchun o'pkaga chuqur kirishi mumkin. Undan tashqari, azot oksidi quyoshning tabiiy radiasiyasini spektrning ultra binafsha va ko'rinadigan qismida yutib atmosferani tiniqligini kamaytiradi. Inson organizmiga ta'sir qilish darajasiga ko'ra zararli moddalar qator turkumlarga bo'linadi. O'ta xavfli moddalarga vannadiy (V) oksid V2O5 va benz (a) piren С20Н12 kiradi. Birinchi birikma oz miqdorda mazutning yonishidan hosil bo'ladi. Benz (a) piren esa ayrim yonish zonalarida kislorodning etishmasligi hollarida turli xil yoqilg'ilarni yoqishda o'txona gazlarida paydo bo'lishi mumkin. Yuqori xavfli moddalarga azot (IV) oksidi (NO2) va oltingugurt angidridi SO3 mansub. Oltingugurt (IV) oksidi SO2 va azot (II) oksidi (NO) o'rta xavfli moddalarga taalluqlidir. Bizning davlatimizda havoning andozaviy sifati deb insonning nafas olish balandligidagi turli zaharli moddalar uchun eng yuqori ruxsat etilgan miqdorlar (REM) qabul qilingan. REMlarning qiymati ikkita ko'rsatkichlarda o'rnatiladi: eng katta bir martali (20 daqiqa davomida ruxsat etiladi) va o'rta sutkali (o'rtacha 24 soatda ruxsat etiladi). O'rta sutkali REMlar asosiy deb hisoblanadi, ularning qiymati - uzoq vaqt davomida insonga noxush ta'sirni kelib chiqarishini oldini olishdan iborat bo'ladi. Turli moddalarning tirik organizmga ta'sir etishini xavfli darajasi moddalarning haqiqiy miqdorlarini С, mg/m3 REM mg/m3 nafas olish balandligidagi havoga nisbati orqali aniqlanadi. Bu nisbat: к1=С1/РЭМ1, (8.4) ushbu i moddaning zaharli karraligi deb aytiladi. Havoda bir paytda tirik organizmga o'xshash biologik ta'sirga ega bir qator zararli moddalarning bo'lishi zaharlovchi ta'sirni kuchayishiga olib keladi, shu munosabat bilan bu moddalarni har biri REMga yaqin miqdorlarida bo'lmasligi lozim. Shuning uchun sog'liqni saqlash vazirligi tomonidan ba'zi bir moddalar uchun, masalan oltingugurt va azot oksidlariga, zaharli karraligining yig'indisi zarurligi to'g'risida qo'shimcha talablar kiritilgan. Ular quyidagi shart bilan ifodalaniladi: Ski= CSO2 + C2< 1. (8.5)