8.4-rasm. Neft mahsulotlariga ega oqava suvlarni tozalash texnologik chizmasi: 1- qabul qiluvchi bak; 2- neft tutgich; 3- oraliq baklari; 4- flotator; 5- siquvchi hajm; 6- ejjektor; 7- bug' isituvchi bilan mazutni qabul qilish idishi; 8- mexanik filtr; 9- ko'mirli filtr; 10- yuvish uchun suv baki; 11- siquvchi rostlagich; 12- kompressor; 13- nasoslar; 14- koagulyant eritmasi; 15- oqizish; 16- mazutlangan suvning tushishi; 17- yoqish uchun mazutli konsentrat. IES qurilmalaridan samarali foydalanish uchun quyqa hosil bo'lishi va zanglash jarayonlari bo'lmasligi uchun sharoitlar ta'minlanishi zarur bo'ladi. Ammo bu jarayonlardan to'liq qutulish mumkin emas va vaqti-vaqti bilan qizdirish yuzalarining ichki qatlamlarini tozalashga to'g'ri keladi. Zamonaviy qozon va turbinalarning konstruksiyalari murakkab bo'lgani uchun maxsus reagentlardan foydalanishga to'g'ri keladi. Ular orasida ishqorlar, organik va anorganik kislotalari, yuvish vositalari, zanglashga qarshi inkubatorlar va boshqalar bor. Kimyoviy tozalashlarda oqava suvlarning umumiy miqdori qozon turiga va foydalanilayotgan tozalash texnologiyasiga bevosita bog'liq bo'ladi va bitta tozalash uchun 20 ming tonnani tashkil qilishi mumkin. Ishlatib bo'lingan eritmalarda tozalash operasiyalaridan so'ng reagentlar 70-90% qo'shimchalarni tashkil qiladi, ularning tarkibiga ko'p zaharli moddalar kiradi. Qurilmalarni to'xtatib qo'yish vaqtida uni zanglashdan himoya qilish uchun ba'zi chora tadbirlar qo'llaniladi, buning uchun, masalan, qozonlar maxsus eritmalar bilan to'ldiriladi va qozon ishga tushishidan avval ular oqizib tashlanishi kerak. IESning gidrokuldan xalos etishning yopiq tizimlarida yuvilayotgan va ushlab turilgan suvlarning bevosita kul tashlash joylariga tashlanishi suvning rN qiymati sakkizdan yuqori bo'lmaganda amalga oshiriladi. Boshqa hollarda esa yuvilayotgan suv dastlab tashlanishidan avval betaraflanadi. Ko'p IESlarda qattiq yoqilg'ilardan foydalanilganda, kul va shlakning xalos etilishi suv bilan amalga oshiriladi. 1 t kulning xalos etish uchun 20-40 t suv talab qilinadi. Kul tashlash joylariga kul suv bilan birga pulpa, kul, shlak va suv aralashmasi holatida yuboriladi (20 km gacha), u erda kul cho'ktiriladi, tindirilgan va qisman tozalangan suv esa suv havzasiga oqizib yuboriladi (to'g'ridan to'g'ri tizimiga ko'ra) yoki IESga qayta foydalanish uchun orqaga yana qayta yuboriladi (aylanma tizimiga ko'ra). Birinchi holda suv havzasiga barcha qo'shimchalar erigan holda va kul tashlash joyida cho'kishga ulgurmagan dag'al qo'shimchalarning bir qismi tashlab yuboriladi. Suv havzasiga bu holda tashlanayotgan tuzlarning yalpi miqdori juda katta. Bu tashlamalarda o'ta zaharli moddalar: mishyak, germaniy, vannadiy, ftor va boshqalar bo'lishi mumkin. Bundan tashqari suvda yoqilg'ining to'la yonmasligidan qolgan mahsulot konserogen moddalar ham bo'lishi mumkin. Shuning uchun hozirgi paytda IESlarda gidro kuldan xalos qilishning to'g'ridan- to'g'ri usuli loyihalanmaydi va yangi qurilayotgan IESlar aylanma tizimlar bilan jihozlanadi. Ammo bu holda ham aylanma tizimdagi suvning bir qismini suv havzasiga tashlashga to'g'ri keladi va o'rniga toza suv bilan to'ldiriladi, chunki kul bilan uzoq vaqt davomida birga bo'lishda u qiyin eriydigan birikmalar (СаСО3, CaS04, Са(ОН)2) bilan to'yingan yoki o'ta to'yingan bo'lishi mumkin. Bular esa gidrokuldan xalos etish tizimlarida qiyin eriydigan qatlamlarni hosil qiladi va uning ishini qiyinlashtiradi. Tashlanayotgan suvning miqdori 1-3% ni tashkil etadi, ammo undagi zaharli moddalarning miqdori juda katta bo'ladi va bu holda suvlarning suv havzalariga tashlanishi jiddiy muammolarga sabab bo'ladi. Gidrokuldan xalos etishda suvning ko'p sarflanishi va qo'shimchalarning katta miqdoriga ko'ra (2000-8000 mg/kg) oqava suvlarni to'la hajmda tozalash juda qiyin. Shuning uchun bu kabi suvlarning ishlatilishida ularning ziyonsizlantirilishi, ya'ni zaharli moddalarning miqdorini talab darajasigacha kamaytirish to'g'risida gapirish lozim. Ushbu maqsadda qo'shimchalarni cho'ktirish usullari, ularni turli xil sorbentlarda, shu jumladan kulning o'zida ham yutilishi qo'llanishi mumkin. Bundan xulosa qilish mumkinki, oqava suvlarni tozalash - qimmat turadigan tadbirdir. Bundan tashqari tozalash qurilmalarining samaradorligi uncha yuqori bo'lmaganligi tufayli va oqava suvlarning yalpi sarflanishi ko'p bo'lganligi uchun suv havzasidagi REMga oqava suvlarini keltirishda juda ko'p toza suv suyultirilishi talab qilinadi. Shuning uchun bu muammoni echishda qator tadbirlarni bajarishga to'g'ri keladi - bu oqava suvlarining tozalash texnologiyasini takomillashtirish; ulardagi qimmatbaho elementlarni ajratib olish; oqava suvlarining hajmini kamaytirish maqsadida texnologik jarayonlarini tubdan o'zgartirish; aylanma tizimlardan samarali foydalanish va suvni talab qilmaydigan quruq texnologik tizimlarga o'tishdir. Bu tadbirlar majmuasini bajarilishi keyinchalik suvsiz ishlab chiqaradigan texnologiyaga o'tishga imkon beradi. 5. Organik yoqilg’ilarni yoqishda atrof - muhitga zararli ta'sirini baholash
Organik yoqilg'ilarning yonish mahsulotlari tarkibida har-xil miqdorda turli xil ziyonlikka ega ifloslantiruvchi moddalar bor. Ular orasida: uglerod, azot va oltingugurt oksidlari, vodorod sulfid (H2S), qora kuya (saja) hamda har-xil uglevodorodlar, benz(a)piren (С20Н12), mikroelementlar va boshqa zararli qo'shimchalar hosil bo'lishi mumkin. Ayrim hollarda energetik yoqilg'ilarning sifatini tavsiflash uchun ularning atrof- muhitni ifloslanishiga nisbatan har-xil ifloslarning miqdor yig'indisi hamda uning zaharliligini inobatga oluvchi bitta ko'rsatkich qiymati bilan foydalanishiga zaruriyat bo'lishi mumkin. Bunday ko'rsatkichga talab, energetik yoqilg'ilarning hozirgi narxlariga qo'shimcha koeffisientni o'rnatilishidan kelib chiqadi. Energetik yoqilg'ilarning hozirgi narxlari ularni qazib olishga yoki tashilishiga sarflangan xarajatlarga asoslangan. Ammo, keyinchalik energetik yoqilg'ilarni narxlashda ularni ziyon keltiruvchi ta'sirini inobatga olgan holda o'rnatilishi lozim bo'ladi. Issiqlik elektr stansiyalarda bitta yoqilg'ini ikkinchisi bilan almashtirishda atrof- muhitni himoyalash nuqtai nazaridan xuddi shunday ko'rsatkichdan foydalanishni taqozo etadi. Bundan tashqari, bunday zaruriyat oltingugurtni ushlab qolish usullaridan samarali qo'llanishni taqqoslab baholash uchun bunday ko'rsatkichga asoslanadi. Qo'llanilayotgan texnologiyalarga ko'ra har-xil zararli qo'shimchalar, masalan, oltingugurt (IV) oksidi va azot (IV) oksidi har-xil darajada ushlab qolinadi, ayrim hollarda esa atmosferaga tashlanishdan avval tozalash natijasida mo'ridan chiqib ketayotgan ammoniy tuzi bo'lmagan gazlarda, gazlarni ammiak bilan tozalash natijasida paydo bo'ladi. Bularni hammasi ziyonlik yig'indisisiz oltingugurtni ushlanishining turli xil usullarini taqqoslash uchun tozalashda, sanitar samaradorligini o'rnatishda nisbatan qiyin bo'ladi. Ziyonlilik yig'indisining ko'rsatkichi K(, energetik yoqilg'i va ularni yonish mahsulotlari uchun alohida ziyonlilik ko'rsatkichlarining yig'indisi bilan ifodalanishi mumkin bo'ladi: К' 1К(8.7) bu erda: Ki - alohida-alohida ziyonlilik ko'rsatkichlari yig'indisining qiymatlari, zararli moddalarning solishtirma miqdori va ularning nisbiy zaharliligi.