58
2
1
2
1
2
)
(
q
q
q
Q
Q
V
.
(1.37)
Bunday hisoblashlar ayrim quduqlar uchun faqat foydalanish quduqlari
qatlamlar bo‘yicha to‘liq burg‘ilanib bo‘lingandan so‘ng qo‘llanilishi mumkin. Yangi
quduqlar burg‘ilanganda quduqlarni o‘zaro ta‘sirlanish hodisasi va qatlamda gaz
siljishi sharoitlari uyumda bosim qayta taqsimlanishi munosabati bilan shunchalik
murakkab bo‘ladiki, gaz zahirasini bu usul bilan hisoblangan qoldiq qiymatini juda
ham noaniqligi ayon bo‘ladi.
(1.36) va (1.37) formulalarning o‘zaro nisbatlari bo‘yicha olingan qiymatlarni
va quduq bo‘yicha aniqlangan qoldiq gaz zahiralarining miqdorini taqqoslash orqali
olingan qiymatlar bajarilgan hisob-kitoblar aniqligining belgilovchi mezon bo‘lib
xizmat qiladi.
Barcha quduqlar bo‘yicha aniqlangan qoldiq zahiralar yig‘indisi hisoblash
sanasiga uyum bo‘yicha qoldiq gaz zahiralarini aniqlash imkonini beradi.
Karbonatli va darzli zich qumtoshlarda odatda o‘rtacha qatlam bosimini to‘g‘ri
aniqlash uchun zarur bo‘ladigan uyum hajmi parametrlarini hisoblash qiyin kechadi.
Bu holatda, gaz zahiralarini yuqorida qayd qilinganidek, grafik usulda yoki tegishli
ma‘lumotlar borligida material balans metodi yordamida aniqlash kerak.
Dostları ilə paylaş: