66
Shunday qilib, gaz kondensati konlaridagi gaz zahiralarini hisoblashda gazda
gazsimon holatda bo‘lgan kondensat ulushini hisobga olish lozim. Chunki, gazsimon
kondensat suyuq faza tarzida ajralib chiqqandan so‘ng hisoblangan gaz zahiralarining
hajmi shu ajralib chiqqan kondensat hajmi hisobiga kamayadi. Bu qiymat gaz
zahiralari katta va gazda kondensatning miqdori yuqori bo‘lganda muhim ahamiyatga
ega bo‘ladi.
Gaz holatidagi kondensatning gazdagi miqdorini quyidagi nisbat bo‘yicha
aniqlash mumkin:
3
0
10
M
4
,
22
Q
V
,
(1.58)
bunda V
standart sharoitlarda qatlam gazidagi gaz fazasi ko‘rinishidagi
kondensat miqdori, m
3
; Q
0
kondensatning balans zahiralari, t; M
kondensatning
molekulyar massasi
1)
.
Qatlam gazida gaz holatidagi kondensat hajmi (standart sharoitlarda) qatlam
gazidagi og‘ir yuqori molekulyar uglevodorodlar miqdoriga bog‘liq bo‘lib (1.58)
formula bo‘yicha aniqlanadi.
Masalan, gaz kondensati uyumida gaz zahiralari 50 mlrd.m
3
barqaror
kondensatning boshlang‘ich miqdori 150 g/m
3
bo‘lsa, u holatda kondensatning
boshlang‘ich zahiralari 7,5 mln.t ni tashkil qiladi. (1.58) formula yordamida qatlam
gazining gaz fazasidagi kondensat hajmi 1,68 mlrd.m
3
yoki boshlang‘ich gaz
zahirasidan 3% ni tashkil etishini aniqlash mumkin
2)
. Gaz zahiralari 50 mlrd.m
3
,
barqaror kondensaning boshlang‘ich miqdori 500 g/m
3
bo‘lsa, kondensat zahiralari 25
mln.t ga teng bo‘ladi. (1.58) formula bo‘yicha aniqlangan gaz fazasidagi kondensat
hajmi 5,6 mlrd.m
3
ni, ya‘ni boshlang‘ich gaz zahirasining 9% ga yaqinini tashkil
qiladi. Bu miqdorni erkin gaz zahiralarini hisoblashda e‘tiborga olish zarur.
Dostları ilə paylaş: