71
Tabiiy xolki ishlash loyixasida qatlam haqida keyingi o‗zgaradigan ma‘lumotlarni
nazarda tutib bo‗lmaydi.
Ishlash loyihasini amalga oshirishda qatlamda kechadigan jarayonlar ustidan
nazorat olib boriladi. Yangi geologik-geofizik va kon ma‘lumotlari umumlashtiriladi.
To‗planadigan yangi ma‘lumotlar asosida konni ishlashni taxlil qilinadi. Agarda
ishlashni taxlil qilish amaliy ko‗rsatgichlarini loyihaviylardan chekinish sabablarini
ko‗rsatib va tushintirib bersa, unda konni tugaguncha ishlash loyixasi tuziladi.
Ishlashning boshlang‘ich loyixasiga tuzatishlar kiritishga zarurat ko‗pincha quduqlar
va qatlamning suvlanish xususiyatiga qarab belgilanadi.
Birgina ishlash tugaguncha loyixa konni ishlash jarayonini yakunlaguncha
ishonchli bashorat bera oladi deb bo‗lmaydi. Shuning uchun konni ishlashni
loyixalashtirishni vaqt davomida uzluksiz umulashtirish, kon xaqidagi tasavvurlarni
aniqlashtirish va u yoki bu davr uchun ishlash ko‗rsatgichlarini tuzatish jarayoni deb
qarash kerak.
Dostları ilə paylaş: