74
1.4. Gaz konini ishlash va ishlatish orasidagi aloqa
Mustaqil ishlatiladigan xar bir qatlam bo‗yicha ishlash loyixasini tuzishda
ishlash tizimini eng samaralisini aniqlash uchun bir necha variantni ko‗rib chiqish
zarur.
Barcha quduqlar qazib bo‗lingandan keyin qatlamning tavsifi xaqidagi bizni
bilimlarimiz uning tabiiy sharoitlardagi holatini to‗liq
ifodalamaydi, shuning uchun
xam konni ishlash loyixasi bir necha bosqichni tashkil qiladi.
Uyumni ishlash tizimlarini loyihalashtirishga kirishishdan avval gaz olish
davomida uning asossiy xususiyatlarini qanchalik o‗zgarganligini o‗rnatish lozim.
Uyumda bosim qanday tushadi, uning geometrik o‗lchamlari o‗zgaradimi – yo‗qmi
aniqlash lozim. Bu savollarni yechilishi ko‗proq uyumni ishlash tarziga bog‘lik.
Agarda u gaz tarziga ega bo‗lsa, geometrik o‗lchamlari o‗zgarishsiz qoladi va bosim
esa olinayotgan jami gaz miqdoriga proporsional holda tushaveradi.
Faqat uyumni ishlash jarayonida olinayotgan gaz miqdorini ko‗payishi
davomida qatlam bosimini tushish xususiyatiga qarab uni
ishlash tarzini aniqlasa
bo‗ladi.
Agarda uyumni ishlash tarzi toza gaz tarzi bo‗lmasdan tarang-suv siquv tarzi
bo‗lsa, uyumni ishlatish davomida uyum ostki suvlari ko‗tarila boshlaydi,
shuningdek, uyumni hajmi kamayadi va uning chegaralari siljiydi;
gaz tarziga
nisbatan bosim sekinroq tushadi.
Gaz uyumini konni qidiruv ma‘lumotlari asosida tuzilgan ishlash loyihasining
birinchi bosqichiga quduqlarni soni va joylashishini aniqlash, ularning ish tartibini
belgilash, vaqt davomida jami olingan mahsulotga bog‘lik holda qatlamda bosim
tushishini hisoblash, kon jixozini tanlash va b. kiradi.
Bu hisoblar odatda eng foydali sharoitlar uchun taxminan qilinadi. Masalan,
quduqlarni joylashishi va ishlatish quduqlarini quduq
tubi chuqurligini hisoblash
masalalarini yechishda, hisoblar suv siquvi tarzida, haqiqatda yo‗q bo‗lishi mumkin
bo‗lsa xam, uyumni ostki suvlari ko‗tarilishi mumkin deb olib boriladi.
Bosim tushishini suv siquv tarziga nisbatan bosim
tez tushadigan gaz tarziga
binoan hisoblanadi.
75
Uyumni ishlatish jarayonida uning u yoki bu xususiyatlarini qanday
o‗zgarishini ko‗rsatuvchi doimiy kon tadqiqotlari va kuzatuvlarini o‗tkazishda
boshlang‘ich ma‘lumotlar va xisoblarni aniqlashtirish mumkin. Shunday qilib,
masalan, gaz olinishi bilan qatlamda bosim tushishi xususiyati gaz zaxiralari haqidagi
ma‘lumotlarni aniqlashtirishda yordam beradi.
Bosimni tushish xususiyatini ko‗rib chiqish, uyumni ostki suvlarini satxi va
maxsus ajratilgan quduqlarda tazyiqning o‗zgarishini doimiy nazorat qilish uyumning
tarzi xaqidagi boshlang‘ich ma‘lumotlarni aniqlashtiradi.
Yuqoridagi aytilganlardan ma‘lumki, gaz uyumini oqilona ishlash uni ishlatish
bilan uzviy bog‘lik ekan. Boshlang‘ich ma‘lumotlar asosida tuzilgan birinchi ishlash
tizimi uyumni keyingi ishlatish ma‘lumotlari asosida to‗girlanadi.
Dostları ilə paylaş: