N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


Uyum so‘nish tarzlarida ishlanishi shartlarining tavsifi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
2.3. Uyum so‘nish tarzlarida ishlanishi shartlarining tavsifi 
Gazkondensat konlarini ishlash malakasi ko‗rsatadiki, ba‘zi holatlarda konni 
ishlash usuli masalasi bir yo‗la yechiladi. Gazkondensat konini, gaz tarkibidagi 
kondensat miqdoriga va uning qatlamda yo‗qotilishiga qaramasdan, so‗nish tarzlarida 
ishlash shartlarini ko‗rib chiqamiz. 
1) 
Boshlang‘ich 
qatlam 
bosimi. 
Boshlang‘ich 
qatlam 
bosimlari 
kondensatsiyalanish bosimidan ancha yuqori bo‗lgan gazkondensat konlaridan uzoq 
vaqt kondensat chiqishi o‗zgarishsiz bo‗lgan gaz olish mumkin. Faqatgina qatlamda 
bosim kondensatsiyalanish bosimiga teng bo‗lgandan keyingina kondensatsiyalanish 
boshlanadi va qatlamning g‘ovaklarida suyuq kondensat paydo bo‗ladi. O‗z-o‗zidan 
ma‘lumki, kondensat birinchi navbatda quduq tubi atrofida ajraladi. Qatlamda bosim 
tushishi bilan kondensat ajralish xududi kengayadi va butun maxsuldor qatlamni 
ishlatish ko‗payib boradigan yo‗qotishlar bilan olib boriladi. Biroq ishlatishning 


82 
birinchi davrida (kondensatsiyalanishdan yuqori bosimda) jami kondensat qazib olish 
yetarli darajada yuqori bo‗lishi mumkin. 
2) Uyumning o‗lchamlari. Agarda gazkondensat uyumining o‗lchamlari kichik 
bo‗lsa, unda ma‘lumki, gazni qatlamga qayta xaydash natijasida olinadigan 
qo‗shimcha kondensat xaydovchi quduqlarni qazishga va kompressor stansiyasini 
qurishga ketgan xarajatlarni qoplamaydi. Bunday konlar so‗nish tarzlarida ishlatiladi. 
Misol sifatida Zafar gazkondensat konini keltirish mumkin (G‘arbiy O‗zbekiston, 
«Shurtanneftgaz» MCHJ). 
Aytilgan fikrlar tektonik buzilishlar tufayli bir qator bir-biridan ajralgan, uncha 
katta bo‗lmagan o‗lchamlardagi bloklarga bo‗linib ketgan katta konlarga xam 
tegishlidir. 
Kon bo‗yicha kondensatning notekis tarqalishi xam so‗nish tarzida 
ishlatilishiga sabab bo‗lishi mumkin, chunki bu xolatda kondensatni boshlang‘ich 
zaxirasini to‗g‘ri baholashni va suv bostirish tizimini tanlashni tasavvur qilib 
bo‗lmaydi. 
3) Qatlam gazidagi kondensat miqdori. Qatlam gazida yuqori qaynovchi 
uglevodorodlarni miqdori kamligi bilan farq qilgan, uncha katta bo‗lmagan potensial 
gaz zaxirasiga ega bo‗lgan gazkondensat koni. Bu konlar qoidaga binoan yengil, 
zichligi yuqori bo‗lmagan kondensatga ega, shuning uchun bunday konlarni so‗nish 
tarzlarida ishlatishda anchagina yuqori kondensat olishga erishiladi. Bunday turdagi 
konlar uchun qatlam bosimini saqlashdan olingan samara jarayonni amalga oshirish 
bilan bog‘lik bo‗lgan xarajatlarni qoplay olmaydi. Shuning uchun bunday konlarni 
so‗nish tarzlarida ishlanadi. 
4) Geologik sharoitlar. Xar qanday gazkondensat konni xam uyumga quruq 
gazni qayta xaydash yoki suv xaydashni amalga oshirish uchun mos geologik 
sharoitlarga ega bo‗lavermaydi. Noma‘qul geologik sharoitlarga qatlamning 
o‗tkazuvchanligi va qabul qiluvchanligini pastligi, uyumni joylashish chuqurligini 
yuqoriligi, qatlamni litologik tarkibini tezda o‗zgaruvchanligi, yoriqlikni tarqalishini 
turliligi, uyumni alohida ajratilgan bloklarga tektonik bo‗linganligi va b. kiradi. 
Litologik turlilik tezda o‗zgaruvchan bo‗lganda yoki yoriqlikni tarqalishi bir tekis 


83 
bo‗lmaganda quruq gazni qatlamga qayta xaydash uyumni ta‘sir bilan yetarli darajada 
qamrash imkonini bermaydi. Bu esa quruq gazni tez-tez yorib o‗tishiga olib keladi. 
Uyumni bir-biridan ajratilgan ko‗plab bloklarga bo‗luvchi tektonik buzilishlar 
tizimini bo‗lishi xar bir blokda qatlam bosimini saqlashni tashkil qilish uchun 
xaydovchi quduqlar sonini bir qancha ko‗paytirishni talab qiladi. Bunday konlar 
kondensat zaxiralari katta bo‗lganda ham iqtisodiy va texnologik nuqtai nazardan 
so‗nish tarzida ishlatiladi. 
5) Kollektorlarning o‗tkazuvchanligi yuqori bo‗lganda chegara tashqarisidagi 
suvning tazyiqi. Yuqori o‗tkazuvchan kollektorli gazkondensat konlari. Odatda 
yuqori tazyiqli, faol chegara suvlari bo‗ladi. Bu uyumlarni so‗nish tarzida ishlashda 
suv uyumga kiradi, uni tabiiy suv bostirishni keltirib chiqaradi, buning natijasida 
qatlam bosimini tushish sur‘ati bir kancha sekinlashadi, shunining uchun qatlam 
bosimini sun‘iy saqlashga bo‗lgan ehtiyoj yo‗qoladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin