N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə31/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
2.5. Saykling-jarayon 
Gazkondensat konini ishlashning bunday nomlanishi unda qatlam bosimini 
saqlashni amalga oshirilishining mantiqidan kelib chiqqan – qatlamga mazkur 
qatlamdan olingan, lekin gazni tayyorlash qurilmasidan o‗tkazilgan va suyuq 
uglevodorodlari ajratib olingan gaz xaydaladi, boshqacha qilib aytganda gazni aylana 
xaydash (saykling-jarayon). 
30 chi yillarning o‗rtalarida AQShda ko‗plab gazkondensat konlari ochildi. Bu 
vaqtda bunday konlarni ishlatishda bo‗ladigan termodinamik xolatlar mantiqi 
o‗rnatildi. Shuni aytish lozimki, bu davrda gazni iste‘mol qilish juda xam kam bo‗lib, 
lekin suyuq uglevodorodlarga talab katta edi. Shuning uchun bu vaqtda (30 chi 


86 
yillarning oxiri 40 chi yillarning boshi) gazkondensat konini qatlam bosimini gazni 
qayta xaydash orqali saqlash bilan ishlash keng tarqaldi. U qimmat narxda 
sotilayotgan kondensatni qatlamdan maksimal olishga va arzon gazni saqlashga 
imkon bergan. 
Gazkondensat qatlamlariga quruq gazni xaydashdan maqsad qatlamda suyuq 
uglevodorodlarni teskari kondensatsiyalanishini minimumgacha yetkazish uchun 
qatlam bosimini yetarli darajada yuqori (odatda kondensatsiyalanishni boshlanish 
bosimidan bir muncha yuqori) saqlash hisoblanadi. Quruq gazning asosiy 
komponenti metan bo‗lganligi uchun quruq gazlar deyarli barcha qatlam 
gazkondensat tizimlari bilan to‗la aralashadi. Eksperimentlar ko‗rsatadi-ki, bir-biri 
bilan aralashadigan bir tizim bilan ikkinchisini siqish yuqori samara beradi va odatda 
bu samara 100% teng yoki yaqin. 
Ko‘kdumaloq konini o‘zlashtirish barcha loyiha hujjatlarida gaz-kondensatli 
qatlamini ishga tushirish Saykling-protsessini qullash bilan bir vaqtda amalga 
oshirish kuzda tutilgan edi. Lekin loyixada kursatilgandan ikki yil kechikib gaz 
qobig‘i ostiga quruq gaz haydashning boshlanishi qatlamda kondensatning o‘tirishi 
va qatlam bosimining keskin tushib ketishiga sabab bo‘ldi. 
1995 yil may oyida gazni kompleks tayyorlash uskunasi qurib bitkazilgandan 
keyin konning gazokondensatli qismi ishga tushirildi. Bu davrda qatlam bosimi neftli 
qismining jadallik bilan ishga tushirilganligi tufayli boshlang‘ich qatlam bosimi 22,6 
kgs/sm
2
ga tushdi va 545,4 kgs/sm

ni tashkil qildi. 
1996 yil iyul oyida qatlamga suv xaydash ishlari boshlandi. Bunga qadar 14 oy 
davomida gazkondensat qismida qatlam bosimi 44 kgs/sm
2
yoki oyiga o‘rtacha 3 
kgs/sm

dan kamayib keldi. Bunga neft olish tempini yuqoriligi va 1996 yil may-iyun 
oylarida 57 kun yongan №108 quduqning favvorasi qatlam bosimini tez tushishiga 
sabab buldi. Shunday qilib saykling jarayoni boshlanganida qatlam bosimi 133 
kgs/sm

ga tushib, loyixada kursatilgan 568 kgs/sm
2
o‘rniga 435 kgs/sm

ni tashkil 
qildi. 
1996 yil qatlamga suv haydash ishlari boshlanganida gazkondensatli qismida 
qatlam bosimi 460 kgs/sm

ni tashkil qildi, ya‘ni 108 kgs/sm

ga kamaydi. 


87 
Saykling jarayoni boshlangandan so‘ng nafaqat gazkondensatli qismida, balki 
neftli qismda qatlam bosimining tushishi sekinlashdi. 1995-1996 yillarda qatlam 
bosimi oyiga 5,3 kgs/sm

dan tushgan bo‘lsa, 2002 yilda bu ko‘rsatkich 3 kgs/sm

ni 
tashkil qildi. 2004 yilda esa 2,7 kgs/sm

ga teng bo‘ldi. 2005 yilda esa 2,58 kgs/sm

ga teng bo‘ldi. 2008 yilda esa bir oyda qatlam bosimi 0,66 kgs/sm

ga teng bo‘ldi. 
Demak saykling jarayoni gazkondensatli qatlam bosimi tushishini sekinlashtirishga 
ta‘sir etganligi namoyon bo‘ldi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin