N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə16/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
 
 


43 
4.2.
Tabiiy gaz zahiralarini hajmiy usulda hisoblash
Erkin gaz zahiralarini hisoblashning asosiy usullariga hajmiy va bosimning 
pasayishi usullari kiradi. 
Zahiralarni hajmiy metod bilan hisoblash kollektordagi gazning dastlabki 
miqdorini ifodalovchi va gaz konini tavsiflovchi geologik, fizik va kimyoviy 
xususiyatlarni o‘rganish asosida bajariladi. 
Lekin gaz zahiralarini hisoblash uchun qatlamning kollektorlik xususiyatlarini, 
unda gazning taqsimlanishi va uyum chegaralarini o‘rganishdan tashqari, gazning 
fizik xususiyatlarini, bosim va temperaturaning o‘zgarishi jarayonida gazda yuzaga 
keladigan o‘zgarishlarni hamda qatlam bosimi va temperaturasini, gazning kimyoviy 
tarkibini va uni tashkil qiluvchi ayrim komponentlarning foiz miqdorini aniqlash 
zarur bo‘ladi.
Toza gaz konlari bo‘yicha qayd qilingan ma‘lumotlarni to‘plash uqadar qiyin 
emas, chunki gaz tarkibi, odatda, bir xil va doimiy bo‘ladi. Gazning kimyoviy 
tarkibining va komponentlarining foiz miqdorini o‘rganish esa uyumda yuzaga 
keladigan sust va doimiy o‘zgarishlar tufayli murakkablashadi. 
Masalan, suv bilan to‘yingan, tarkibida erigan SO
2
va N
2
S bo‘lgan gaz 
uyumlarida bosim pasayishidan, suvda oson eriydigan SO
2
va N
2
S eritmadan ajralib 
chiqadi va gaz shu komponentlar bilan boyiydi. Gazning kimyoviy tarkibining 
o‘zgarishi, shuningdek, gaz-neftli uyumlarning gaz qalpog‘ida ham sodir bo‘ladi. 
Bunday uyumlardan foydalanishda va qatlam bosimining pasayishida gaz 
qalpog‘idagi gaz neftdan ajralib chiqqan og‘ir uglevodorodlar bilan boyishi mumkin. 
Gaz zahiralarini hajmiy metod bilan hisoblash o‘zining soddaligi tufayli keng 
qo‘llaniladi, chunki hisoblash uchun zarur bo‘lgan parametrlarni gaz uyumini sinov 
ishlatish jarayonida olish mumkin. 
Gaz zahiralarini hisoblash uchun hajmiy formula quyidagi ko‘rinishga ega: 
V=Fhmf(p

−p
o

o
)

g


,
(1.21) 
bunda V − hisoblash sanasiga chiqarib olinadigan (sanoat miqyosida) gaz zahirasi, 
m
3
; F ― mahsuldor gazlilik chegarasidagi maydon, m
2
; h - gazli qatlam g‘ovakli 


44 
qismining qalinligi, m; m - g‘ovaklilik koeffitsienti; p − hisoblash sanasiga gaz 
uyumidagi o‘rtacha mutlaq bosim, MPa; p

− sanoat miqyosidagi gaz zahiralari 
chiqarib olingandan so‘ng va quduq ustidagi mutlaq bosim 0,1 MPa ga teng bo‘lib, 
barqarorlashgandan so‘nggi o‘rtacha qoldiq mutlaq (yakuniy) bosim, 
g
Н

9
10
1293
qu
о
e
P
P




(1.22) 

va 

o
- uglevodorodli gazlarni Boyl-Mariott qonunidan og‘ishiga 

va 

o
bosimlar uchun tegishlicha tuzatishlar; 
f
- gaz hajmini standart temperaturaga 
keltirish uchun temperaturaga tuzatish 
pl
st
t
T
t
T
f



;
(1.23) 
(t
st
=20 
o
S, T=273 
o
S); 


- bog‘liq suv miqdori hisobga olingandagi gazga 
to‘yinganlik koeffitsienti; 


- gaz bera olish koeffitsienti. 
Gaz quduqlaridagi qatlam bosimi quduq ustidagi (vaqtincha ularning 
yopiqligida) bosim asosida (1.22) formula bo‘yicha gaz ustunining og‘irlik kuchini 
hisobga olib aniqlanadi. 
Uyumdagi qoldiq bosim p
k
quduq og‘zidagi bosim P=0,1 MPa (sanoat 
miqyosidagi gaz zahiralari chiqarib olgandan so‘ng) (1.22) formula bilan aniqlanadi. 
Odatda gazning tarkibi va yotish chuqurligiga ko‘ra p
o
qiymati 0,1-0,3 MPa oraliqda 
o‘zgaradi. Demak, suv bosimli rejimda qatlamdagi qoldiq bosimni p
o
hisobga olish 
maqsadga muvofiq emas, bunday holatda (1.22) formuladagi p
o
ni nolga teng deb 
qabul qilish kerak. 
Gazlilik maydoni, qatlam g‘ovakli qismining o‘rtacha qalinligi va 
g‘ovaklilikning o‘rtacha koeffitsienti qiymati neft zahiralarini hajmiy metod bilan 
hisoblashdagi kabi aniqlanadi. Faqat shuni e‘tiborga olish kerakki, gaz-suv tutash 
yuzasi odatda gorizontal holatda bo‘lib, uning usti va tagidagi chegarasi gazli 
qatlamning yer osti relefi izogipslariga to‘g‘ri keladi. 
Uglevodorod 
gazlarining 
ideal 
gazlar 
qonunlaridan 
og‘ishi 
gaz 
aralashmalaridagi ayrim komponentlarning og‘ishi haqidagi ma‘lumotlar bo‘yicha 
aniqlanishi mumkin. Tadqiqotlar natijasiga ko‘ra, gazning molekulyar massasi 


45 
qancha yuqori bo‘lsa, og‘ishi ham shuncha katta bo‘ladi, temperatura ortganda ular 
kamayadi. 
Tabiiy gazning tarkibiy qismlarini 15 
0
S da 0,1 MPa mutlaq bosimga og‘ishi 
1.6-jadvalda keltirilgan. 
Ma‘lumotlarni 20
o
C ga qayta hisoblashda ma‘no yo‘q, chunki og‘ishlar qiymati 
uncha katta bo‘lmay 20
o
C ga qayta hisoblaganda, hatto bosimning 6-18 MPa 
oralig‘idagi eng katta og‘ish qiymati 2 % dan ortmaydi. 
1.6-jadval 
Uglevodorod gazi 
komponentlari 
15°Sdagi 0,1 MPa ga og‘ishi 
Metan 
0,0022176 
Etan 
0,0088128 
Propan 
0,0186192 
Karbonat angidrid gazi 
0,0065520 
Azot 
0,0001008 
Havo 
0,0004896 
 
Izoh
. MDH davlatlarida standart temperatura sifatida 20 
o
S qabul qilingan 
bo‘lsa ham, keltirilgan ma‘lumotlardan foydalanish mumkin. 
Keltirilgan ma‘lumotlarga muvofiq gaz aralashmasining 0,1 Mpa ga og‘ishini 
har qaysi tarkibiy qismning og‘ish qiymatini aralashmadagi gazning tarkibiy 
qismining tegishli miqdoriga ko‘paytirish va bu ko‘paytmalarni jamlash orqali 
hisoblash mumkin. Agar aralashmada og‘ir uglevodorodlar bor bo‘lsa, bunday 
hisoblashlarda bosimning u yoki bu qiymatiga to‘g‘ri keladigan har xil taxminiy 
ma‘lumotlar olinadi va ular aralashmaning haqiqiy og‘ish qiymatidan keskin 
farqlanadi. Masalan, azotning Boyl-Mariott qonunidan og‘ishi shunchalik kamki, 
odatda u e‘tiborga olinmaydi. 
15 
o
S temperaturadagi tabiiy gazni Boyl-Mariott qonunidan og‘ishini aniqlash 
uchun quyidagi ifodadan ham foydalaniladi: 


46 
1000
0,22l)
5,5s
3c
8d
4
2,26p(m
n






e

(1.24) 
bunda 
n

og‘ish, %; p 

manometrdan olingan mutlaq bosim, MPa; tabiiy 
gazdagi miqdori, % da: 
m
- metan, 
e
- etan, 
d

propan, c - karbonat kislotalar,
s-vodorod sulfidi, 
l

havo. 
Gazning n qiymatini komponentli tarkibi tavsifi bo‘yicha hisoblab, 

tuzatish 
hajmiy formulaga kiritiladi: 
100
n
1


α
(1.25) 
Qayd qilinganidek, og‘ir uglevodorodlar miqdori yuqori va mutlaq bosim 
qiymati 10 MPa dan katta bo‘lsa, formula yordamida hisoblab topiladigan og‘ishlar 
miqdori haqiqiysidan ancha farq qiladi; u holda keltirilgan formuladan foydalanish 
yaxshi natija bermaydi, shu sababli gazning siqilishini laboratoriyada tajriba yo‘li 
bilan aniqlash tavsiya etiladi. 
Gazga to‘yinganlik koeffitsientini 

g
aniqlash uchun 1.8-rasmda keltirilgan 
grafikdan foydalanish mumkin; bu grafik gazga to‘yinganlik koeffitsienti qiymatini 
bog‘liq suv miqdorini hisobga olgan holda aniqlash imkonini beradi. Ushbu grafik 
laboratoriya tadqiqotlarining muayyan ma‘lumotlari yo‘qligida taxminiy hisoblashlar 
uchun qo‘llaniladi. 
Gaz zahiralarini hajmiy metod bilan hisoblashda gaz bera olish koeffitsientini 
asoslash eng murakkab ishlardan biri hisoblanadi, chunki bu masala yetarlicha 
o‘rganilmagan. 
Chet ellik olimlarning bu masalaga bag‘ishlangan ishlarida faqatgina ayrim 
umumiy tartibdagi mulohazalar mavjud, gaz konlarining gaz bera olish qiymatiga 
turli omillarning ta‘siri haqidagi aniq ma‘lumotlar uchramaydi. CHet el olimlari 
ishlarida keltiriladigan gaz zahiralarini hisoblashning hajmiy metodining barcha 
formulalarida, odatda gaz bera olish koeffitsientini tavsiflovchi parametr yo‘q bo‘lib, 
undan foydalanilmaydi; faqat ilova qilingan matnda hisoblangan zahiralarning u yoki 


47 
bu miqdorda chiqarib olish (hech qanday asoslamasdan) imkoniyatlari qayd qilinadi. 
Bundan tashqari, formulalarda qoldiq bosim qiymati tushirib qoldiriladi, garchi gaz 
zahiralarini amalda hisoblashda bu qiymat har doim hisobga olinsa ham. 
Ayrim mualliflar gaz konlari uchun gaz bera olish koeffitsienti qiymatini 0,5-
0,95 chegarasida keltiradilar, lekin shu o‘rinda bu qiymatga u yoki bu omillar ta‘sirini 
aniq ko‘rsatmaydilar. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin