Janubiy Tandircha gazkondensat koni
Qashqadaryo viloyati Dexqonobod tumani G‗uzor shahridan shimoli-sharqda
58 km masofada joylashgan.
Geologik tuzilishi.
Amudaryo artezian hovuzining sharqiy qismini qamrab
oladi. Geologik tuzilishida yura, bo‗r, paleogen va antropogen yotqiziqlari ishtirok
etadi. Mahsuldor gorizontlar: XV-RU, XV-R, XV-RO, XVI gorizontlar. Uyum
o‗chamlari: uzunligi – 8,2, km, kengligi – 4,75 km, balandligi – 713 m. Mahsuldor
gorizontning o‗rtacha yotish chuqurligi 2800 m. Qatlam harorati 117,4 °S. Qatlam
bosimi 318 kgs/sm
2
.
Uglevodorodlar va yo‗ldosh komponentlarning fizik-kimyoviy xossalari.
Qatlam gazining tarkibi, % hajmda: metan – 91,8; etan – 3,09; propan – 0,64; izo-
33
butan – 0,13; n-butan – 0,18; pentanlar+yuqori – 0,06-0,75; karbonat angidrid – 2,09;
vodorod sulfidi – 0,08, azot – 1,01.
Barqaror kondensatning potensial miqdori 1 m
3
quruq gazda 36,7 g. Kondensatning fizik-kimyoviy xossalari: zichlik – 0,785 t/m
3
, 29
– 33 %. Turi metan-naften-aromatli va metan-aromatli-naften.
2 §.
Gaz quduqlarni burg’ilash vaqtida bajariladigan geologik tadqiqotlar
Neft va gazga boy bo‘lgan tog‘ jinsi qatlamlari yer yuzasidan katta
chuqurliklarda joylashgan, shu sababli ularni bevosita kuzatish yo‘li bilan o‘rganish
ancha qiyin. Binobarin, yer qa‘rining chuqur joyidagi tog‘ jinslarining fizik-geologik
xususiyatlari to‘g‘risidagi ishonchli ma‘lumotlar quduqlar qazish chog‘ida bajarilgan
tadqiqotlar natijasida olinadi.
Burg’ qudug’i
turli burg‘ilash mexanizmlari yordamida qaziladigan tog‘
inshooti bo‘lib, odatda, uning diametri uzunligiga nisbatan bir necha yuz, hatto ming
marotaba kichik bo‘ladi. Uning yordamida tog‘ jinslarining yotish sharoiti, qalinligi,
tarkibi, jinslarni to‘yintirib turgan neft, gaz va suvlarning fizik-kimyoviy va boshqa
xususiyatlari o‘rganiladi.
Har bir qazilgan quduqning ahamiyati uni burg‘ilash, o‘rganish va sinash
jarayonida olingan geologik-konchilik ma‘lumotlarining to‘laqonligi va sifati bilan
belgilanadi. Shuning uchun ham quduqlarda ochilgan jinslarning moddiy tarkibi,
yoshi va tuzilishi, flyuidlarga to‘yinish yo‘sini, shuningdek, qatlamdagi neft, gaz, suv
va hakozolarning fizik-kimyoviy xossalari haqida to‘liq ma‘lumotlar olish
bajariladigan geologik ishlarning asosiy vazifasi hisoblanadi.
Quduq kesimi haqida to‘liq ma‘lumotlar olish uchun uni burg‘ilashda puxta va
malakali geologik kuzatuv ishlarini tashkil etish bilan bir qatorda quduqda
bajariladigan barcha ishlarni to‘g‘ri yo‘naltirish va doimiy geologik rahbarlikni
amalga oshirish lozim.
Neft va gaz konlaridagi quduqlarni burg‘ilash paytida quyidagi geologik ishlar
bajariladi: 1) quduq burg‘ilanadigan joyni belgilash; 2) quduq burg‘ilash jarayonini
nazorat qilish; 3) quduqning geologik kesimini o‘rganish; 4) qatlamni ochish va
34
sinash ishlarining bajarilishini geologik nazorat qilish; 5) yer osti boyliklarini
muhofaza qilish; 6) quduq hujjatlarini rasmiylashtirish.
Dostları ilə paylaş: |