239
suzgich qo‘llanilib, u xalqalar seksiyasidan tashkil topgan
va vissina moyi bilan
xo‘llangan bo‘ladi.
Bundan tashqari quruq suzgichlar qo‘llanilib, gaz quruq suzgich to‘qimalari
orqali o‘tadi va qovushqoq suyuqliklar orqali yuviladi, changlar ushlanib qolinadi.
Vissinali suzgichlarni ishlash unumdorligi 1m
2
-ga 0.33 m
3
/sek ni tashkil etadi.
Gaz va moylarni sovutgich – bu quvurli sovutish modifikatsiyalari bo‘lib,
sovutiladigan gaz yoki moy quvurlar orqali va quvurlar oralig‘ida fazoda ham
o‘tkaziladi. Odatda I pog‘ona sovutgichlardan keyin quvur oralig‘i fazasiga tushadi,
bunday holatda namlikni ajratish sodir bo‘ladi (suvni separatsiya bo‘lishi). Nam
ajratish miqdori oshib ketsa, sovutgichdan so‘ng maxsus nam ajratgichlar o‘rnatiladi.
Suv bilan ta‘minlash tezligi quvurlar orqali suvni uzatishda 1.5-2 m/s va
quvurli uzatmalardan to‘kishda 1 m/s.
3§. Separatorlar
Separatorlar – kompressorlar zanjir jarayonida kondensat yig‘gichlarda nam
kondensat
va moy ajralganda, hamda nam ajratgich va yog‘ ajratish qurilmalarida
ajratish vazifasini bajaradi.
Bunday jarayonni amalga oshirishda har xil
konstruksiyali separatorlar
qo‘llanadi – bo‘sh tanali, siklonli va yuqori tezkorlikka ega bo‘lgan.
Zamonaviy kompressorlarda gaz oqimidagi jarayondan namli tomchi
ajratuvchi
va moy ajratadigan, o‘z yo‘nalishini ko‘p o‘zgartiruvchi va aylanish
harakatini amalga oshiradigan separatorlar qo‘llaniladi.
Gazning bosimi 10 MN/m
2
yuqori bo‘lganda
nam va moyni suzgichlar
yordamida ajratish amalga oshiriladi.
Suyuqlik zarrachalari ajratilish jarayonida gazning tezligi quyidagidan yuqori
bo‘lmasligi kerak: past bosimli pog‘onada 1m/s; o‘rtacha bosimli pog‘onada 0.5 m/s;
yuqori bosimli pog‘onada 0.3 m/s.