245
Rezervuarlar ham yuqori bosimli — po‗latli, past bosimli — po‗latli,
metall
bilan armirlangan, metall bilan armirlanmagan hamda tabiiy va sun‘iy
turlarga
bo‘linadi. G‗ovakli tog‘ jinsi qatlamlarida qurilgan yer osti gaz saqlash inshootlari
asosiy sanoat axamiyatiga ega. Bu yer osti gaz saqlash inshootlarida
hozirgi vaqtda
saqlash kerak bo‗lgan gazlarning 98%i saqlanadi. Uncha katta bo‗lmagan miqdordagi
gazlar sun‘iy ravishda hosil bo‗lgan kavakli tog‘ jinslarida saqlanadi.
G‘or, shaxta, yer osti tuneli va po‗lat rezervuarlarda gazlar juda kam miqdorda
saqlanadi. Yer osti gaz saqlash inshootlarida tashkil qilingan g‗ovakli rezervuarlarni
uch turga bo‗lish mumkin:
—
tugayotgan gaz uyumi;
—
tugayotgan neft uyumi;
—
suvli qatlamlar.
Taxminan 80% gaz tugatilayotgan gaz va gazkondensat uyumlarida, 20% ni
esa suvli qatlamlarda saqlanadi. Tugatilayotgan neft uyumlarida gaz kam saqlanadi.
Gaz saqlash harajati muayyan sharoitlarga bog‗liq.
Odatda yer osti gaz saqlash
inshootining sarfi va hajmi ikkiga bo‗linadi: gazga talab va gazdan foydalanish.
Talab — bu konkret gaz iste‘molchilari uchun texnologik va texnik-iqtisodiy
jihatdan hisoblab aniqlangan miqdor.
Foydalanish — bu ayrim chegaralanishlarga bog‗liq
gazning sarfi, odatda,
foydalanish talabga nisbatan ancha past bo‗ladi. Gazga bo‗lgan talablarga ko‗p
omillar ta‘sir qiladi: iqlimning ko‘p yillik o‘zgarishi; fasl hodisalari; ob-havo;
ko‗pgina texnologik jarayonlarning davriyligi; sotsial ishlab chiqarishning sur‘ati.
Gazning talabiga bu omillar har xil ta‘sir qiladi. Ayniqsa,
gaz talabining
o‘zgarishiga ob-havo katta ta‘sir ko‗rsatadi. Masalan, qishning eng sovuq kunlari
gazga bo‗lgan talab uning bir yillik o‗rtacha sarfidan 10-15 marta oshadi.
Dostları ilə paylaş: