4.3.
G
az zahiralarini bosimning pasayishi usulida hisoblash
Bosim pasayishi bo‘yicha zahiralarni hisoblash metodi gaz bilan band bo‘lgan
g‘ovaklar hajmining dastlabki qiymati uyumdan foydalanish jarayonida
o‘zgarmaydigan qatlamlarda qo‘llaniladi. Demak, suv bosimli rejimda bu metodni
qo‘llab bo‘lmaydi, ammo suv bosimli rejim samarasiz bo‘lgan vaqtda (qatlamga suv
oz miqdorda kirib kelganda) undan foydalansa bo‘ladi.
Bosim pasayishi bo‘yicha erkin gaz zahirasini hisoblash formulasi gaz uyumini
ishlatishning hamma bosqichlarida bosim 0,1 MPa ga kamayishida chiqarib
olinadigan gaz miqdorining doimiyligi haqidagi taxminlarga asoslanadi.
Agar ma‘lum bir sanada (konni ishlatish boshlanganidan beri) gaz uyumidan
Q
1
miqdordagi gaz chiqarib olingan bo‘lsa va uyumdagi bosim r
1
ga teng bo‘lsa,
ikkinchi sanada esa (konni ishlatish boshlanganidan beri) Q
2
miqdordagi gaz chiqarib
olingan bo‘lsa va uyumdagi bosim r
2
ga teng bo‘lsa, u holda birinchi sanadan
ikkinchi sanagacha konni ishlatish mobaynida bosimning pasayishi 0,1 MPa ga teng
bo‘lsa, chiqarib olingan gaz miqdori quyidagi formula orqali hisoblanadi:
2
1
1
2
p
p
Q
Q
Q
.
(1.26)
Konni ishlatish mobaynida bosim qandaydir oxirgi qiymat p
o
gacha pasayadi
desak, u holda bosimning 0,1 MPa ga pasayishiga chiqarib olinadigan gaz miqdorini
hisoblash mumkin. Bunda qoldiq olinadigan gaz zahirasini ikkinchi sana uchun
bosimni pasayishi metodi bilan hisoblashda
1
va
2
ideal gazlar holati qonunidan
og‘ishga tuzatishni hisobga olib, quyidagi formuladan foydalanamiz (tegishlicha r
1
va
r
2
bosimlar uchun):
2
2
1
1
о
2
2
1
2
)
)(
(
p
p
p
p
Q
Q
V
о
,
(1.27)
bunda V
chiqarib olinadigan (sanoat miqyosidagi) qoldiq gaz zahiralari, m
3
.
Boshlang‘ich gaz zahiralarini hisoblashda kasr suratidagi (p
2
2
−p
o
o
) o‘rniga
(p
boshl.
boshl.
-p
o
o
) ni qo‘yish kerak.
51
Bosim pasayishi bo‘yicha hisoblash metodida maydon yuzasi, gazli qatlamning
g‘ovakliligi va qalinligi haqidagi ma‘lumotlar zarur bo‘lmaydi, lekin qalinlikni va
umuman qatlamning hajmiy tavsiflarini (qatlam bosimining o‘rtacha qiymatini
hisoblashda) hisobga olmaslik, ayrim hollarda ayniqsa qatlam bo‘ylab bosim sezilarli
o‘zgarganda katta xatoliklarga olib keladi. Bundan ma‘lum bo‘ladiki, ushbu
metoddan gaz uyumi yaxlit, ya‘ni alohida mustaqil uchastkalarga ajralmaganda
foydalanish mumkin.
Agar suv bosimli bo‘lsa, (1.27) formulaga ma‘lum bir vaqt oralig‘ida suv
bosimi ta‘sirida siqib chiqarilgan gaz miqdoriga tuzatish kiritiladi.
Bosimning r
1
dan r
2
gacha pasayishida suv bosimi ta‘sirida siqib chiqarilgan
gaz miqdorini Q' bosim o‘zgarishini kuzatish va uning miqdori doimiy
o‘zgarmas
bo‘lgan vaqt oralig‘ini belgilash orqali aniqlanadi. SHu vaqtga Q' suv bosimi bilan
siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlash kerak.
Bu holda (1.27) formula quyidagi ko‘rinishga ega bo‘ladi (suv bosimli rejim
uchun qoldiq bosimni inobatga olish zaruriyati yo‘q):
2
2
1
1
2
2
1
2
)
Q'
(
p
p
p
Q
Q
V
.
(1.28)
Agar suv bosimi bilan siqib chiqarilgan gaz miqdorini aniqlab bo‘lmasa, u
holda zahiralarni hisoblash uchun hajmiy metodni qo‘llash kerak. Bosim pasayishi
bo‘yicha hisoblash metodi quduq og‘zidagi bosimni (quduqni qisqa muddatga yopish
orqali) muntazam kuzatish va uglevodorod gazlarini Boyl-Mariott qonunidan
og‘ishini aniqlash maqsadida laboratoriya tadqiqotlari orqali o‘rganishni taqazo etadi.
Bosim pasayishi metodi bilan sanoat ahamiyatiga molik neft zahiralari yo‘qligi
isbotlangan uyumlarda gaz zahiralarini hisoblash mumkin.
Bosim pasayishi metodi bilan gaz zahiralarini hisoblash uchun quduqda sinash-
ekspluatatsiya ishlari bajariladi, bunda ishlayotgan quduqlardagi gazning ishchi va
statik bosimlarining o‘zgarishi, kuzatuv quduqlaridagi statik bosim va pezometrik
quduqlardagi suvning statik sathi sinchkovlik bilan kuzatib boriladi. Gaz bosimi
xatoligi 0,05-0,03% dan katta bo‘lmagan, o‘ta aniq nazorat manometri yoki yuk
manometri bilan o‘lchanishi kerak, ular yordamida bosimning 0,2-0,3 MPa ga
52
pasayishini ishonchli belgilash va o‘z navbatida uncha katta bo‘lmagan va o‘rtacha
kon (uyum)lar gaz zahiralarini ishonchli aniqlash mumkin bo‘ladi. Gaz quduqlarida
suyuqlik bor bo‘lganda quduq tubi bosimini chuqur manometrlar bilan o‘lchash
hamda quduqning turli rejimlarda ishlashida gaz bilan birga chiqariladigan suvlar va
jinslar miqdorini aniqlash zarur.
Erkin gaz zahiralarini hisoblashda o‘rtacha qatlam bosimini aniq o‘lchash
ayniqsa muhim. Quduqni tajriba
sanoat maqsadida ishlatish jarayonida o‘rtacha
qatlam bosimini izobaralar xaritalari bo‘yicha, g‘ovak bo‘shlig‘ini hajmi bo‘yicha
aniqlash mumkin:
)
(
)
(
r
o'
hmS
рhmS
p
,
(1.29)
bunda p
o‘r
- gazli qatlamning o‘rta qismi qalinligiga mos keluvchi quduqdagi
bosim, MPa; h - gazli qatlamning foydali qalinligi, m; m - ochiq g‘ovaklilik
koeffitsienti; S - izochiziqlar orasidagi elementar maydoni.
Bunday hisoblashlarni bajarish uchun qatlam bosimi xaritasi (izobara xaritasi)
tuziladi; izobara xaritasi ustiga hm ko‘paytmasi xaritasi qo‘yiladi; bunday
xaritalardagi izochiziqlarning kesishishida hosil bo‘lgan nuqtalar bo‘yicha rhm
xaritasi yuzaga keladi; bu xarita bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimi p
o‘r
aniqlanadi.
Ko‘rsatilgan formula bo‘yicha o‘rtacha qatlam bosimini hisoblash gazlilikning
nisbatan uncha chuqur bo‘lmagan qavatlarida (200 m gacha) va uncha yuqori
bo‘lmagan bosimlarda (10 MPa atrofida) etarli darajada ishonchli natijalar beradi.
Agar gazlilik qavati katta - 500 m va undan ko‘p bo‘lsa (ayniqsa qatlam
qalinligi o‘zgaruvchan bo‘lsa), p
o‘r
ni aniqlashda temperaturaning o‘zgarishini t
qat
va
uyum hajmi bo‘yicha gazning siqiluvchanlik koeffitsienti z ni hisobga olish lozim.
Bunday hollarda izobara xaritalaridan foydalanish mumkin emas va p
o‘r
ni hisoblash
uchun mahsuldor qatlamning to‘liq hajmini parallel tekisliklar bilan qator elementar
hajmlarga bo‘lish lozim, har qaysi shunday hajm uchun t
qat
, p/z va V
r
qiymatini
aniqlash kerak bo‘ladi
53
р
р
V
V
z
p
p
)
(
r
o'
.
(1.30)
Bunday hollarda gaz zahiralari qatlamning har bir elementar hajmi uchun
hisoblanadi, elementar hajmlar bo‘yicha hisoblangan zahiralar yig‘indisi esa,
mahsuldor qatlamning gaz zahiralarini tashkil qiladi.
Dostları ilə paylaş: |