42
Geosinklinal oblastlarda, ayniqsa kesimning yuqori intervallarida toza neft
uyumlari ko‘p uchraydi; toza gaz uyumlari hamda neft-gaz uyumlari esa 1000-1500
m intervallarda namoyon bo‘la boshlaydi. Toza gaz uyumlari ko‘pincha 1500-2000 m
intervallarda, gaz kondensati uyumlari esa 2500-3000 m intervallarda ko‘proq
uchraydi.
Platforma oblastlarida esa boshqacha manzara kuzatiladi, chunonchi:
kesimning yuqori intervallarida gaz uyumlari ko‘proq uchraydi; 1000-1500 m
intervallardan boshlab esa neft uyumlari ko‘proq bo‘lib, undan ham chuqurroqda gaz
uyumlariga nisbatan ularning soni yanada ortib ketadi. Gaz kondensati uyumlari
ayrim hollarda 1000-1500 m intervalda paydo bo‘ladi, 2000-2500 va 2500-3000 m
chuqurlikda esa ularning soni yanada ortadi. Masalan, O‘zbekistondagi Ko‘kdumaloq
konida gaz kondensati rif majmuasi (yuqori yura davri korbonat formatsiyasi)
kesimida an‘anaviy XV-RU (rif usti, 2830-2930 m intervalda ochilgan), XV-R (rif,
2930-3070 m), XV-RO (rif osti, 3110-3200 m) gorizontlarida ochilgan. Gaz
kondensati uyumida qatlam bosimi 57,3-56,2 MPa, temperatura 110
0
S. Qayd
qilingan taxminiy qonuniyatlar gaz uyumlarini izlashda muhim hisoblanadi.
Geologik va geofizik tadqiqotlar asosida istiqbolli uchastkalarni ajratish va
razvedka burg‘ilashi uchun qulay strukturalarni belgilash mumkin; ular chuqurlikda
toza gaz, gaz kondensati yoki gaz-neft koni borligi haqidagi masalaga oydinlik
kiritishi mumkin.
Metodik jihatdan to‘g‘ri tashkil qilingan geologik s‘yomka, geofizik
tadqiqotlar va burg‘ilash ishlari bir-birini to‘ldiradi va gaz konining geologik
tuzilishini to‘la va aniq yoritishga, gaz va kondensat zahiralarini hisoblash uchun gaz
yoki gaz kondensati uyumining kerakli tavsiflarini olishga imkon beradi.
Magistral gazuzatgich korxonalarini loyihalashda hisoblangan gaz zahiralari
asos qilib olinadi, shu sababli ularni hisoblash yo‘riqnomalar talablariga rioya qilgan
holda bajariladi.
Dostları ilə paylaş: