N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 §. Gaz qududuqlari kesimini o’rganish bo’yicha olingan geofizik



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
3 §. Gaz qududuqlari kesimini o’rganish bo’yicha olingan geofizik 
ma’lumotlarni geologik izohlash 
Gaz konlaridagi quduqlarni geologik hujjatlashtirishda karotaj ishlari o‘tkazish 
va geofizik tadqiqotlar bajarish keng tarqalgan. Quduqlarda bajariladigan kon-
geofizikasi tadqiqotlari samarali bo‘lib, bunday metodlar yordamida quduq 
kesimining mahsuldor qismi bilan bir qatorda, quduq kesimida uchraydigan hamma 
tog‘ jinslari ham tadqiq qilinadi. Quduq kesimini kern olib o‘rganish juda 
mashaqqatli va iqtisodiy jihatdan samarasiz hisoblanadi, shunga ko‘ra karotaj 
yordamida olingan diagramma quduq tanasini to‘liq va uzluksiz tavsiflash imkonini 
beradi. 
Geofizik metodlarni qo‘llash tadqiqotlar aniqligi va ishonchliligini oshiradi, 
chunonchi: kesimda turli litologik tarkib va kollektorlik xususiyatlariga ega bo‘lgan
va qatlamning mahsuldor qismidan tarkibi va xususiyatlariga ko‘ra keskin 
farqlanadigan qatlamlarni hamda juda yupqa qatlarni ajratish mumkin. Natijada, 
konni ishlatish sistemasini, ya‘ni qatlam bosimini saqlash maqsadida qatlamga suv 
haydash rejimini tanlashda mahsuldor gorizontlarning geologik tuzilishi to‘g‘risidagi 
juda muhim daliliy ma‘lumotlar to‘planadi. 
Karotaj diagrammasi quduqning yagona va asosiy hujjati bo‘lib, uning asosida 
quduqda keyinchalik bajariladigan geologiya qidiruv ishlari rejalashtiriladi. 
Kon-geofizikasi tadqiqotlari natijasini geologik talqin qilish (izohlash) konchi-
geolog ishining muhim qismi hisoblanadi, karotaj natijalaridan to‘g‘ri va mazmunli 
foydalanish quduqda nafaqat mahsuldor gorizontni ochish va sinashni to‘g‘ri tashkil 
qilishni, balki, ayrim quduqlarni ishlatish rejimini va konni ishlatish sharoitini aniq 
belgilash imkoniyatini ham yaratadi. 
Karotaj diagrammasini izohlash orqali kon geologiyasiga taalluqli muhim 
masalalar hal qilinadi. Ularga quyidagilarni kiritish mumkin: 


35 
1) turli litologik tarkibga ega bo‘lgan qatlamlarning yotish chuqurligini va ular 
chegaralarini aniqlash; 
2) tadqiqotlar olib borilayotgan quduq kesimidagi jinslarning litologik tarkibini 
aniqlash; 
3) qatlam kesimida neft va gaz kollektorlarini ajratish; 
4) qatlamni neft, gaz va suvga to‘yinganlik darajasini belgilash; 
5) qatlamni kollektorlik xususiyatlarini ― g‘ovakliligi, o‘tkazuvchanligi 
hamda neftga to‘yinganligini baholash. 
Karotaj diagrammalarini izohlash metodlari elektron hisoblash mashinalaridan 
foydalanib ishlab chiqilgan. Ular vositasida geofizik o‘lchov natijalarini geologik 
talqin qilish tezligini va ishonchliligini oshirish mumkin va o‘z navbatida bu 
metodning samaradorligi ham ortadi. 
Hozirgi davrda quduqda bajariladigan geofizik tadqiqotlar metodlari majmuasi 
mavjud bo‘lib, ular amaliyotda keng qo‘llaniladi: 
1.
Standart elektr karotaj quduq tanasi bo‘ylab uch elektrodli karotaj zondi 
(KS) va quduqda o‘z-o‘zidan yuzaga keladigan tabiiy qutblanish (PS) metodlari 
yordamida jinslarning zohiriy qarshiligini o‘lchashga asoslangan. Karotaj 
diagrammasi yordamida geologik kesimlarni taqqoslash, stratigrafik gorizontlarni 
aniqlash va boshqa masalalarni hal qilish mumkin bo‘ladi. 
2.
Yonlama zondlash karotaji (BKZ) elektr karotaj usullaridan bo‘lib, 
quduq tanasi bo‘ylab harakatlanadigan turli uzunlikdagi (0,4 m dan 8,0 m gacha) 
karotaj zondlari majmuasi bilan jinslarning zohiriy solishtirma qarshiligini o‘lchashga 
asoslangan. Odatda BKZ da bitta burg‘ snaryadiga o‘rnatilgan bir turdagi, har xil 
uzunlikdagi bir nechta (5-7 xil uzunlikda bo‘lgan) elektr zondlari ishlatiladi. 
Uzunligi har xil bo‘lgan zondlar bilan o‘lchanib, turli radiusda o‘rganilgan 
karotaj diagrammalari olinadi. Diagrammalarda qatlamlarning chegaralari, jinslarning 
haqiqiy qarshiligi, burg‘ilash eritmasining shu qatlamlarga qanday chuqurlikda 
singigani aniqlanadi. Ayrim hollarda BKZ materiallaridan o‘tkazuvchan qatlamlar 
(eritma zardobini qatlamga singigan joyi) va suyuqlik o‘tkazmaydigan qatlamlar, 


36 
qatlam g‘ovakliligi koeffisienti, neft-suv tutash yuzasi sathlarini aniqlashda 
foydalaniladi. 
3.
Yonlama mikrokarotaj (MBK) jinslarning zohiriy qarshiligini kichik 
ekranli zond bilan o‘chlashga asoslangan. Burg‘ qudug‘i devoriga jipslashtiriladigan 
elektr tokini o‘tkazmaydigan rezina asosli boshmoqda elektrodlar joylashtiriladi. 
Zondlarining ikki, uch va to‘rt elektrodli turlari bor. 
MBK usuli yordamida quyidagi masalalar hal etiladi: 
1)
yuvilgan zona qarshiligini aniqlash; 2) o‘tkazuvchan qatlamlarni ajratish; 
3) qatlamlar qalinligini baholash, o‘tkazuvchan qatlamlar ichidagi zich ― o‘tkazmas 
qatni ajratish; 4) yuvilgan zona qarshiligi qiymatidan foydalanib, kollektorlarning 
g‘ovakliligini aniqlash va b. BKZ va MBK egri chiziqlarini taqqoslab, qatlamdagi 
flyuidning harakatchanligini, qoldiq neftlilik koeffisientini, hamda neft chiqarib olish 
koeffisientini aniqlash mumkin. 
4.
Gamma-karotaj (GK) tog‘ jinslarining tabiiy radioaktivligini o‘rganadi. 
Quduqqa gamma karotaj radiometri tushiriladi. Uning tarkibiy qismini gamma-
nurlarning indikator (hisoblagich)lari tashkil etadi. 
GK usulining diagrammasi burg‘ilanayotgan quduqlarning kesimlarini 
taqqoslash, tog‘ jinslarining litologik tavsifini, gillilik koeffisientini aniqlash, 
radioaktivligi yuqori bo‘lgan jinslarni ajratish, kichik gamma aktiv jinslarni aniqlash 
va talqin qilishda fonni inobatga olishda qo‘llaniladi. 
5. Neytron gamma-karotaj (NGK) radioaktiv karotajning bir turi bo‘lib, bunda 
quduqqa neytron manbali zond tushiriladi. Unga o‘rnatilgan 

nurlanish indikatori 
yordamida atrof muhit bilan neytronlarning o‘zaro ta‘siridan yuzaga kelgan 

nurlanish shiddati aniqlanadi. NGK yordamida quduq bo‘ylab chizilgan egri chiziq 
orqali suvli qatlamlarning joylashishini hamda ular chegaralarini ajratish mumkin 
bo‘ladi. 
6. Neytron karotaj (NK) radioaktiv karotaj turlaridan bo‘lib, quduq kesimidagi 
tog‘ jinslarini neytronlar bilan ta‘sirlantirib, ularning atom yadrolaridan qayta 
sochilgan gamma-nurlar yoki neytronlar zichligini o‘lchash orqali ochiq va 


37 
mustahkamlash quvurlari bilan jihozlangan quduqlardagi suv-neft va gaz-neft tutash 
yuzalar sathini aniqlash mumkin. 
7. Akustik karotaj (AK) tovush va ultratovush diapozonli chastotada elastik 
to‘lqinlarning tavsiflab, tog‘ jinslarining akustik xususiyatlarini o‘rganishga 
asoslangan. AK burg‘ quduq apparati, to‘lqin tarqatgich va to‘lqin qabul qilgichdan 
iborat. Akustik karotajning tezlik, so‘nish va to‘lqin tasvirli turlari mavjud. AK ning 
tezlik uslubi yordamida kollektorlarning g‘ovaklilik koeffisienti, so‘nish uslubi 
yordamida g‘ovakliligiga ko‘ra murakkab tuzilgan kollektorlarni, to‘lqin tasvirdagi 
uslub yordamida esa murakkab geologik kesimda joylashgan kollektorlarni o‘rganish 
mumkin. 
8. Kavernomer (kavako‘lchagich) quduq diametrining uning tanasi bo‘ylab 
o‘zgarishini o‘rganadi. Kavako‘lchagich to‘rtta dastakdan iborat bo‘lib, maxsus 
o‘rnatilgan prujinalar dastak uchini quduq devorlariga qisib unga doimo tegib 
turishini ta‘minlaydi. Kavako‘lchagich quduq bo‘ylab harakatlanganda dastaklar 
quduq diametrining o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni yer yuzasidagi karotaj 
stantsiyasiga yuboradi. Natijada, quduq diametrining chuqurlik bo‘ylab o‘zgarishini 
ko‘rsatuvchi egri chiziq ― kavernogramma chiziladi. Uning ma‘lumotlaridan 
quyidagi maqsadlarda foydalaniladi: a) quduq devori bilan mustahkamlash quvuri 
oralig‘idagi bo‘shliqni sementlashga sarf bo‘ladigan sement miqdorini hisoblashda; 
b) quduq ichidagi holatni baholashda; v) quduqning geologik kesimini aniqlashda; g) 
geofizik ma‘lumotlarni taqqoslashda; d) quduqning texnik holatini nazorat qilishda; 
e) qatlamlarni sinashda paker qurilmalari va mustahkamlash quvurlari boshmog‘i 
o‘rnatiladigan joylarni tanlashda va b.da. 
9. Gaz karotaji (GK) quduq burg‘ilash chog‘ida gil eritmaga o‘tuvchi 
uglevodorod gazlarining miqdorini aniqlashga asoslangan. Unga ko‘ra gazga 
to‘yingan qatlamlarni ajratish mumkin. Gil eritmadan gaz namunasini olishda gaz 
karotaji stantsiyasining gazsizlantirgichidan foydalaniladi va gaz miqdori gaz 
aniqlagich yordamida aniqlanadi. Kern olib burg‘ilashda GK kernda bajarilishi ham 
mumkin. GK diagrammasini tahlil qilishda unga ta‘sir etuvchi omillarni (masalan, 


38 
burg‘ilash tezligi, gilli eritmalarning harakat tezligi, ularning sifati va b. xalaqit 
beruvchi jarayonlarni) hisobga olish zarur. 
GK tadqiqotlari gil eritmadan olingan namunani lyuminestsent-bituminologik 
tahlil va quduqni burg‘ilash tezligini o‘lchash ishlari bilan qo‘shib olib boriladi. 
10. Hozirgi davrda yuqorida qayd qilingan radioaktiv karotaj metodlardan 
tashqari gidrodinamik, impulsli neytron-neytron, induktsion, magnit, mexanik va 
boshqa karotajlarning turlari ko‘p bo‘lib, burg‘ quduqlari kesimini o‘rganishda 
ulardan ham unumli foydalaniladi. Bunday karotaj metodlari kon geofizikasi fanida 
mufassal bayon etilgan. SHuningdek, quduqdagi tadqiqotlarni avtomatik ravishda 
bajaradigan sistemalar shakllanmoqda. Ular yordamida jinslarning geologik va 
geofizik parametrlarini burg‘ilash jarayonida aniqlash hamda burg‘ilash rejimini 
to‘g‘ri tanlash, burg‘ilashni ishonchli boshqarish mumkin bo‘lmoqda. 
 
Quduq kesimida neftli va gazli qatlamlarni ajratish va ularning neft-gazga 
to‘yinganligini baholashda, geofizik, geokimyoviy va geologik tadqiqot 
ma‘lumotlaridan foydalaniladi. 
Jinslarning neft va gazga to‘yinganligini miqdoriy baholash qarshiliklar metodi 
yordamida bajarilgan geofizik tadqiqotlar orqali amalga oshiriladi. Neft va gazli 
qatlamlarning solishtirma qarshiligi jinslarning g‘ovakliligiga, g‘ovak bo‘shlig‘i 
strukturasiga, undagi neft, gaz va suvlarning foiz miqdoriga, qatlam suvlarining 
minerallashganligiga va b. bog‘liq. 
Gaz qatlamlari NGK diagrammalarida suvli yoki neftli qatlar sifatida ajratilishi 
ham mumkin. Bunday hol qatlam bosimi kritik bosimdan yuqori va gaz qatlamda 
suyuq holatda bo‘lganda kuzatiladi. Lekin, ayrim hollardagina (qatlam temperaturasi 
past va gaz tarkibida og‘ir uglevodorodlar miqdori yuqori bo‘lganda) qatlam 
sharoitida gaz suyuq holatda bo‘lishi mumkin. 
Ushbu masalalar ―Kon geofizikasi‖ fanida mufassal bayon qilingan.
Quduq karotajining boshqa metodlariga quyidagilarni kiritish mumkin: 
1)
Gaz karotaji ― burg‘ilanayotgan quduq kesimida gazga to‘yingan 
gorizontlarni ajratish, ularning yotish chuqurligi va qalinligini aniqlash hamda 
ajratilgan qatlamlarning neft-gazga to‘yinganligini sanoat miqyosida baholash; 


39 
2)
Mexanik karotaj ― boshqa karotaj metodlari majmui bilan birgalikda 
quduq kesimida juda qattiq, qattiq va bo‘sh jinslarni ajratish imkonini beradi; 
3)
Fotokarotaj ― jinslarning litologik tarkibini aniqlash va baholash 
maqsadida quduq devorini suratga olish; 
4)
Akustik karotaj ― litologik tarkibni aniqlashtirish, ularning 
g‘ovakliligini o‘rganish, kollektorlarni suyuqlikka to‘yinish xarakterini baholash 
uchun o‘tkaziladi; 
5)
Kavernometriya ― quduq diametrini, jinslarning litologik tarkibini 
o‘rganish va turli texnik masalalarni xal qilish, quduqni sementlash va sinash ishlarini 
belgilash; 
6)
Termokarotaj ― quduq kesimida gazli qatlamni ajratish va quduqqa suv 
haydalganda u yutiladigan zonani aniqlash maqsadida bajariladi. Bundan tashqari yer 
qobig‘ini temperaturasini o‘zgarish gradientini o‘lchaydi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin