N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

t
Q
f
P
z
t
P
o
q
.
.
*
~
~

bog‘liqligi grafigi: 1-suv bosimi rejimi va 
kichik gaz qazib olish tempi sharoitida
2, 2a, 3 va 5 -suv bosimi rejimi va real ishlash 
tempi sharoitida; 4-gaz bosimi rejimi hamda 
suv bosimi rejimida katta ishlash tempi 
sharoitida. 
Agar koordinatada kon ma‗lumotlari to‘g‘ri chiziq bo‘ylab yotsa, bu gaz 
bosimi rejimidan dalolat beradi.
Agar qandaydir vaqt oralig‘ida keltirilgan o‘rtacha qatlam bosimining tushish 
tempi sekinlasha boshlasa, bu uyumga suvning kirishi boshlanganligini bildiradi. 


107 
 
 
 


t
Q
f
P
z
t
P
o
q
.
.
*
~
~

to‘g‘ri chiziqli bog‘liqlik gaz bosimi rejimini ba‗zi hollarda 
esa suv bosimi rejimini bildiradi. Kon rejimi to‘g‘risida yanada aniqroq ma‗lumotni 
olish uchun qo‘shimcha ma‗lumotlar olish kerak.
Kon rejimi to‘g‘risidagi qo‘shimcha ma‗lumotlarning manbasi quyidagilar 
bo‘lishi mumkin: 
1. Pezometrik quduqlardagi bosimning o‘zgarishi to‘g‘risidagi ma‗lumotlar. 
Suvli qatlamda burg‘ilangan pezometrik quduqlar gazli uyumni ishlash jarayonida 
suvli basseynning reaksiyasini ko‘rsatadi. Pezometrik quduqlar bo‘yicha uyumga 
suvning kirib kelishining boshlanishi to‘g‘risida eng avvalo va aniq ma‗lumotlarni 
olish mumkin. Pezometrik quduqlar sistemasida bosimning tushishi uyumga suvning 
kirib kelishidan dalolat beradi.
2. Quduqlarni geofizik tadqiqoti ma‗lumotlari qatlam rejimi to‘g‘risidagi 
qo‘shimcha ma‗lumotlar manbasi bo‘lib hisoblanadi. 
Tadqiqotning geofizik usullari turli xil vaqtlarda gaz-suv chegarasining holatini 
kuzatish imkonini beradi. Quduqlarni tadqiqot qilishda qo‘llaniladigan yadro 
geofizikasining turli usullari gaz-suv yoki gaz-neft chegarasining holatini neytronli 
metodlar, birinchi navbatda neytronli gamma karataj orqali hal qiladi. 
Neytronli gamma karataj usuli bilan davriy tadqiqot qilish natijalari orqali 
qatlam suvlarining siljish ko‘rsatkichini belgilash mumkin. 
3. Gaz quduqlarining suvlanishi suv bosimi rejimining belgisi hisoblanadi. 
Suvlangan quduqlarni chuqur tadqiqot qilish nima uchun zarur: 
a) ko‘rilayotgan quduqning suvlanishiga yuqorida joylashgan suvli 
qatlamlarning ta‗sir qilmasligini o‘rnatish; 
b) quduqqa suv oqimi intervallarini aniqlash. Quduq mahsulotlari tarkibidagi 
suvning kimyoviy tahlili natijasida birinchi masala yechiladi. Ikkinchi masalani 
yechish uchun quduqlarni tadqiqot qilishning geofizik usullaridan foydalaniladi. 
Yana shuni e‗tiborga olish kerakki, bitta yoki bir nechta quduqlarning suvlanganligi 
har doim ham aktiv suv bosimi rejimining paydo bo‘layotganligidan darak bermaydi. 


108 
Quduqlarning suvlanganligi bir muncha o‘tkazuvchan qatlamchalarning mavjudligi 
orqali ham yuzaga kelishi mumkin.
4. Keyingi vaqtlarda gaz bilan birga qazib olinadigan suvdagi xlor ionlarini 
nazorat qilish usuli keng qo‘llaniladi. Ma‗lumotlarni qayta ishlash natijalari shuni 
ko‘rsatadiki, quduqlarning suvlanishida qazib olinadigan suv tarkibidagi xlor ionlari 
miqdori keskin oshadi. Shunday qilib, gaz quduqlari mahsuloti tarkibidagi xlor 
ionlarini nazorat qilish suv bosimi rejimining paydo bo‘lganligidan darak beradi.
Konning ishlash rejimini to‘g‘risida bir qancha aniq belgilash uchun barcha 
qo‘shimcha ma‗lumotlardan kompleks foydalanish zarur. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin