N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


§. Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə44/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 
2§. Gaz konlarini ishga tushirishda quduqlarni joylashtirish
2.1. Quduqlarni joylashtirish sistemasining asosiy turlari 
Gaz konlarini ishga tushirish sistemasi deb qatlamda gaz, kondensat va suvning 
harakati jarayonini boshqarish bo‘yicha bajariladigan texnik tadbirlar kompleksiga 
aytiladi. Bu texnik tadbirlar kompleksiga quyidagi tadbirlar kiradi: 
1.
Gazli maydon va tuzilma bo‘ylab qazib chiqaruvchi, haydovchi va kuzatuv 
quduqlari sonini aniq joylashtirish; 


110 
2.
Quduqlarni ishlatishning texnologik rejimini o‘rnatish; 
3.
Quduqlarni ishga tushirishni hisob-kitob qilingan tartibda amalga oshirish; 
4.
Qatlam energiyasi balansini saqlab turish. 
Gaz uyumlari gazli maydonda har xil formada bo‘lishi mumkin: oval, aylana, 
to‘g‘ri burchakli va h. 
Kon xududlari bir-biridan relefi, tuprog‘i, qurilishi bilan farq qiladi. Gazli 
kollektor umumiy holda litologik tarkibi va geologo-fizik parametrlarining maydon 
va kesim bo‘yicha o‘zgaruvchanligi bilan xarakterlanadi. Bu sabablar qazib 
chiqaruvchi, haydovchi (damlovchi) va kuzatuv quduqlarini gazli maydon va tuzilma 
bo‘yicha joylashtirishning turli usullariga asos bo‘ladi. 
Quduqlarni gaz koni maydonida ratsional joylashtirish masalasi og‘ir texnik 
iqtisodiy masaladir. Ko‘rib chiqiladigan gaz yoki gazkondensat konida quduqlarni 
joylashtirishning turli xil to‘ri tanlangan bo‘lishi mumkin. Quduqlarni joylashtirish 
sistemasi konni ishlash va jihozlashning barcha texnik iqtisodiy ko‘rsatkichlariga 
katta ta‗sir ko‘rsatadi. Quduqlarni joylashtirishning ratsional sistemasi texnik 
iqtisodiy hisob kitoblar orqali asoslanadi.
Tabiiy gaz konlarini ishlash nazariyasi va amaliyotida quduqlarni 
joylashtirishning quyidagi sistemalari keng tarqalgan: 
1.
Quduqlarni bir tekis to‘rtburchak yoki uchburchak to‘r bo‘yicha 
joylashtirish (3.3-rasm). 
2.
Quduqlarni halqasimon yoki zanjirli to‘r shaklida joylashtirish (3.4 va 3.5-
rasmlar). 
3.
Quduqlarni uyum markazida joylashtirish (3.6-rasm). 
4.
Quduqlarni shoxsimon ko‘rinishda joylashtirish (3.7-rasm). 
5.
Gazlilik maydon ustiga quduqlarni notekis joylashtirish (3.8-rasm).


111 
3.3-rasm Quduqlarni bir tekis 
to‘rtburchak yoki uchburchak 
to‘r bo‘yicha joylashtirish . 
3.4-rasm.Quduqlarni 
halqasimon to‘r shaklida 
joylashtirish 
3.5-rasm. Quduqlarni zanjirli 
to‘r shaklida joylashtirish 
3.6-rasm. Quduqlarni uyum 
markazida joylashtirish 


112 
3.7-rasm. Quduqlarni 
shoxsimon ko‘rinishda 
joylashtirish 
3.8-rasm. Gazlilik maydon 
ustiga quduqlarni notekis 
joylashtirish 
Gaz konlarini ishlash va loyihalashtirish amaliyoti nuqtai nazaridan quduqlarni 
bir tekis joylashtirish deganda shunday quduqlarni gazli maydonga joylashtirish 
sistemasi tushuniladiki, bunda ishlash jarayonida umumiy depressiya voronkasi hosil 
bo‘lmaydi, ya‗ni har bir quduq atrofida qatlam bosimi deyarli bir xil va o‘rtacha 
qatlam bosimiga juda yaqin bo‘ladi. 
Quduqlarni bir tekis joylashtirish kollektorlik xususiyati bir xil bo‘lgan 
qatlamlar ustida qo‘llaniladi. Bunday sistemani tabiiy gaz konlari gaz bosimi rejimida 
ishlaganda tavsiya etiladi.
Quduqlarni bir tekis joylashtirish ikki xil bo‘lishi mumkin: to‘rtburchakli yoki 
uchburchakli usul. 
To‘r bir tekis hisoblanishi uchun quyidagi shart bajarilishi kerak: 


113 
;
~
const
q
i
i



const
Q
i
i




~
Bir xil sifatli qatlamlar uchun geometrik tekis to‘rni qo‘llash mumkin. To‘rning 
formasiga avval burg‘ilangan razvedka quduqlari va yer yuzasidagi shart-sharoit 
ta‗sir qiladi. To‘rning formasiga turli faktorlar ta‗sir qiladi. Bulardan quyidagilarni 
ko‘rsatib o‘tsa bo‘ladi: konning o‘lchamlari va formasi, ishlatish ob‗ektlari soni, kon 
tuzilishining geologik xususiyatlari, kollektorlik xossalarining maydon bo‘ylab 
taqsimlanishi, kon rejimi, ishlashning texnik iqtisodiy sharoitlari, geografik va 
iqlimiy sharoitlar, razvedka quduqlarining soni. 
Gaz va gazkondensat konlarini geologik tuzilishini o‘rganish uchun razvedka 
quduqlari burg‘ilanadi. Konni ishga tushirish bilan ko‘pgina razvedka quduqlari 
qazib chiqaruvchi quduqlarga aylantiriladi. Shunga ko‘ra razvedka quduqlarining 
joylashishi qazib chiqaruvchi quduqlarni joylashtirish sistemasiga ta‗sir etadi. 
Shuning uchun amaliyotda gazli maydonda quduqlarni notekis joylashtirish sistemasi 
qo‘llaniladi.
Konlarda quduqlarni joylashtirish ularning geometrik shakliga ham bog‘liq. 
Har bir kon turlicha geometrik shaklda bo‘lishi mumkin. Bu shakldagi konlarda 
quduqlar zanjirli yoki halqasimon usullarda joylashtirilishi mumkin. 
Ba‗zi bir konlar borki, ularda quduqlarni faqat uyumlarning markazida
joylashtirish mumkin. 
Tabiiy gaz konlarining zaxiralari katta bo‘lsa va geometrik shakli turlicha 
bo‘lsa, quduqlar shoxsimon ko‘rinishda joylashtiriladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   40   41   42   43   44   45   46   47   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin