N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


 Quduqlarni kon markazida joylashtirish



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

3. Quduqlarni kon markazida joylashtirish.
Yutuqlari: 
- suvsiz ishlatish davrining uzayishi; 
- quduqlar debitining kattaligi. 
Kamchiligi: 
- quduqlar sonining belgilanganligi, ya‗ni quduqlar sonini ko‘paytirib 
bo‘lmasligi; 
- siquv kompressor stantsiyasini qo‘shish vaqti va uning quvvati hosil bo‘lgan 
umumiy depression voronkaning chuqurligiga bog‘liqligi. 
4. Quduqlarni notekis joylashtirish. 
Notekis joylashtirish eng ratsionaldir, 
ammo ishlashni loyihalashtirilayotganda quduqlarni qayerga joylashtirish masalasi 
amalda yechib bo‘lmaydigan masaladir.

 
2.3. Quduqlarni joylashtirishda suv bosimi rejimining ta’sirini
hisobga olish
Suv bosimi rejimida gazlilik maydoni bo‘ylab quduqlarni ratsional joylashtirish 
sistemasini tanlash uchun quduqlarni joylashtirishning turli sistemalarining 
gazogidrodinamik va texnik – iqtisodiy ko‘rsatkichlarini aniqlash zarur. Lekin bu 
holatda gazogidrodinamik hisob usullari ancha murakkablashadi. 
Suv bosimi rejimida masala konning tuzilishi, qatlamning kollektorlik 
xususiyatlari va ularning uyum maydoni va qatlam qalinligi bo‘yicha o‘zgarishi 
to‘g‘risida mukammal geologik ma‗lumotlar zarurligi bilan murakkablashadi. Kam 
quduqlar soni bilan loyihalashtirishning dastlabki davrlarida bunday aniq 
ma‗lumotlarni olish juda murakkab masala.


116 
Shuning uchun konda suv bosimi rejimi bo‘lsa quduqlarni joylashtirish to‘rini 
tanlashda eng avvalo quduqlarni suv bosmasligi e‗tiborga olinadi. So‘ngra to‘r texnik 
iqtisodiy ko‘rsatkichlar asosida tanlanadi. 
 
2.4. Gazkondensat konlarida quduqlarni joylashtirish 
Gazkondensat sistemalarining asosiy xususiyatlari fazaviy diagramma 
xususiyatlari, ya‗ni teskari kondensatsiyalanish va bug‘lanish holatlarining kuzatilishi 
bilan bog‘liq. Bu xususiyatlar shunga olib keladiki, bunda gazkondensat sistemasida 
bosim to‘yinganlik bosimidan pasayganda og‘ir uglevodorod (kondensat)lar qatlamga 
cho‘ka boshlaydi.
Gazkondensat sistemalarining qatlamda sizishi fazaviy o‘tishlar bilan birga 
boradi.
Ishlash jarayonida gazkondensat qatlamida bosim boshlang‘ich ko‘rsatkichida 
(yoki kondensatsiyalanish boshlanadigan bosimda) ushlab turilsa, u holda fazaviy 
o‘tishlar faqat qatlamning quduq kesib o‘tgan qismida sodir bo‘ladi. 
Agar gazkondensat koni so‘nib borish rejimida ishlatilsa, u holda kondensat 
qatlamning barcha qismlarida ajraladi. Lekin ajralgan kondensat butun qatlamning 
gazga to‘yinganligiga juda kam ta‗sir qiladi.
Qatlamdan maksimal darajada kondensat qazib chiqarish muammosini 
yechishda gazkondensat konini ishlatish jarayonida qatlam bosimini ushlab turish 
zaruriyati tug‘iladi. Qatlam bosimini ushlab turishning samaradorligi va maqsadga 
muvofiqligi gazdagi kondensat miqdoriga, umumiy gaz va kondensat zaxirasiga, 
qatlamning yotish chuqurligiga, konning geografik joylashishiga, quduqlarni qazish 
va qatlam bosimini ushlab turish bo‘yicha ob‗ektlarni jihozlashga, kondensat qazib 
olish va qayta ishlashga va boshqa faktorlarga bog‘liq.
Qatlam bosimini ushlab turish quruq (benzinsizlantirilgan) gaz yoki suv 
haydash orqali amalga oshiriladi. Bu jarayonda oluvchi va haydovchi quduqlar 
sistemasi mavjud. Mahsuldor quduq orqali yog‘li gaz qazib olinadi. Haydovchi 
quduqlar orqali esa quruq gaz qatlamga haydaladi. 


117 
Gazkondensat konlarida qatlam bosimini tiklash usullari qo‘llanilganda 
quduqlarni besh nuqtali yoki yetti nuqtali sistema bo‘yicha tekis joylashtiriladi . 
Bunda chetki quduqlardan suv haydaladi yoki quduqlar (suv haydaladigan 
quduqlar) konning o‘rtasida, gaz olinadigan quduqlar esa konning chetki qismida 
joylashtiriladi.

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin