N. X. Ermatov, N. M. Avlayarova, D. G’. Azizova, A. T. Mo’minov, M. X. Ashurov


  6.1. Quvurlar birikmasi aro gaz o‘tishi



Yüklə 4,36 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə77/140
tarix24.09.2023
ölçüsü4,36 Mb.
#147548
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140
Gaz va gazkondensat konlarini ishlatish

 


183 
6.1. Quvurlar birikmasi aro gaz o‘tishi
Gaz quduqlarini ishlatishda quvur birikmalari aro gaz o‗tishi muammosi, ishlab 
chiqarish va ilmiy-tadqiqot tashkilotlarinig e‘tibor markazida turadi. Quvurlar 
birikmalari aro bosim mavjudligi, quduq ishlash tizimining normalligi buzilishiga 
hamda grifon hosil bo‗lishi va mustahkamlovchi quvurlar birikmasining uzilishi bilan 
bog‗liq bo‗lgan halokatlarni yuzaga keltirib chiqaradi. 
Quvurlar birikmalari orasida gaz o‗tishining paydo bo‗lish sabablari gazning 
quvurlar birikmasi ortidagi bo‗shliqlarga: 
-mustahkamlovchi quvurlar birikmasining kertikli birikmalari; 
-quduq usti quvurlar kallagidagi mustahkamlovchi quvurlarni bog‗lashdagi 
salnikli zichlash halqasi; 
-ishlatish quvurlar birikmasi ortidagi sement halqaning nogermetitkligi orqali 
o‗tishi sabab bo‗ladi. 
Gazning oqib o‗tishi, uning ishlatish va texnik quvurlar birikmasi orasidagi 
halqali bo‗shliq orqali yuqoriga chiqishiga, nomahsuldor (gorizontga) qatlamga 
boshqarilmas gaz oqimining ketishiga, quduq ustida kritik bosim paydo bo‗lishiga 
olib keladi. 
6.2. Qatlam osti va kontur tashqi suvlari bilan mahsulotning suvlanishi
Gaz, gazkondensat va neft konlarining yer osti suvlari uchta katta guruhga 
bo‗linadi: 
1) Qatlam suvlari: chegaraviy, ostki va oraliq suvlar; 
2) Begona suvlar: ustki, pastki va aralash; 
3) Tektonik suvlar. 
Chegaraviy suvlar mahsuldor uyumning pastlashgan qavatlarida yotadi va 
gazlilik chegarasi tomonidan uni siqib turadi. Ostki suvlar uyumning ostki qismida 
tuzilma bo‗ylab yotadi. Oraliq suvlar, gazli qatlamda yotuvchi suvli qatlamlardan 
tashkil topadi. Ustki begona suvlar, gazlilik qatlamidan yuqorida joylashgan 
qatlamlardan mahsuldor uyumga o‗tishi mumkin. Pastki begona suvlar, uyumga qaysi 
bir qatlamdan oqib o‗tishidan qat‘iy nazar, mahsuldor qatlamdan pastda joylashadi. 


184 
Aralash begona suvlar, gazlilik qatlamiga bir necha ustki yoki pastki joylashgan suvli 
gorizontlardan oqib o‗tishi mumkin. 
Tektonik suvlar gaz uyumiga yuqori bosimli suvlarga ega bo‗lgan turli xil 
qatlamlarning tektonik yoriqlaridan oqib o‗tadi. Yuqori harakatga ega bo‗lgan yer 
osti qatlam suvlarining ko‗rsatilgan asosiy turlaridan tashqari, sekin harakatga ega 
bo‗lgan, tabiiy gaz tarkibida yoki uyumning g‗ovaklik bo‗shlig‗ida mavjud bo‗lgan 
yer osti suvlari ajratiladi. Qoldiq suv-erkin yoki bog‗liq ko‗rinishda bo‗lib, tog‗ jinsi 
kollektori g‗ovaklarida neft yoki gaz bilan to‗yinishdan oldin saqlanib qolgan. 
Kondensatsion suv-qatlam gazi tarkibida suv bug‗lari ko‗rinishida bo‗ladi, bu 
esa o‗z navbatida bosim, harorat va gaz tarkibidagi komponentlarga bog‗liq bo‗ladi. 
Qatlam gazida uglevodorodlarni og‗ir fraksiyalarining mavjud bo‗lishi, gazning suv 
bug‗lariga yuqori to‗yinishiga olib keladi. Qatlam bosimi va harorati yuqori bo‗lgan 
gazkondensat uyumlarida kondensatsion suv miqdori yuqori ko‗rsatgich (15 
gramm/m
3
) ko‗rsatadi va uyumni ishlatish jarayoni davomida bu ko‗rsatkich oshib 
boradi. Yuqorida qayd etilganlarning dinamik ko‗rsatkichlari asosida yer osti 
suvlarining 2 turini ajratamiz : erkin suvlar va bog‗liq suvlar.
Erkin suvning asosiy tasniflariga: genetik gazogidrokimyoviy, mikrobiologik va 
dinamik tasniflar kiradi. Bog‗liq suv-jismonan bog‗langan yer osti suvlari, og‗irlik 
kuchi va kapillyar kuchlardan ortiq bo‗lgan elektro molekulyar kuchlar natijasida tog‗ 
jinslari g‗ovaklari devorlarida saqlanib turadi. Bog‗liq suv erkin suvdek asosiy 
tasnifga ega emas va g‗ovaklik devori yuzasidan 105-100˚C da quritish yoki 300-500 
kg/sm
2
bosim ostida siqib chiqarish natijasida olish mumkin. 
Bog‗liq suvlar uch turga bo‗linadi: 
1) Tog‗ jinsi minerallari bilan kimyoviy bog‗liqligi; 
2) Qavat qalinligi bir necha molekulani tashkil qilgan tog‗ jinsi bilan 
adsorbsiyalashgan; 
3) Kapilyar bog‗liq suv. 
Mahsuldor uyumga qatlam suvlarining oqib kelishi natijasida yuzaga keladigan 
asoratlarga: gaz quduqlarining suvlanishi, bu esa o‗z navbatida gaz oqib chiqish 
suratini pasayishiga, sanoatdagi gaz yig‗ish kommunikatsiyalari va gaz tayyorlash 


185 
uskunasini ishlatish sharoitini yomonlashishiga olib keladi. Gaz bilan birga qazib 
olinadigan yuqori minerallashgan suv, quduq va gaz sanoatidagi uskunalar uchun 
katta xavf tug‗diradi. Qatlam suvini gaz qudug‗iga oqib kelishini oldini olish uchun, 
qatlamning suvlangan oraliqlarini sement aralashmasi yordamida berkitish zarur. 
Gaz bilan birga kondensasion suvni qazib olish jarayoni kondensat qazib olish 
kabi oddiy jarayondan iborat. Uyumda qatlam bosimining pasayishida, gaz olishning 
izotermik jarayonida, qazib olinayotgan gazning namligi pardali va kapillyar 
suvlarning bug‗lanishi natijasida ortadi. Gaz tarkibidan kondensatsion suvning 
ajralishi past haroratli separatsion uskunada, gazni quritish uchun kimyoviy 
reagentlarni qo‗llashda amalga oshiriladi. 

Yüklə 4,36 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   140




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin