N xolmatov. N. Im om ova makro va mikro


Yalpi talab egri chizig'i yo'n a-



Yüklə 5,89 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə141/207
tarix02.10.2023
ölçüsü5,89 Mb.
#151480
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207
Makro va mikro iqtisodiyot.pdf. Xolmatov N.

Yalpi talab egri chizig'i yo'n a-
lishiga qanday om illar ta 'sir qiladi?
Bular avvalo quyidagi narx omillaridir:
1. Foiz stavkasi samarasi;
2. Boylik samarasi;
3. Import xuridlar samarasi
Foiz stavkasi sam arasi 
shuni bildiradiki. agarda mamlakatda pul 
massasi hajmi doimiy deb faraz qilinsa, narxlar o 'sib borayotgan 
bo'lsa, bunday holatda aholi va korhonalarning harakatlari uchun 
ko'p roq pul kerak bo'ladi. Bu esa pulga bo'lgan talabni oshiradi, 
demak uning narxi, ya'n i foiz stavkasi ko'tariladi.
O 'z navbatida, yuqori darajadagi foiz stavkasida, aholi va tadbir- 
korlar o 'z harajatlarini qisqartirib, jam g'arm alarni bankka qo'yishni 
afzal ko'rishadi. Shunday qilib, 
narxlarning o'sishi pulga bo'lgan
talabni ko'paytirib fo iz stavkasini ko'tarUishiga olib keladi va shu
tufayli milliy mahsulotning real hajmiga bo'lgan talabni qisqartiradL
Boylik sam arasi 
shuni bildiradiki. narxlar darajasining o'sishi bilan 
janig'arilgan pul aktivlarining (hisoblardagi omonatlar, obligatsiyalar) 
real xarid qobilyati tushib ketadi. Ya'ni aholi tobora kambag'allashib 
boradi va tabiiyki u o'zining tovar va xizmatlarni sotib olishga ketadigan 
harajatini qisqartiradi. Natijada yalpi talab ham kamayadi.
I m p o rt x aridlari sam arasi 
deganda shuni tushunish lozimki, 
qachonki narxlar darajasi xorijiy narxlarga nisbatan oshib borsa, 
m amlakatda ishlab chiqarilgan mahsulotlarga bo'lgan talab kamayadi, 
import mahsulotlariga esa talab oshadi, ya'ni milliy mahsulotga 
b o'lgan ehtiyoj qisqaradi. M am lakatda narxlar darajasining pasayishi 
importning kam ayishiga va eksportning kengayishiga sabab bo'ladi 
yoki boshqacha aytganda milliy mahsulotga bo'lgan talabni oshiradi.
Narxlar darajasining o'zgarishi yalpi talab egri chizig'ining 
o 'z garishiga olib keladi. Yalpi talab egri chizig'iga narxdan tashqari 
boshqa omilar ham ta'sir ko'rsatadi.
Yalpi talabning naxga bog'liq bo'lm agan omillariga quyidagilarni 
kiritish mumkin:
• 
Pul 
massasining o'zgarishi (uning oshishi yalpi talabni 
oshishiga, kamayishi yalpi talabni kamayishiga olib keladi);
170


• Aholi iste’mol xarajatlarining o'zgarishlari;
• Soliq siyosatidagi o'zgarishlar:
• Davlat xarajallaridagi o'zgarishlar:
• Tashqi iqtisodiy faoliyatdagi o'zgarishlar (masalan, boshqa 
mamlakatlardagi ishlab chiqarishning o'sishi milliy ishlab chiqaruvchilar 
tovarlariga bo'lgan yalpi talabning pasayishiga olib kelishi mumkin).
A
I'
j
2-rasm. Yalpi ta la b n in g o ‘zgarishi
AD vaziyatdan AD; vaziyatga o'tishi bu yalpi talabning ortib 
borishini ko'rsatadi, AD vaziyatdan A D 2 vaziyatga o'tishi bu yalpi 
talabning qisqarishiga olib keladi.
2. Yalpi taklif va unga ta ’sir etuvchi om illar

Yüklə 5,89 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   137   138   139   140   141   142   143   144   ...   207




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin