5 SEMINAR
1. Nafosatshunoslik yohud estetika eng qadimgi fanlardan biri. Uning tarixi ikki yarmicha ming yillik vaqtni o’z ichiga oladi. Biroq u o’zining hozirgi nomini XVIII asrda olgan. Ungacha bu fanning asosiy muammosi bo’lmish go’zallik va san’at haqidagi mulohazalar har xil san’at turlariga bag’ishlangan risolalarda, falsafa hamda ilohiyot borasidagi asarlarda o’z aksini topgan edi. "Estetika" atamasini birinchi bo’lib buyuk olmon faylasufi Aleksandr Baumgarten (1714-1762) ilmiy muomalaga kiritgan. Bunda u boshqa bir ulug’ olmon faylasufi Laybnits (1646-1716) ta’limotidan kelib chiqhan holda munosabat bildirgan edi. Laybnits inson ma’naviy olamini uch sohaga aql, ixtiyor, hissiyotga bo’ladi va ularning har birini alohida falsafiy jihatdan o’rganish lozimligini ta’kidlaydi. Baumgartengacha aqlni o’rganadigan fan mantiq ixtiyorni o’rganuvchi fan esa axloqshunoslik (etika) ni falsafada ko’pdan buyon o’z o’rni bor edi. Biroq hissiyotni o’rganadigan fan falsafiy maqomdagi nomiga ega emasdi. Baumgartenning bu boradagi xizmati shundaki, u "his qilish", "sezish", "his etiladigan" singari ma’nolarni anglatuvchi yunoncha "oyestetikos" so’zidan "estetika" (olmoncha "estetika" "eshtetik") iborasini olib, ana shu bo’shliqni to’ldirdi.
Baumgarten nafosatshunoslikni hissiy idrok etish nazariyasi sifatida ilgari surdi. Lekin, ko’p o’tmay, u goh "go’zallik falsafasi", goh "san’at falsafasi" sifatida talqin etila boshlandi. Nafosatshunoslik fanining eng buyuk nazariyotchilaridan biri Hegel esa o’z ma’ruzalarining kirish hismida yozadi: "Estetika" degan nom muvaffaqiyatsiz chiqqani va yuzaki ekani sababli boshqa atama qo’llashga urinishlar bo’ldi. So’zning o’z-o’zicha bizni qiziqtirmasligini nazarda tutib, biz "estetika" nomini saqlab qolishga tayyormiz, buning ustiga, u odatiy nutqqa singishib ketgan. Shunga qaramay, bizning fanimiz mazmuniga javob beradigan ibora, bu "san’at falsafasi" yoki yana ham aniqroq qilib aytganda "badiiy iyod falsafasi".
Hegelning "estetika" atamasidan ko’ngli to’lmaganligiga jiddiy sabablar bor. Bulardan biri yuqorida uning o’zi aytib o’tgan fikrlari bo’lsa, ikkinchisi mazkur so’zning barcha his tuyg’ularga taalluqliligi. Vaholanki, fanimiz faqat nafosatli his tuyg’ular va ularning ziddini nazarda tutadi. Ayniqsa, mana shu ikkinchi sababga ko’ra, "estetika" atamasining talabga javob berishi shubhali. Buning ustiga allaqachon fanimizning tadqiqot doirasi san’at hududidan chiqib, inson hayotining deyarli barcha sohalariga yoyilib ketgan. Shu bois biz "nafosatshunoslik" atamasini ilmiy muomalaga kiritishni maqsadga muvofiq deb o’ylaymiz. Zero mazkur atamaga asos bo’lgan "nafis", "nafislik", "nafosat" so’zlari o’z qamrovi bilan fanimiz talabiga to’la javob byera oladi. "Nafis" so’zi "o’zbek tilining izohli lug’ati"da go’zal, nozik, latif, yoqimli, badiiy jihatdan juda yuksak ma’nolarida izohlanadi. Bundan tashqari "estetika" ("eshtetik") so’zi olmonlardagi yoki ruslardagi kabi bizda keng yoyilib, xalqimiz nutqiga singishib ketgan emas.
2. Go‘zallik - estetikaning markaziy kategoriyasi sifatida. «Go‘zallik»ning tugal ilmiy ta’rifi
haqida biror–bir qat’iy fikr mavjud emas. Biroq, go‘zallikning idrok etilishi, tabiatda namoyon
bo‘lishi, san’atda aks etishi hamda uning jamiyat rivojiga ta’siri haqida bildirilgan fikrlar, ilgari surilgan g‘oyalar, yaratilgan ta’limotlar o‘zining salmog‘i bilan ahamiyatlidir. Inson va uning ruhiy–jismoniy, axloqiy–estetik faoliyati, tabiat va undagi hodisalar, jamiyat va unda ro‘y berayotgan ijtimoiy–ma’naviy, siyosiy–iqtisodiy jarayonlar go‘zallikka yondoshuvning tarixan tarkib topgan asosiy obektlaridir. SHuni alohida ta’kidlash zarurki, go‘zallik haqidagi qarashlar va nazariyalar markaziga «Go‘zallik nima?» degan savol qo‘yiladi–yu, ammo ularning aksariyatida «Nima go‘zal?» degan javobni ko‘ramiz. SHuning uchun ham odatda, go‘zallik ikki omil asosida yuzaga keladi. Bular: inson tafakkuri va mehnatining mahsuli natijasida yaratiladigan go‘zallik; inson tafakkuridan tashqarida, insonga bog‘liq bo‘lmagan xolda yuzaga keladigan go‘zallik. Birinchisida aql, ruh va xissiyot ustuvor bo‘lsa, ikkinchisida makon va zamon salmoqli o‘rinni egallaydi. Go‘zallik sifatlari tug‘yoniylik, maftunkorlik, foydalilik, mo‘‘jizaviylik singari tushunchalar orqali izohlanadi. Go‘zallikning xususiyatlariesa qulaylik, manfaatdorlik, yoqimlilik, chiroylilik tushunchalari bilan belgilanadi. Unsurlar, sifatlar va xususiyatlar uyg‘un bo‘lgan narsa–hodisalargina chinakam go‘zallikni aks ettirishi mumkin. Zero, chiroyli narsaning sifati bizning manfaatimiz uchun hamoxang bo‘lmasa yoki bizning maqsadlarimizga mos kelmasa u har qancha maftunkor bo‘lmasin go‘zallik sifatida baxolanmaydi. SHu o‘rinda go‘zallik tushunchasi «chiroyli», «ko‘rkam», «nafis», «jozibador», «maftunkor»,«latofatli» kabi tushunchalarga nisbatan kengqamrovli va ustuvor ekanligini alohida ta’kidlash joiz. Ayniqsa, go‘zallik bilan kundalik turmushimizda tez–tez tilga olinadigan «chiroylilik» tushunchasi orasida muayyan tafovutlar mavjud. Ulug‘vorlik va tubanlik tushunchasining mohiyati. Ingliz nafosatshunosi E.Byork go‘zallikni ulug‘vorlik bilan qiyoslaydi va ularni alohida tushunchalar sifatida tadqiq etadi. I.Kant esa go‘zallik va ulug‘vorlikni uyg‘unlikda rivojlanuvchi tushunchalar deb hisoblaydi. Ulardan farqli o‘laroq, Xegel, ulug‘vorlikni go‘zallikning bir ko‘rinishi, ulug‘vorlik – zohiriy go‘zallikning botiniy go‘zallikka aylanishi, deb tushuntiradi. Ulug‘vorlik – insonning narsa hodislarga estetik va axloqiy mezonlar bilan yondashishi va ulardan yuksak hayratlanish tuyg‘usini hosil qiluvchi estetik hissiyot majmuidir. Ulug‘vorlikning ko‘lami go‘zallik ko‘lami kabi cheksizdir. Tabiatdagi ulug‘vorlik cheksiz osmon, purviqor tog‘lar, yuksak cho‘qqilar, moviy dengizlar, ming yillik chinorlar, shuningdek, vulqon va chaqmoq singari tabiat hodisalarida namoyon bo‘ladi. Ular uzoqdan kishilarda hech qanday hayajonli taassurot qoldirmaydi. Biroq, ularga yaqinlashganimiz sari ruhiyatimizni hayajon, jo‘shqinlik egallay boshlaydi, ularni butunligicha ko‘z bilan qamrab ololmaslik darajsiga etganda esa bu hayajon yanada ortadi. Tabiatdagi ulug‘vorlik matematik va dinamik xususiyatga ega. Matematik xususiyatida xajm, dinamik xususiyatida kuch ustuvor ahamiyatga kasb etadi. Biroq, ikkala xususiyat ham insonda kuchli hayrat va hayratlanish tuyg‘ularini paydo qiladi. Jamiyatdagi ulug‘vorlik umuminsoniy qadriyatlar, qahramonlik, jasorat, xalqparvarlik, bunyodkorlik tushunchalari bilan uyg‘unlashadi. Davlatda barqarorlik, jamiyatda adolat ustuvorligi, shaxsning erkin va hurfikrlilik asosida faoliyat olib borishi ijtimoiy tizimning ulug‘vorligini aks ettiradi. Fojeaviylik va kulgililik tushunchalari. Fojeaviylik muammosi har doim falsafiy-estetik tafakkur sohiblarining e’tiborini jalb qilib kelgan. Deyarli barcha buyuk ijodkorlar yaratgan asarlarda fojeali ohanglar mavjud. Masalan, o‘zbek adibi Maqsud SHayxzodaning «Jaloliddin Manguberdi» va «Mirzo Ulug‘bek» asarlarida fojeali ohanglar boshdan oxiriga qadar sezilib turadi. Mazkur dramalar maxsus fojea asari sifatida yaratilmagan bo‘lsa ham, aslida, fojeali ohanglar ularda ustivor darajada ifodalangan. Har qanday fojea zaminida alohida fojiali to‘qnashuv yotadi va uning eng muhim tomoni ko‘lamlilik va ijtimoiy ahamiyatga molikligidir. Kulgililik. Bu bordagi mavjud nazariyalar kulgililikning predmetini ob’ektiv xususiyat sifatida yoki shaxsning sub’ektiv imkoniyatlari natijasi yohud sub’ekt va ob’ekt o‘zaro aloqadorligining natijasi sifatida ko‘rib chiqiladi va mazkur metodologik yondoshuv kulgililikdagi ko‘pma’nolikning yuzaga kelishiga sabab bo‘ladi. Estetik tafakkur tarixida kulgililik bir qadar keng o‘rganilgan. Jumladan, Aflotun ojiz va layoqatsizlarni kulgili odamlar, deydi. Nodonlik esa insonni kulgili qiladi. Biroq, kulgililikning mohiyati, uning kelib chiqishi sabablari haqida Aflotun biror-bir fikrni aytgan emas. Quldorlik tuzumi zodagonlarining namoyondasi bo‘lgan Aflotun uchun kulgililikning demokratik mohiyati begona edi.
3. Inson zoti dunyoga kelganidan boshlab tabiat va jamiyat deb atalgan tashqi muhit bilan munosabatga kirishadi. Dastlab bu munosabat anglanmagan, intuitiv, biologik-genetik tarzda, keyinroq esa anglab etilgan, yuksak darajadagi ijtimoiy hodisa sifatida ro’y beradi. Uni odatda, ikki xil deb ta’riflash qabul qilingan: birinchisi – insonning salomatligi va turmush tarzini farovonlashtirishga qaratilgan zohiriy-moddiy maqsadga erishish tamoyiliga asoslangan utilitar-empirik manfaatdorlik, ikkinchisi – botiniy-ruhiy manfaatdorlikni, maqsadga muvofiqlikni ta’minlaydigan hissiy-ma’naviy munosabatlar. Mana shu ikkinchi xil munosabatlar insonning insonligini belgilaydigan hodisalar hisoblanadi. Ular ichida estetik munosabat alohida aщamiyatga ega, Chunki u nafaqat birinchi xil munosabat turlaridan yuksak darajaligi bilan farqlanadi, balki o’ziga xildosh bo’lgan axloqiy yoki e’tiqodiy munosabatga nisbatan ham miqyosli va qamrovlidir.
Gap shundaki, estetik munosabatdan boshqa barcha munosabat turlari inson «aqlini taniganidan» so’ng, ya’ni go’daklik davridan o’tgandan keyin voqe bo’ladi. Masalan, go’dak hali uyat hissini bilmaydi, unda axloqiy munosabat hattoki ibtidoiy darajada ham shakllanmagan, xohlagan vaqtida, to’g’ri kelgan joyda tabiiy ehtiyojni qondiradi. Lekin u beshikda yotar ekan, tushib turgan ola-chalpoq quyosh nuridan quvonadi, uni kuzatadi, u bilan o’ynagisi keladi yoki beshikka osig’liq rangli o’yinchoqdan zavqlanadi, g’adir-budir, shaklan qo’pol materialni emas, mayin duxobani yoki shunga o’xshash yumshoq, silliq narsalarni xush ko’radi, ularni siypalab zavqlanadi, alla eshitib orom oladi. Bularning bari estetik munosabatning insoniy mohiyatda namoyon bo’luvchi hodisa sifatida ibtidodan mavjud ekanini ko’rsatadi. SHuningdek, keksayib, umrining qolganini ko’proq to’shakda o’tkazayotgan kishi jisman zaifligi tufayli tashqi muhit bilan utilitar-empirik munosabatini davom ettira olmasligi mumkin. Lekin, u badiiy adabiyot o’qib, televizor ko’rib, musiqa eshitib zavqlanadi, ya’ni tashqi dunyoga estetik munosabatda bo’la biladi: inson moddiy boylik yaratishdan mahrum bыlgan paytda ham estetik munosabat tufayli, to o’lguncha o’z ma’naviyatini boyitish imkonini yo’qotmaydi. Estetik munosabatning qamrovliligi va uning bir umrli ma’naviy hodisa sifatidagi ahamiyati ana shunda.
4. Endi «Estetika» fanining mohiyatini anglatadigan «san’at falsafasi» va «go‘zallik falsafasi» iboralariga to‘xtalamiz. Estetika tarixida birinchi ibora tarafdorlari ko‘pchilikni tashkil etadi. Lekin, yuqorida aytib o‘tganimizdek, san’at bu fanning yagona tadqiqot ob’ekti emas. Hozirgi paytda texnika estetikasi va uning amaliyotdagi sohasi dizayn, atrof-muhitni go‘zallashtirish, tabiatdagi nafosat borasidagi muammolar bilan ham shu fan shug‘ullanadi. Demak, uning qamrovini san’atning o‘zi bilangina chegaralab qo‘yishga haqqimiz yo‘q. Zero bugungi kunda inson o‘zini o‘rab turgan barcha narsa-hodisalarning go‘zal bo‘lishini, har qadamda nafosatni his etishni istaydi: biz taqib yurgan soat, biz kiygan kiyim, biz haydayotgan mashina, biz uchadigan samolyot, biz yashayotgan uy, biz mehnat qiladigan ishxona, biz yurgizayotgan dastgoh, biz yozayotgan qalam, biz dam oladigan tomoshabog‘lar – hammasidan nafis bir ruh ufurib turishi lozim.
Go‘zallik, ko‘rganimizdek, nafosatning bosh, etakchi xususiyati hisoblanadi. Shu bois u estetikaning mezoniy tushunchalaridan biri sifatida tadqiq va talqin etiladi. Zero go‘zallikning ishtirokisiz yuqoridagi xususiyatlarning birortasi estetik tabiatiga ega bo‘lolmaydi. Masalan, ulug‘vorlikni olaylik. U asosan hajmga, miqyosga miqdorga asoslanadi: Buxorodagi Arslonxon minorasi yoxud Minorai Kalon ulug‘vorligi bilan kishini hayratga soladi. Unga tikilar ekansiz, qalbingizni nafosat zavqi qamrab oladi. Lekin xuddi shunday balandlikdagi kimyoviy korxona mo‘risidan zavqlanolmaysiz. YOki yonbag‘irdan turib, toqqa tikilsangiz, estetik zavq tuyasiz, ammo xuddi shunday balandlikdagi shahar chetida o‘sib chiqqan axlat «tog‘i»ga qarab zavqlanmaysiz. CHunki Arslonxon minorasi me’morlik san’ati asari sifatida go‘zallik qonuniyatlari asosida bunyod etilgan; tog‘ esa tabiat yaratgan ulug‘vor go‘zallik. Zavod mo‘risida ham, axlat «tog‘»ida ham hajm, miqdor boru, lekin bir narsa –go‘zallik etishmaydi. Minora bilan tog‘dagi hajmni salobatga aylantiruvchi unsur, bu – go‘zallik. Fojeaviylik xususiyatida ham go‘zallikning ishtirokini ko‘rish mumkin. Misol sifatida Lev Tolstoyning «Urush va tinchlik» romanidagi Austrlitsda bo‘lib o‘tgan rus va fransuz qo‘shinlari to‘qnashuvidan so‘ng, jang maydonida yarador bo‘lib yotgan knyaz Andrey Bolkonskiyni eslaylik: bir qo‘lida bayroq dastasini ushlagancha, ko‘m-ko‘k maysada moviy osmonga qarab yotgan, oppoq mundirli botir yigit – bayroqdor zobitning tepasiga kelgan Napoleon uni o‘lgan deb o‘ylab, bu manzaradan hayratlanib: «Mana bu – go‘zal o‘lim!», deydi. Bu o‘rinda asar qahramonining o‘limi – fojeaviylik, o‘limning qahramonlikka aylanishi – ulug‘vorlik; fojeaviylik bilan ulug‘vorlik xususiyatlarining omuxtalashuvi natijasida esa go‘zal manzara, qayg‘uli va ulug‘vor go‘zallik vujudga kelgan. SHuning uchun ham Napoleonning hayrotomuz xitobi bejiz emas. Ayni paytda go‘zallik yuqorida keltirilgan estetik xususiyatlar va tushunchalarning «mustaqilligiga» daxl qilmaydi, faqat ularning hujayrasida u yoki bu darajadagi unsur sifatida ishtirok etadi. Demak, estetikaning asosiy tadqiqot ob’ekti – go‘zallik, biroq, birinchi galdagi vazifasi ana shu go‘zallikni aks ettirish bo‘lgan san’at ham o‘z navbatida nafosatshunoslikning keng qamrovli tadqiqot ob’ekti hisoblanadi.
5. Insoniyat tafakkuri tarixida tabiatga estetik munosabatning zaruriyati haqidagi qarashlari va insonning tabiatga muqobil estetik munosabatlari turlicha bo’lgan. Tabiatning estetik xususiyatlari haqida so’z yuritsak, tabiat estetik faoliyat ob’ektidir. Ekologiya estetikasining qadriyat maqomi va ekologiya estetikasining axloqiy muammolari bugungi kunda katta ahamiyat kasb etib bormoqda. Tabiatni estetik idrok etishning an’anaviy va noan’anaviy usuli mavjud bo’lib ular : tabiatni asl holida idrok etish; tabiatni badiiy obrazlarda ifodalashdan iboratdir. Ekoestetikaning XXI asr ilmiy-texnik taraqqiyotdagi o’rniga to’xtalsak, texnogen tsivilizatsiyaning ishlab chiqarish va fan taraqqiyotiga estetik ta’siri ortib bormoqda. Maishiy turmush estetikasi va uning texnologiyasi, texnika estetikasining ishlab chiqarish va ijtimoiy jarayonlardagi o’rni, texnikaning inson estetik manfaatlari va faoliyati bilan bog’liqligi masalalari bugungi kunda dolzarb ahamiyat kasb etmoqda.
Shu jumladan, zamonaviy shaharsozlik estetikasi, dizaynning estetik xususiyatlari, tabiat va maishiy turmush dizayni, hamda xalq amaliy san’ati va dizayn. Ma’lumki, inson o’zining ma’naviy va moddiy ehtiyojlarini qondirish maqsadida azaldan tabiat bilan hamkorlik qilib kelgan. Tabiatdagi go’zalliklardan bahramand bo’lishlari barobarida uni nafosatli tarzda o’zlashtirishga, inchunun, mavjud hunukliklarni bartaraf qilishga harakat qiladi. Biroq, keyingi bir necha o’n yillik jahon maamlakatlarining atrof muhit sohasidagi harakatlarini tanqidiy taxlil etish davri bo’ldi. Sanoatlashtirish inqilobi inson bilan tabiat o’rtasidagi munosabatni abadul abad buzib qo’yganini insonicht tobora anglab bormoqda. XXI asr o’rtalariga kelib inson faoliyati erdagi yashash imkoniyatlarining asosiy shartlarini buzib yuborishi xavfi yana ham aniqroq namoyon bo’lmoqda. Bugunga kelib eng jiddiy o’zgarish er atmosferasida yuz berayotganligi barchamizga ayon.
6. Dizayn zamonaviy madaniyatning eng yosh va tez rivojlanayotgan sohalaridan biridir. Shu munosabat bilan uning nazariyasini ishlab chiqishga bo`lgan ehtiyoj kun sayin oshib bormoqda. Bu o`z-o`zidan tushunarlidir, chunki shunday qilinganda uning oldiga zamonaviy amaliyot tomonidati qo`yilgan dolzarb muammolarni shunchalik tez hal etish mumkindir. Shu haqiqatni ochiq aytish lozim bizning mamlakatimizda dizayn imkoniyatlaridan to`la ravishda foydalanilayotgani yo`q. Bu borada vujudga kelgan muammoni tushunish mumkin; chunki birinchidan, dizaynerlik faoliyatining nihoyatda murakkabligi bo`lsa, ikkinchidan, uning fan-texnika, muhandislik-konstruktorlik, iqtisodiy faoliyati bilan bog’liqligidir, uchinchidan, jamiyatning ijtimoiy-madaniy hayoti bilan chambarchas bog’lanib ketganligidir. Shu boisdan, dizaynning nazariy muammolari ko`p qirrali bo`lib, u turli nazariy bosqichlarda o`zining o`rganib chiqilishini talab etadi. Madomiki, dizayn ommaviy sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarishda foydalanilar ekan, uni moddiy ishlab chiqarish va islohatlar tizimida ro`y beradigan jarayonlar munosabati bilan ko`rib chiqish lozim bo`ladi. Ayni zamonda dizayn muammosini nazariy jihatdan ishlab chiqishni uning zamonaviy madaniy hayot tizimida yetakchi o`rin tutishidan ayricha holatda hisobga olmasdan turib, hal etish mumkin emas, zero dizayn moddiy va ma’naviy ishlab chiqarishda, texnika va san’at o`rtasida o`ziga xos ko`prik vazifasini bajaradi.
Shu sababli texnik estetika masalani ishlab chiqarish va iste’molning texnika, ijtimoiy-iqtisodiy) ergonomik hamda estetik aspektlari bilan bog’liq holda sanoat mahsulotlarining shaklini vujudga keltirish, badiiy konstruksiyalashning asosiy tamoyillari va metodlari bilan bog’liq holda ko`p muammolar nuqtaiy nazaridan turib o`rganadi.
Siz bilan biz yashayotgan hozirgi kunlarda texnik estetika oyoqqa turish bosqichini boshdan kechirmoqda. Bu sohada mehnat qilayotgan mutaxassislar favqulodda faollik ko`tsatayotganliklariga qaramasdan, dizayn muammolarini tushunishda hamon biron-bir to`la nazariya vujudga kelmagan. Dizaynning umumiy nazariyasi roliga da’vo qilayotgan bir qator taniqli konsepsiyalar amalda uning mazmuni bilan bog’liq u yoxud bu jihatni aks ettirishdan o`zga narsa emas.
Hozirgi zamonga kelib, dizaynning bir necha ishchi definilsiyalaridan foydalanilmoqda. Ayrim mualliflar «industrial dizayn», “sanoat san’ati”: “sanoat estetikasi” tushunchalarini bir-biridan farqlasalar, boshqa mualliflar esa ularni sinonimlar deb da’vo qiladilar.
Masalaning bunday turli-tuman shaklda qo`yilishi estetik va badiiy faoliyatning nisbati to`g’risidagi masala, jumladan yarim-yorti yoritilgani, dizayn nazariyasi uning amaliyotidan orqada qolayolganligi bilan izohlanadi. Biroq dizayn nazariyasi oldida terminologiyani tartibga keltirishdan ham muhimroq vazifalar turibdiki, bularning qay darajada hal etilishiga qarab badiiy konstruksiyalash amaliyoti rivojlanadi. Sanoat mahsulotlarini ishlab chiqarish va ularni iste’mol qilish o`rtasidagi garmonizatsiyalash muammosi ularning iste’mol qilinishini prognozlashtirish maqsadida ijtimoiy iste’mollar dinamikasini o`rganishni taqozo etadi. Bu muammolarni chuqur va har tomonlama o`rganmasdan turib, dizaynning ongli ravishda o`zlashtirilgan hamda ma’lum maqsadga yo`naltirilgan faoliyatini ta’minlash mumkin emas. Ushbu ulkan muammoni hal etish uchun, avvalo, estetik ijtimoiy iste’molning predmeti va mohiyati to`g’risida qo`shimcha ravishda qoniqarli javob topish lozim bo`ladi, chunki estetik iste’mol, umuman, qadriyat nima, degan savolga javob topishni talab qiladi. Bu savollarga qoniqarli javob berish - butun boshli estetik konsepsiyani qurish demak. Bu a’molni birgina texnik estetik vositasida hal etib bo`lmaydi. Bunday konsepsiyani qurish yuqori darajadagi texnik abstrakchilarning yanada yuqori bosqichga ega bo`lishini talab qiladi. Bunday qiyinchiliklarga barham berish uchun texnik estetika, umumiy estetika, san’at sotsiologiyasi, aksiologiya, semiotika va boshqa fanlar bilan yaqin hamkorlikda faoliyat yurgizishi lozim bo`ladi. Shunisi maqtovga sazovorki, so`nggi yillarda umumiy estetik va texnik estetik sohasida ish olib borayotgan tadqiqotchilar o`rtasida yaqin munosabat o`rnatildi. Shuni ham alohida ta’kidlash lozimki, boshqa fanlar tomonidan ko`rsatiladigan bunday yordamga birgina estetika feni ehtiyoj sezayotgani yo`q. Biroq texnik estetika ko`pgina dolzarb muammolarni kun tartibiga qo`yishi bilanoq umumiy estetikaning olg’a siljishiga katta yordam bermoqda. Gap shundaki, dizaynni vujudga keltiruvchi ko`rgazmani muhit san’atga nisbatan ma’lum ma’noda ishonchliroq estetik xarakteristika bera oladi. Estetik buyum (ommaviy sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish) va subekt (ommaviy iste’molchi) o`rtasidagi o`zaro aloqa ob’ektiv tadqiqot uchun ancha qulaydir, bu esa turli-tuman, jumladan, tahlilning statistik metodidan foydalanish imkonini beradiki, bularning hammasi estetik sir-asror olami sari dadil qadam qo`yishda muhim ahamiyat kasb etadi.
7. Estetik tarbiyaning vazifalari:
kishilarda san'at asarlari, badiiy ijod namunalarini nafaqat faol o'zlashtirish balki, ularning estetik mohiyatini anglash va baholash qobiliyatini takomillashtirish;
jamiyat a'zolarining ijodiy imkoniyatlarini namoyon qildirish va ulardan foydalana bilishga ishonch tuyg'usini uyg'otish;
tabiat hamda jamiyat ijtimoiy jarayonlariga sof tuyg'u bilan munosabatda bo'lishga va ularni ravnaq toptirish yo'lida astoydil faoliyat olib borish ko'nikmalarini hosil qilish;
o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
o'tmish ma'naviy merosimizga hurmat hissini uyg'otish, milliy g'urur, milliy iftixor tuyg'ularini shakllantirish uchun zamin yaratish;
ijodning barcha turlarini taraqqiy ettirib jahonga yuz tutish va ularni millat manfaatlari uchun naf keltiradigan tomonlarini targ'ib qilishga undashdir.
8. Estetik tarbiyaning asosiy vositalari tarkibiga
san'at,
information texnologiyalar,
tabiat,
mehnat,
sport kabi sohalarni kiritish mumkin.
San'at- estetik tarbiyaning muhim vositasi
San'at insonning ehtiroslar va tuyg'ular olamiga singib borib ularni yig'latadi, kuldiradi, o'ylashga majbur qiladi.
Inson tafakkurini go'zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning predmeti esa ma'naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga aylanishi natijasida odamlarning turmush tarzini, o'zaro aloqasini hatto tashqi ko'rinishi ham tubdan o'zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi ta'siri nihoyatda katta. Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat bo'lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy- huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko'mak beruvchi makon sifatida ham yuksak ahamiyat kasb etadi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi.
Shuni maxsus ta'kidlash kerakki, zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik ustuvor omil bo'lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa qilmaslik shaxsni nafosatli jihatdan mukammal bo'lib yetishishiga monelik ko'rsatadi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati
Mehnat ham moddiy, hamda ma'naviy go'zalliklar yaratish bilan estetik tarbiyaning muhim vositasiga aylanadi. Bu jarayon ijtimoiy- foydali mehnatning badiiylik bilan aloqasi ta'sirida vujudga keladi. Qolaversa, mehnatga ijodiy yondashuv jamiyat ma'naviy qiyofasini belgilovchi omil hisoblanadi.
Sport- estetik tarbiyaning zamonaviy vositasi
Sport estetik tarbiya vositasi sifatida zamonaviy insonni kamol toptirishda alohida e'tiborga ega. Hozirda sportni rivojlantirish mamlakatimizda davlat siyosati darajasiga ko'tarildi. Bundan ko'zlangan asosiy maqsad avlodni jismonan baquwat, sog'lom, vatanning jasur himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir ko'plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda ishtirok qilmoqdalar.
9. Bugun biz tez sur’atlar bilan o‘zgarib bora-yotgan, insoniyat hozirga qadar boshidan kechir-gan davrlardan tubdan farq qiladigan o‘ta shid-datli va murakkab bir zamonda yashamoqdamiz. Davlat va siyosat arboblari, faylasuflar va jamiyatshunos olimlar, sharhlovchi va jurnalist-lar bu davrni turlicha ta’riflab, har xil nomlar bilan atamoqda. Kimdir uni yuksak texnologiyalar zamoni desa, kimdir tafakkur asri, yana birov yalpi axborotlashuv davri sifatida izohlamoqda. Albatta, bu fikrlarning barchasida ham ma’-lum ma’noda haqiqat, ratsional mag‘iz bor. CHun-ki ularning har biri o‘zida bugungi serqirra va rang-barang hayotning qaysidir belgi-alomatini aks ettirishi tabiiy. Ammo ko‘pchilikning ongi-da bu davr globallashuv davri tariqasida taassu-rot uyg‘otmoqda. Bunday ta’rif, menimcha, ko‘p tomondan masalaning mohiyatini to‘g‘ri ifoda-laydi. Nega deganda, hozirgi paytda er yuzining qaysi chekkasida qanday bir voqea yuz bermasin, odamzot bu haqda dunyoning boshqa chekkasida zud-lik bilan xabar topishi hech kimga sir emas. Ana shunday globallashuv fenomeni haqida ga-pirganda, bu atama bugungi kunda-ilmiy-falsa-fiy, hayotiy tushuncha sifatida juda keng ma’no-ni anglatishini ta’kidlash lozim. Umumiy nuq-tai nazardan qaraganda, bu jarayon mutlaqo yan-gicha ma’no-mazmundagi xo‘jalik, ijtimoiy-siyo-siy, tabiiy-biologik global muhitning shakl-lanishini va shu bilan birga, mavjud milliy va mintaqaviy muammolarning jahon miqyosi-dagi muammolarga aylanib borishini ifoda etmoqda.
Globallashuv jarayoni hayotimizga tobora tez va chuqur kirib kelayotganining asosiy omili va sababi xususida gapirganda shuni ob’ektiv tan olish kerak - bugungi kunda har qaysi davlat-ning taraqqiyoti va ravnaqi nafaqat yaqin va uzoq qo‘shnilar, balki jahon miqyosida boshqa min-taqa va hududlar bilan shunday chambarchas bog‘la-nib boryaptiki, biron mamlakatning bu jarayon-dan chetda turishi ijobiy natijalarga olib kel-masligini tushunish, anglash qiyin emas.
10. Bugungi kunda Internet manbalari va OAV(ommaviy axborot vositalari) axborotlarining ijtimoiy hayotdagi o‘rni tobora mustahkamlanib, jamiyat taraqqiyotining ko‘zgusi, kishilar ongi, dunyoqarashi siyosiy saviyasini shakllantiruvchi asosiy omilga aylanmoqda. Endilikda demokratik davlat, erkin fuqarolik jamiyati haqidagi konsepsiyalarni axborot sohasidagi islohotlarsiz tasavvur etib bo‘lmaydi.
Ma’lumki, o‘tgan asrning ikkinchi yarmida vujudga kelgan Internet tarmog‘i axborot sohasida tub burilish yasadi. Endilikda an’anaviy OAV ning informatsion texnologiyalar asrida o‘z mavqeini saqlab qolishi ko‘p jihatdan global tarmoq imkoniyatlari bilan chambarchars bog‘liq bo‘lib qoldi. Bu borada Yurtboshimiz alohida ta’kidlab, «… bugungi kunda milliy axborot tizimini shakllantirish jarayonida Internet va boshqa global axborot tizimlaridan keng foydalanish, ayniqsa, muhim ahamiyatga ega. Bunga erishish XXI asrda mamlakat taraqqiyoti uchun hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi…», — deya yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishga chaqirganlar.
Albatta, yosh avlod dunyoqarashini kengaytirish va bilimini oshirishda mazkur axborot manbalari muhim ahamiyatga molik. OAV va ijtimoiy tarmoqlarning ijobiy jihatlarini inkor etmagan holda, uning yoshlar orasida samarasiz, salbiy ta’sirga ega bo‘lgan imkoniyati mavjudligini ham ta’kidlash lozim. Telekanallarda namoyish etilayotgan va ijaraga beriladigan hamda sotiladigan minglab video, kasseta, lazer disklari vositasida tarqatilayotgan jangari filmlarda yashash uchun kurash g‘oyasi targ‘ib etiladi. Ularning yoshlar ongini zaharlash, milliy-ma’naviy qadriyatlarimizdan uzoqlashtirish, milliy nigilizm va manqurtlikka mubtalo qilishi o‘z-o‘zidan ayon va ochiq haqiqatdir. Mazkur muammolarni yechishda, avvalo, OAV faoliyatini muvofiqlashtirish, ko‘rsatuv, eshittirish va matbuot nashrlari, shuningdek, Internetdagi milliy tarmoq manbalarida berilayotgan axborotlar sifatiga, ayniqsa, ularning kontenti, ya’ni materiallar mazmuniga jiddiy e’tibor qaratish zarur.
Ommaviy madaniyat deb berilgan madaniyatning bosh oqimiga kiruvchi gʻoya, nuqtai nazar, koʻrsatma, mem,[1] imij va boshqa ijtimoiy fenomenlar toʻplamiga aytiladi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ommaviy madaniyatga ommaviy axborot vositalari kuchli taʼsir oʻtkaza boshladi.
Ommaviy madaniyat koʻpincha keng aholi qatlamiga xush kelishi uchun soddalashtirilgan va ahamiyatsiz mavzularga berilgan, deb qaraladi. Natijada ommaviy madaniyat dinchi va kontrmadaniyatchilar tomonidan yuzaki, isteʼmolparast, sensualist va buzuq, deb tanqid qilinadi
Dostları ilə paylaş: |