Naftion kislota (natriyli tuzi)


 - rasm. Probirkalar  a-oddiy, b-darajalangan  2 - rasm



Yüklə 1,72 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/111
tarix31.01.2023
ölçüsü1,72 Mb.
#81976
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
212 XTF ga tasha

1 - rasm. Probirkalar 
a-oddiy, b-darajalangan 
2 - rasm. Kimyoviy stakanlar: 
a – burunchali, b-oddiy, v-o’lchov 
stakani 
Laboratoriya amaliyotlarida turli o`lcham va shakldagi kolbalar keng 
qo`llaniladi (tubi yassi, tubi yumaloq va konussimon) (3 - rasm). 
a b v d 
3 - rasm. Kolbalar: a - tubi yassi; b - tubi dumaloq; v – konussimon,
d-og’zi shliftli konnussimon 
Vyurs kolbasi 60 - 80° burchakda egilgan shisha trubkali tubi 
yumaloq kolba (4 - rasm). Undan gaz olishda, atmosfera bosimida suyuqliklarni 
haydashda foydalaniladi. Yumaloq tubli kolbalar har hil: keng va tor bo`g`izli, uzun 
va kalta bo`g`izli, bir, ikki, uch va to`rt bo`g`izli bo`ladi. Nay chiqarilgan, deflegmator 
o`rnatilgan, nasadka o`rnatilgan, yumaloq tubli kolbalar haydashning turli hollarida 
ishlatiladi.
a b v 
4 - rasm. Haydash kolbalari:a - Vurs kolbalari: b - Klyayzen kolbalari: v - 
Favorskiy kolbasi. 



Voronkalar (5 - rasm). Kimyoviy voronkalar suyuqliklarni filtrlashda, 
bir idishdan ikkinchi idishga quyishda ishlatiladi. Suyuqliklarni reaksion 
aralashmaga oz - oz miqdorda qo`shish uchun uzun nayi bor har hil shakldagi 
tomizgich voronkalar ishlatiladi. Ajratgich voronkalar qalin shishadan 
tayyorlanadi. Ularning suyuqlik quyiladigan naychasi tomizgich voronkaning 
nayiga nisbatan qisqaroq bo`ladi. Bu voronkalar aralashmaydigan suyuqliklarni bir 
- biridan ajratishda, moddalarni ekstraksiya qilishda ishlatiladi.
a b v 
5 - rasm. Voronkalar: a - kimyoviy; b – Byuxner voronkasi; v – Shotta 
voronkasi 
Deflegmatorlar (6 - rasm) suyuqliklar aralashmasini haydash, yani 
ikki suyuqlikni bir - biridan to`la ajratish uchun ishlatiladi. Deflegmator ichidagi 
nay sirti har hil usullar bilan kengaytiriladi. Sirtni kengaytirish naydagi 
konussimon egiklar hisobiga amalga oshiriladi. Egiklar shunday joylashganki 
deflegmatorlar ichida huddi spiral joylashganligi o`hshaydi. Natijada modda 
bug`larining o`tish yo`li uzayadi. Deflegmatorlar sifatida shisha munchoq yoki 
shisha halqachalar to`ldirilgan shisha kolonkadan foydalanish mumkin.
6 - rasm. Deflegmatorlar: a - sharikli: b - archasimon: v - nasadkali. 
Organik reaksiyalarning ko`pi qizdirilganda ko`pincha reagentlar 
qaynatilganda boradi. Shuning uchun aralashmadagi komponentlar bug`lanib 
chiqib ketmasligi uchun reaksion aralashma solingan idishga qaytarma sovutgich 
ulanadi. 
Laborotoriya 
praktikasida 
shisha 
sovutgich 
ishlatiladi. 
Bug` 
kondensasiyalanib, reaksion aralashmaga qaytib tushishi uchun sovutgich idishga 
qaytarma qilib ulanadi. Oddiy qaytarma sovutgich havo sovutgichi bo`lib, u oddiy 
uzun shisha naydan yasaladi. Bunday sovutgich qaynash temperaturasi 150
0
C dan 



yuqori bo`lgan moddalar bug`ini suyuqlikka aylantirish uchun ishlatiladi (7 - 
rasm). 
7 - rasm. Sovutgichlar: a - havo sovutgichi: b - Libih sovutgichi: v - 
qaytarma sovutgichi: g - ichki nayi spiral shakldagi sovutgich: d - Dimrot 
sovutgichi. 
Hozirgi vaqtda laboratoriyada ishlari uchun standart shlifli shisha 
idishlar ishlatiladi. Shlif asbobni germetik berkitib turadi. Shlifli asboblarda 
ishlanganda olingan moddalar probkalar bilan ishlaganda olingan moddalarga 
nisbatan ancha toza bo`ladi. Chunki shliflar temperatura va har hil reagentlar 
tasiriga chidamli. Shliflar bir necha hil: yassi, konussimon va shar shaklda bo`ladi. 
Ko`p idishlarning shliflari konussimon shaklda tayyorlanadi (8, 9 - rasm).

Yüklə 1,72 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin