8
Kimyoviy idishlar nihoyatda toza bo’lishi kerak, bu shartni
bajarmasdan turib ishlash mumkin emas. Shuning uchun idishni yuvish mukammal
o’rganish va uni tozaligiga to’la ishonch hosil qilish kerak.
Idish yuvish usulini tanlashda har bir holatda quyidagilar zarur:
1.
Idishni ifloslantirgan moddalarni bilish;
2.
Ifloslikni suvda (issiq va sovuq), ishqor,
har hil tuzlar va kislota
eritmalarida eruvchanligidan foydalanish;
3.
Oksidlovchilarning
xossalaridan foydalanish, ma’lum sharoitda
organik va noarganik ifloslanishni oksidlab, eruvchan birikmalarga
aylantirish;
4.
Yuvish vositasi sifatida sirt-faol xossasiga ega har qanday
moddalardan foydalanish mumkin (sovun yuvuvchi vositalar, yuvuvchi gilmoyalar
va x.k.)
5.
Idishni ifloslantiruvchi cho`kma barqaror bo`lsa undan tozalash uchun
mexanik usullarni qo`llash mumkin.
6.
Yuvish uchun arzon kimyoviy reaktivlardan
foydalanish maqsadga
muvofiq.
7.
Idishlarni yuvishda baxtsiz xodisalar kuzatilishiga yo’l qo’ymaslik va
texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilish kerak. Laboratoriyaning har bir xodimi
texnika xavfsizligi qoidalari bilan tanishgan bo’lishi shart.
Idish devorlaridan ifloslikni har xil usullar bilan yo’qotish mumkin;
mexanik, fizik, kimyoviy, fizik-kimyoviy yoki boshqa usullar.
Dostları ilə paylaş: