Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə12/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Eposlar mazmunida bayon etilishicha, xotin-qizlar turli sharoitlarda erkaklar bilan teng sharoitda faoliyat ko‘rsatganlar. Ular xo‘jalik ishlari bilan chegaralanib qolmay, urushlarda ham jasorat ko‘rsatganlar.
Demak, xalqimizning ta’lim-tarbiyaga oid qarashlari, xulq-atvoriga oid hislatlari eng qadimgi epik yodgorliklar – “Avesto”, “Shohnoma” kabi asarlar, mif va afsonalar orqali bizgacha yetib kelgan. Qadimgi ajdodlarimiz insonga xos jasurlik, adolat, sadoqat va insoniylik kabi hislatlarni qadrlaganlar. Bu hislatlar insonda o‘z-o‘zidan shakllanmagan. Tabiat va jamiyat hayotida ro‘y bergan o‘zgarishlar, ibtidoiy urug‘chilik davrida qaror topgan turmush tarzi insonda ana shunday hislatlarning shakllanishini taqozo etgan.
Devonu lug‘atit-turk” asarida qadimgi turkiy so‘zlarning arabcha izohli tarjimasi ham berilgan. Ushbu asarni qadimiy turkiy tilning izohli lug‘ati ham deyish mumkin. “Devonu lug‘atit-turk” 1928 yilda nemis olimi Brokelman tomonidan nemis tiliga tarjima qilingan. 1939 yilda esa Bosim Atalay uni usmonli turk tiliga tarjima qilgan va mazkur tarjima Anqarada chop etilgan. O‘zbekistonda asar Solih Muttalibov tomonidan tarjima qilinib, 1960-1963 yillarda uch jilddan iborat “Turkiy so‘zlar lug‘ati” nomi bilan nashr qilingan. 1967 yilda indeks lug‘at ko‘rsatkichi ham chop etilgan.
Aziz Qayumovning “Qadimiyat obidalari” nomli asaridagi pand-nasihatga oid o‘gitlar bilan sug‘orilgan she’riy parchalar tarjimasi mazmuni orqali ularda ilgari surilgan ma’rifiy g‘oyalar asosida o‘sha davrda olib borilgan tarbiya mazmuni haqida ma’lumotlarga ega bo‘lamiz.2 Asarning mohiyatini yoritishga xizmat qiluvchi manbalarning aksariyatida Mahmud Qoshg‘ariyning qo‘shiqlarni xalq orasidan yiqqanligi ta’kidlanadi. Aziz Qayumov esa bu she’r parchalarining asl nusxasida o‘sha davrda mavjud bo‘lgan badiiy ijodga nisbatan yuksak talabchanlik aniq sezilib turishi, she’rlarni yaratgan shoirlarning juda ma’lumotli ekani, chuqur bilim va nafis badiiy didga ega ekani xususidagi fikrlarni qayd etadi va pand-nasihatga oid qo‘shiqlarni alohida guruhga ajratib, ularni tarjima qilib, mazmunini tahlil etadi.
Devonu-lug‘atit-turk” asarida xalqning ta’lim-tarbiyaga oid tajribalari ifodalangan maqollar ham mavjud. Maqollarda ham qo‘shiqlardagi kabi do‘stlik, o‘zaro hamkorlik, mehnatga muhabbat, ilm olish va kasb-hunar egallashga nisbatan ishtiyoq va ehtiyoj, vatanparvarlik va qon-qardoshlik tuyg‘usiga ega bo‘lish, tejamkorlikning ahamiyati va isrofgarchilikning oldini olish, adolat va adolatsizlik, yaxshilik va yomonlikning oqibatlari, axloq-odob qoidalari, sihat-salomatlikni saqlashga oid o‘gitlar o‘z ifodasini topgan. Demak, inson xulq-atvorini mukammallashtirishga xizmat qiluvchi “Devon”dagi she’riy parcha va maqollar kishilar o‘rtasida ezgulikni targ‘ib qilib, insonning kamolga etishiga katta ta’sir etib kelgan.
Eramizdan avvalgi minginchi yillarning o‘rtalarida eng qadimgi ajdodlarimiz tomonidan qahramonlik mavzusida juda ko‘plab afsona va rivoyatlar yaratilgan bo‘lib, ular avloddan avlodga og‘zaki va yozma ravishda o‘tib borgan. Agar ushbu afsonalar zardushtiylik dinining muqaddas kitobi “Avesto” asari mundarijasidan o‘rin olmaganda edi, biz ular haqida hech qanday ma’lumotga ega bo‘lolmagan bo‘lardik. “Avesto” asari kim tomonidan yaratilgani borasida turli qarashlar mavjud bo‘lib, mashhur sharqshunos olim E.E. Bertelsning fikriga ko‘ra, ushbu asar 1278 yilda Rayd Zardusht ibn Bahrom ibn Pajdu degan kishi tomonidan yozilgan.
Mavjud manbalar, shuningdek, so‘nggi yillarda e’lon qilingan ma’lumotlarga ko‘ra zardushtiylik Sharq xalqlari sig‘ingan qadimgi dinlardan biri sanaladi. Mazkur dinning asoschisi Zardusht (Sariq to‘n egasi degan ma’noni anglatadi) bo‘lib, din ham uning nomi bilan atalgan.
“Avesto” asari eramizdan avvalgi VI asrning oxiri va VII asrning boshlarida yaratilgan bo‘lib, u uzoq davrlar mahsuli sanaladi, davrlar o‘tishi bilan qayta-qayta ishlanadi. Asarning to‘liq kitob holida shakllanishi eramizdan avvalgi birinchi asrga to‘g‘ri kelishi barcha manbalarda alohida qayd etiladi.
G‘arb, rus va o‘zbek olimlari mazkur asar mazmunini har tomonlama tahlil etishga harakat qilishgan. Zero, “Avesto” asarida inson shaxsining kamolotga erishishiga oid ma’rifiy fikrlar ma’lum bir tizimda ifoda etilgandir. Mazkur asar g‘oyalari orqali qadimgi davrlarda mamlakatimiz hududida yashagan xalqlarning tabiiy, ilmiy, ma’rifiy hamda ijtimoiy qarashlari borasida muhim ma’lumotlarga ega bo‘lamiz. «Avesto» diniy xarakterga ega bo‘lish bilan birga o‘zida falsafiy, siyosiy, filologik, ta’limiy va tarbiyaviy masalalarni ham qamrab olgan asardir.
Abu Rayxon Beruniy o‘zining “Qadimgi xalqlardan qolgan yodgorliklar” asarida zardushtiylik dini qadimgi Xuroson, Fors, Iroq va Balxdan tortib Suriya yerlarigacha tarqalganligini aytadi. Ozarbayjon olimi M. Rafiliy esa “Muxtasar Ozarbayjon adabiyoti tarixi” kitobida (1-jild, Baku, 1943, 2-3-betlar) “Avesto”ni faqat Ozarbayjon adabiyotining ma’naviy merosi deb e’tirof etadi. Tarixchi olim V.M.Avdievning fikriga ko‘ra, “Avesto” nomli qadimgi diniy to‘plamning dastlabki qismlari aynan O‘rta Osiyo hududida vujudga kelgan, deyish uchun barcha asoslar etarli. Zero, asarda keltirilgan ayrim rivoyatlar bu haqida dalolat beradi. Rivoyatlarda aytilishicha, zardushtiylik dinining birinchi “Muqaddas olovi” Xorazmda yoqilgan. “Avesto” asarida tasvirlangan “Ayriana Vayjo” mamlakati Xorazm bo‘lgan bo‘lishi mumkin. Bu mamlakatda Axura-Mazda Zardushtga ko‘rinish bergan. “Ayriana Vayjo” degan afsonaviy mamlakatning “Avesto” asarida saqlanib qolgan tasviri Xorazmning geografik sharoitlariga to‘la muvofiq keladi.
Zardusht eramizdan avvalgi VI asrda yashagan. Xorazmda yashagan chorvadorlar oilasi Spitama urug‘idan bo‘lgan. Otasi Paurushasp, onasi Dugdova ot va tuya boqish bilan shug‘ullanganlar. Zardusht ko‘p xudolikka sig‘inish hamda ko‘plab qurbonliklar qilinishi natijasida mollar qirilib ketayotganligi, shuningdek, turli qabilalar o‘rtasida nizolar kelib chiqayotganligini ko‘rib, uning oldini olish choralarini izlaydi va ana shu maqsadda o‘z ta’limotini targ‘ib qila boshlaydi. Lekin qabila boshliqlariga uning ta’limoti va unda ilgari surilgan g‘oyalar yoqmaydi. Zardusht xudodan kelgan vahiy orqali ko‘p xudolikka qarshi yakka xudolikni targ‘ib qila boshlaydi, kuchli hokimiyat o‘rnatib, er yuzida tinchlikni barqaror etish uchun kurashadi, yaxshilik va ezgulik xudosi Axura Mazdani himoya qiladi.
“Avesto”ning kitob holidagi matni eramizdan oldin o‘n ikki ming oshlangan mol terisiga oltin harflar bilan bitilgan. Bu nusxa Iskandar Makedonskiy istilosiga qadar Istahr shahrida saqlangan. Iskandar Istahrni bosib olgach, “Avesto” kitobida bayon etilgan tibbiyot, nujum, ilmi hikmat sohalariga oid g‘oyalarni yunon tiliga tarjima qilinib, qolgan fikrlar bitilgan sahifalar yoqib yuboriladi.
Zardushtning mazkur kitobi bizga qadar ikki nusxada etib kelgan. Mazkur nusxalarning birinchisi – duolar to‘plarnidan iborat bo‘lib, “Vendidat-sede”, ya’ni, “Pok Vendidat” deb ataladi. Ushbu kitobga “Yasna” va “Vispered”lar kiritilgan. Ikkinchi kitobda ham birinchisi kitobdagi kabi “Vendidat”, “Yasna” va “Vispered”lar o‘rin olib, unda sharhlar ham beriladi. Izohli tarjima “Zand” (sharh ma’nosida) deb ataladi. Shuning uchun ham asarning sharhli nusxasi “Avesto va Zand” yoki “Zand Avesto” deb nomlangan. Ikkinchi variantiga binoan “Avesto” asari quyidagi qismlardan tashkil topgan:
1. “Vendidat”. Mazkur qism 22 bobdan iborat bo‘lib, asosan, Axura Mazda bilan Zardushtning o‘rtasida kechgan savol-javobi shaklida yozilgan. U yomon ruhlarni, devlarni engish voqealari, gunohlardan pok bo‘lish qoidalari hamda mifologik unsurlarni o‘z ichiga oladi. Xarakterli jiqati so‘z yuritilayotgan qismda devlarga qarshi yaratilgan qonun matni, ya’ni, qonunnoma mazmuni yoritilgan. Qonunnomada aytilishicha, yomonlik timsoli bo‘lgan devlarga nisbatan nafrat bilan qarash darkor. Axura Mazda yurtda yaxshilik, xayrli ishlarni yuzaga keltirsa, Anlira Manu (Axriman) o‘z yurtida yomonlikni qaror toptiradi.
2. “Vispered”. U 24 bobdan iborat bo‘lib, ibodat qo‘shiqlarini o‘z ichiga oladi.
3. “Yasna”. Yasnalar 72 bobdan iborat. Diniy ibodatlarni o‘tkazish chog‘ida, shuningdek, qurbonlik chiqarish marosimida aytiladigan qo‘shiqlar, xudolarga bag‘ishlangan madhiyalar va boshqalar yasnalarni tashkil etgan. Ushbu qismning 17 bobi Gotlar deb yuritiladi. Gotlar “Avesto”ning eng qadimgi qismlari sanaladi.
4. Yashtlar. Yashtlar zardushtiylik dinining xudolari va ma’budalari sharafiga aytilgan 22 qo‘shiq (gimn)larni o‘z ichiga oladi.
5. Kichik Avesto (Xurda Avesto, Xvartak-apastak). Quyosh, Oy, Ardvisura, Mitra, olov va boshqa xudo hamda ma’budalar sharafiga bag‘ishlangan kichik ibodat (gimn) matnlaridan iborat.
“Avesto” asarida insonning barkamol bo‘lib etishishida uning so‘zi, fikri hamda ishi ezgu bo‘lishi va ezgulikning tantanasi uchun xizmat qilishiga katta e’tibor beriladi. Ushbu axloqiy uchlik g‘oyasi eng qadimgi davrlardan boshlab kishilik jamiyati taraqqiyotining keyingi bosqichlarida yaratilgan barcha ma’rifiy asarlar mazmunining shakllanishiga asos bo‘lgan. Zero, unda insonning inson sifatida ma’naviy va moddiy jihatdan kamol topishi uchun zarur bo‘lgan muayyan talablar o‘z ifodasini topib, hayot kodeksi sifatida nafaqat Sharq balki G‘arb xalqlarining ham muhim ma’naviy merosi bo‘lib qoldi. Asarda ifoda etilayotgan masalalarning ijtimoiy hayotning barcha jabhalarini qamrab olganligi Zardusht g‘oyalarining nazariy va amaliy ahamiyatini oshirib, uning qimmati bugungi kunda ham yuqori bo‘lishiga olib kelgan.
Turkiy xalqlarning yozma ma’rifiy yodgorliklari o‘ziga xos xususiyatga ega bo‘lib, pedagogika tarixi, xususan, yosh avlod tarbiyasida muhim ahamiyat kasb etadi. Bular “Urxun-Enisey yodgorliklari”, “Irq yozuvlari” (“Ta’birnoma”) kabi manbalar bo‘lib, ulardan yangi davr kishisini tarbiyalashda foydalanish muhim vazifalardan sanaladi. Eng qadimgi turkiy tilda yaratilgan va turk-rumiy yozuvida bitilgan Urxun-Enisey bitiklarini “Toshlarga bitilgan kitoblar” ham deb ataydilar. O‘ziga xos xat (yozuv)da bitilgan bu bitiklar eramizning VI-VII asrlarda yozib qoldirilgan. Toshlarga bitilgan mazkur yodgorliklar ta’lim-tarbiyaga oid qimmatli ma’lumotlarni beradi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin