Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə153/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Darslarni taxminan quyidagisha tahlil qilish mumkin:
- dars haqida umumiy ma’lumot: sinf, fen, mavzu, o‘qituvchi ma’lumoti va ish faoliyati; - darsning maqsad va vazifalari, tuzilishi, darsni rejalashtirilishi, vaqtdan foydalanish, sinfning sanitariya-gigiyena sharoiti;
- darsning mazmuni, berilayotgan materialning dasturga mosligi, ilmiyligi, bolalar yoshiga muvofiqligi, hayot bilan bog‘ liqligi, yangi pedagogik va axborot texnologiyalaridan foydalanish tartibi, mavzu mazmunining tarbiyaviy xarakteri;
- dars o‘tish usuli, yangi dars materialining o‘tgan mavzuga qanday bog‘lanishi, takrorlash va bolalar bilimini baholash, ko‘rsatmali materiallardan foydalanish, o‘quvchilaming mustaqil ishlari, uy vazifasining berilishi;
- o‘quvchilaming darsdagi diqqati, qiziqishi, faolligi, ishtiyoqi, intizomi; - o‘quvchining xulqi, o‘qituvchining o‘quvchilar bilan muomalasi, sinfhi boshqara olishi, nutq madaniyati, tashqi qiyofasi, shu sinf o‘quvchilari o‘rtasida uning obro‘si;
- darsning natijasi;
- darsning ijobiy va saibiy tomonlari.
Maktab direktori rahbarlik vazifasini bajarishda:
1. Ma'naviy-ma'rifiy, siyosiy yetuklik. davlat va ta'lim siyosatini to‘g‘ri tushunish va talqin qilishi;
2. Direktorlik lavozimiga zarur bo ‘Igan tajriba, bilim, ко ’nikma, malakaga ega bo ‘lishi;
3. Ta'lim tizimi va о ‘quv muassasasi o‘qituvchilari, xodimlari, о‘quvchilar faoliyatini oldindan seza bilishi, shunga qarab chora tadbirlami belgilashi;
4. Axloqli va tarbiyalanganligi obro‘-e'tibori, rostgo‘ylik, adolatlilik, kamtarlik, kamtarinlik, barcha kamchiliklarga murosasiz bo‘lishi;
5. So ‘zi bilan ishi birligi - ishchanlik va uddaburonlik;
6. Inson psixologiyasini bilishi - aniq bir maqsadga yo‘naltirilganlik, har tomonlama rivojlangan psixologik muhit o‘rnatishga intilishga erisha olishi;
7. Ta'lim muassasasining barcha rahbariyati - pedagogik xodimlaming vazifalarini to‘g‘ri taqsimlay olish ulaming natijalarini xolisona baholashi;
8. Ta'lim muassasalari pedagogik xodimlari va о ‘quvchilar bilan samimiy munosabatda bo ‘lish, mumkin qadar qulay sharoit yarata olishi;
9. O‘z mehnat faoliyatini to ‘g ‘ri tashkil eta olish, о‘quv tarbiyaviy jarayonini samarali bo‘lishiga imkoniyat yarata olishi;
l0.Pedagog - о 'qituvchilar; xodimlari, о 'quvchilaming sog ‘lom bo ‘lishlari, ishchanlik holatlarini saqlashi, ulaming kundalik ehtiyojlarini qondirishga bo‘Igan sharoitni yaratish, zarur mod diy hamda ma'naviy yordam berishning imkoniyatlarini tanlay bilishi zarur. Rahbarlik amal kursisi emas, kasbdir.
Direktorning raiibarlik tushunchasini quyidagicha ifodalash mumkin. Rahbarlik - bu: Yo‘naltirish - pedagogik va о‘quvchilar jamoasini milliy istiqlol mafkurasining asosiy g‘oyalari, tamoyillari asosida faoliyat ko‘rsatishga yo‘naltirish; Vazifa qo‘у ish - “Ta'lim to‘g‘risida”gi Qonun, shuningdek, shu kabi rasmiy hujjatlar asosida pedagog va o‘quvchilar jamoasi oldiga shaxs va jamoani tarbiyalash bo‘yicha vazifa qo‘yadi; 0‘rganish • Pedagogik jamoani ta’lim-tarbiya jarayonini samarali tashkil etish uchun aniq maqsad qo‘yish va kerakli metod, shakllari topishga o‘rganish; Yordam berish - jamoada mehnat faoliyati va ta'lim-tarbiya ishlarini tashkil etish va faollashtirishga yordam beradi; Qo‘llash - pedagogik va o‘quvchilar jamoasi, o‘qituvchi o‘quvchilar tashabbusini qoilab-quvvatlash va rag‘batlantirish; Maslahat berish - jamoaga o‘z imkoniyatlarini to‘liq ishlatishlari uchun kerakli amaliy uslubiy maslahatlar berish; Kuzatish - kattalar va bolalar jamoasining saviyasi, axloqiy va madaniy-ma'rifiy o‘sishini takomillashtirib borishini kuzatish va o‘rgatish; Tartibga solish - jamoaning ishga bo4gan va o‘zaro munosabatlarini, jamoa a'zol arming mehnat faoliyatlarini ijobiy salbiy tomonlarini tartibga solish; Ко'rsatma berish - jamoaga mehnat faoliyatlarini tashkil etishlariga kerakli ko‘rsatma berish; Nazorat qilish - pedagogik xodimlar va o‘quvchilar faoliyatlari natijalarini muntazam nazorat qilib berish.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin