Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə83/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Topshiriq va savollar.
1.«Mа’nаviyat», «ахlоq» tushunchаlаrining mоhiyatini tushuntiring.
2.Mа’nаviy-ахlоqiy tаrbiya nimа? Uning mоhiyati hаqidа so‘zlаb bеring.
3.Mа’nаviy-ахlоqiy tаrbiyaning vаzifаlаri nimаlаrdаn ibоrаt ekаnligini аyting.
4.Mа’nаviy-ахlоqiy tаrbiya mаzmuni nimаlаrni o‘z chigа оlаdi? Uning аsоsiy tаlаblаri nimаlаrdаn ibоrаt?
5.Mа’nаviy-ахlоqiy tаrbiya mеtоdlаrini sаnаb bеring.
6.«Zаkоvаt klubi», «Intеllеktuаl ring», «O‘ylа, izlа, tоp!» o‘yinlаridаn birining sеnаriysini tuzing vа ikki jаmоаgа bo‘linib, tаnlаngаn o‘yinni tаshkil eting.


7-MAVZU: TA’LIM JARAYONINING MOHIYATI
Reja:
1.“Didaktika” tushunchasining mohiyati.
2.Ta’lim jarayoni mohiyati
3.Ta’lim mazmuni.
4.Davlat ta’lim standartlari
Tayanch so‘z va iboralar:Pedagogik jarayon, pedagogik jarayon tamoyillari, mazmun, o‘qish, o‘qitish, tarbiyalash, pedagogik jarayonda ta’lim, pedagogik jarayonda tarbiya, tarbiyaning mazmuni. Metod, usul yo‘l, ikki yo‘l, ilhomlashtiruvchi so‘zlar, majbur etish, og‘zaki, ko‘rgazmali, amaliy, mustaqil, mantiqiy, nazorat va o‘z - o‘zini nazorat qilish, muammoli, dasturlash metodlari, Amaliy, mashq, laboratoriya, tajriba, frontal, guruhli, individual, muammoli o‘qitish, fikrlash, qidirishga o‘rgatish mustaqil. Bilim, ko‘nikma, malaka, baholash tizimi, reyting, joriy, oraliq, bosqichli, yakuniy nazorat, sifat mezonlari, davlat ta’lim standartlari va hk.
Didaktika haqida tushuncha. Insonning faoliyatida o‘qitish har doim juda muhim ahamiyatga ega bo‘lgan. Ta’lim tasodifiy, intuitiv xususiyatga ega bo‘lganda ham va asosan tasodifan axborotlarni berish hamda taqlid qilishdan iborat bo‘lganda ham shunday bo‘lgan; keyinchalik ham, ta’lim maqsadga muvofiq muntazam va rejalashtirilgan jarayonga aylanganda, maktab paydo bo‘lganida ham shunday bo‘lgan. Biroq uzoq vaqt davomida ta’limni nazariy tahlil qilish va o‘rganish ishlari olib borilmadi, shuning uchun o‘z nazariyasiga ega bo‘lmadi.
Faqatgina XVII asr bu sohada muhim o‘zgarishlar olib keldi. Aynan o‘sha paytda ta’lim alohida nom oldi va tarixda birinchi didaktik faoliyatning ilmiy asoslangan tizimiga asos solindi. Didaktika (ta’lim nazariyasi: yunoncha «didaktikos» “o‘rgatuvchi”, «didasko» esa – “o‘rganuvchi” ma’nosini bildiradi) ta’limning nazariy jihatlari (ta’lim jarayonining mohiyati, tamoyillari, qonuniyatlari, o‘qituvchi va o‘quvchi faoliyati mazmuni, ta’lim maqsadi, shakl, metod, vositalari, natijasi, ta’lim jarayonini takomillashtirish yo‘llari va hokazo muammolar)ni o‘rganuvchi fan. Bu tushunchani buyuk Chex pedagogi Yan Amos Komenskiy (1592-1670 yillar) “Buyuk didaktika” (1657 yil) nomli mashhur asarida tilga oladi.
Lekin Komenskiy “Didaktika bu faqat ta’limgina emas, balki tarbiyalash ham”, - deb ta’kidlaydi. Mazkur asarda olim ta’lim nazariyasining muhim masalalari: ta’lim mazmuni, ta’limning ko‘rgazmaliligi, ketma-ketligi kabi tamoyillari, sinf-dars tizimi borasida so‘z yuritadi.
Didaktikaning predmeti, funktsiyalari va vazifasi. Pedagogika fani ta’lim va tarbiya jarayoni, ularning yaxlitligi va birligi asosida o‘rganadi. Ikki faoliyatning har birining mohiyatini aniq bayon etish uchun didaktika (ta’lim nazariyasi) va tarbiya nazariyasini ajratib ko‘rsatadilar. Hozirgi davrda didaktika o‘qitishning mazmuni, metodlari va tashkiliy shakllarini ilmiy asoslab beruvchi pedagogika sohasi sifatida tushuniladi. Umumiy didaktikadan tashqari xususiy didaktikalar yoki alohida fanlar bo‘ycha ta’lim metodikasi deb ataluvchi didaktikalar ham mavjud.
Ularning mazmuni ta’limning ma’lum bosqichlarida u yoki bu fanlarni o‘rganish va ta’lim berishning nazariy asoslarini belgilaydi. Har bir o‘qituvchi didaktika asoslarini puxta bilishi va ularga tayangan holda faoliyatni tashkil etishi zarur. Didaktika predmetini aniqlash bo‘ycha turli qarashlar ilgari surilgan. Qarashlarning turlcha bo‘lishi didaktikaning metodologik kategoriyalarini aniq ajratilmaganligi bilan bog‘liq.
Ko‘pchilik olimlar ta’lim ob’ekti deb o‘qitish jarayonining maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari, metodlari va tamoyillarini ko‘rsatadilar. Didaktika ta’limni ijtimoiy tajribani berish vositasi sifatida e’tirof etadi. Ta’lim yordamida yoshlarni hayotga tayyorlash amalga oshiriladi. Ta’limiy faoliyatni tashkil etishda o‘qituvchi – o‘quvchi, o‘quvchi – o‘quv materiali, o‘quvchi – boshqa o‘quvchilar o‘rtasidagi munosabatlar yuzaga keladi. Pedagogik adabiyotlarda ulardan qaysi biri didaktika uchun asosiy ekanligini isoblash kerakligi borasida ham turli fikrlar keltiriladi hamda o‘quvchining o‘quv materialiga bo‘lgan munosabati, ya’ni, bilimlarni o‘rganish munosabatini asosiy deb e’tirof etuvchi qarashlar soni nisbatan ko‘p.
Darhaqiqat, o‘qish, o‘rganish ta’lim jarayonining ajralmas xususiyatidir. Ta’limga psixologik nuqtai nazaridan yondashilsa, ushbu munosabatning ustuvorligiga shubha qolmaydi. Biroq, ta’limga pedagogik, ya’ni, ijtimoiy tajribani berish, o‘rgatish nuqtai nazaridan qaralsa faoliyat uchun asosiy sanaluvchi munosabat – ikki shaxs (o‘quvchi va o‘qituvchi) o‘rtasidagi munosabatlar etakchi o‘rin egallashi lozim ekanligi anglanadi. Didaktika predmetini mohiyatini ochishga xizmat qiluvchi yana bir qarash ta’lim-tarbiya jarayonini yaxlit o‘rganish zarurligini ilgari suradi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   79   80   81   82   83   84   85   86   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin