Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumanitar fanlar kafedrasi


Ko‘nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan – bajariladigan harakatlar yig‘indisi. Malaka



Yüklə 2,91 Mb.
səhifə86/233
tarix28.11.2023
ölçüsü2,91 Mb.
#166985
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   233
Namangan davlat chet tillari instituti tillar va ijtimoiy gumani

Ko‘nikma – olingan bilimlarga asoslanib qo‘yilgan vazifalar va shartlarga binoan – bajariladigan harakatlar yig‘indisi.
Malaka – ongli xatti-harakatning avtomatlashtirilgan tarkibiy qismi.
Ta’lim – o‘quvchilarga nazariy bilimlarni berish asosida ularda amaliy ko‘nikma va malakalarni shakllantirish, ularning bilish qobiliyatlarini o‘stirish va dunyoqarashlarini tarbiyalashga yo‘naltirilgan jarayon.
Ta’lim metodlari – ta’lim jarayonida qo‘llanilib, uning samarasini ta’minlovchi usullar majmui.
Ta’lim mazmuni – shaxsning aqliy va jismoniy qobiliyatini har tomonlama rivojlantirish, dunyoqarashi, odobi, xulqi, ijtimoiy hayot va mehnatga tayyorlik darajasini shakllantirish jarayonining mohiyati;
Ta’lim vositalari – ta’lim samaradorligini ta’minlovchi ob’ektiv (darslik, o‘quv qo‘llanmalari, o‘quv qurollari, xarita, diagramma, plakat, rasm, chizma, dioproektor, magnitafon, videomagnitafon, uskuna, televizor, radio, kompyuter va boshqalar) va sub’ektiv (o‘qituvchining nutqi, namunasi, muayyan shaxs hayoti va faoliyatiga oid misollar va hokazolar) omillar.
Ta’lim jarayoni – o‘qituvchi va o‘quvchilar o‘rtasida tashkil etiluvchi hamda ilmiy bilimlarni o‘zlashtirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon.
Ta’lim mazmuni – davlat ta’lim standartlari asosida belgilab berilganliamda ma’lum sharoitda muayyan fanlar bo‘ycha o‘zlashtirilishi nazarda tutilgan ilmiy bilimlar mohiyati.
Ta’lim maqsadi (o‘qish, bilim olish maqsadi – ta’limning aniq yo‘nalishini belgilab beruvchi etakchi g‘oya.
Ta’lim natijasi (ta’lim mahsuli) – ta’lim yakunining mohiyatini qayd etuvchi tushuncha; o‘quv jarayonining oqibati; belgilangan maqsadni amalga oshirish darajasi;
Ta’limni oshqarish – ta’lim muassasalarining faoliyatini yo‘lga qo‘yish, boshqarish, nazorat qilish hamda istiqbollarini belgilash.
Ta’lim tizimi – yosh avlodga ta’lim-tarbiya berish yo‘lida davlat tamoyillari asosida faoliyat yuritayotgan barcha turdagi o‘quv-tarbiya muassasalari majmui. Didaktik nazariya (kontseptsiya)lar va ularning falsafiy asoslari. Ta’lim jarayoni psixologik-pedagogik kontseptsiyalar (ular aksariyat hollarda didaktik tizimlar ham deb ataladi) asosida tashkil etiladi.

Yüklə 2,91 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   ...   233




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin