Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə42/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
BIOTSENOZ 
 
 
 
 
 
 
 
ABIOTIK MUXIT 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
EKOTIZIM VA UNING TARKIBI 
 
Yashash sharoiti o’xshash va o’zaro munosabati natijasida bir-biriga ta’sir 
ko’rsatuvchi har xil turga mansub bo’lgan birgalikda yashovchi organizmlar 
yig’indisiga ekologik tizim deyiladi. O’rmon, cho’l, o’tloq, suv havzasi va 
boshqalar ekotizimga misol bo’la oladi. Ma’lumki, har xil turdagi organizmlar bir-
birlariga va tevarak-atrofdagi jonsiz tabiatga har tomonlama moslashgan; bunday 
uzviy bog’lanishlar biotsenozlarni tashkil etadi. Biotsenoz-biogeotsenozning bir 
qismidir. ekotizim tushunchasi fanga 1935 yili ingliz ekologi A.Tensli tomonidan 
kiritilgan. 
Ekotizimda moddalar aylanishini ta’minlash uchun ma’lum miqdorda kerak 
bo’ladigan anorganik moddalar zahirasi bajarayotgan ishi jihatidan uch xil 
ekologik guruhni tashkil etuvchi organizmlar bo’lishi zarur. Birinchi guruhga 
yashil o’simliklar kiradi. Ular quruqlikdagi har qanday biotsenozning asosiy tarkibi 
va energiya manbai sifatida xizmat qiladi. Bunday avtotrof organizmlar 
Biogeosenoz
Yorug’-
lik 
Harorat
Namlik
Tuproq
Tog’ 
jinslari 
Havo
Yashil o’zsimliklar 
ko’mpleksi 
(produtsentlar) 
Mikroorganizmlar 
ko’mpleksi 
(redutsentlar) 
Hayvon organizmlari 
ko’mpleksi 
(konsumentlar) 


78 
produtsentlar deb ataladi. Produtsentlar – assimilyatsiya jarayonida to’plangan 
energiyasini boshqa organizmlarga beruvchilardir. 
Fotosintez qiluvchi organizmlar quyosh energiyasi ishtirokida organik 
moddalarni sintez qilib, yorug’lik energiyasini bog’langan kimyoviy energiyasi 
sifatida g’amlaydi. 
Suv havzalaridagi ekotizimlarda, ya’ni dengiz, okeanlar va ko’llar yuqori 
qatlamlarida yashovchi fitoplanktonlar (mayda bir xujayrali organizmlar va suv 
o’tlari) produtsentlar sifatida faollik ko’rsatadi. 
Quruklikda katta o’rmonlar va yaylovlarni tashkil etuvchi yuksak o’simliklar 
ochiq urug’lilar va gulli o’simliklar dastlabki organik modda to’plashda katta o’rin 
egallaydi. 
Ikkinchi guruhga hayvonlar kiradi. Ular o’simliklar tomonidan to’plangan 
organik moddani iste’mol qiluvchilar hisoblanadi va konsumentlar deb ataladi. 
O’simlik qoldig’i va hayvon jasadi o’zida energiya saqlaydi. Nobud bo’lgan 
o’simlik va hayvonlardagi organik modda mikroorganizmlar, ya’ni saprofit holda 
yashovchi bakteriyalar va zamburug’lar ta’sirida parchalanadi. Bunday 
organizmlar redutsentlar deb ataladi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   38   39   40   41   42   43   44   45   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin