Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə43/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
EKOTIZIMDA ENERGIYA OQIMI 
 
Ekotizimlardagi organizmlarning hayot faoliyati va moddalarning aylanishi 
uchun energiya talab etiladi. Yashil o’simliklar hayot uchun zarur bo’lgan 
kimyoviy moddalarni olib, fotosintez jarayonida organik birikmalar to’playdi va 
Quyosh energiyasi kimyoviy energiyaga aylanadi. Ular hayvonlarga ozuqa 
beradigan tirik moddaning asosiy qismini tashkil etadi. Havo tarkibidagi kislorod 
va karbonat angidrid gazlarining miqdorini tiklaydi va suvning aylanish jarayonida 
qatnashadi. O’simlik chirindilari tuproqda fosfor, kaliy, kalьtsiy, marganets kabi 
elementlarning bir me’yorda tarqalishiga yordam beradi. Bunday organizmlar 
avtotroflar deb ataladi. O’simliklar va boshqa jonivorlar bilan oziqlanib yashovchi 
getertroflar esa oziqlanish jarayonida organik moddalarni karbonat angidrid, suv va 
mineral tuzlarga aylantiradi. Ular organik moddalarni o’simlik takror foydalanishi 
uchun yaroqli bo’lgan darajagacha parchalaydi. SHunday qilib, biogen moddalar 
tabiatda uzluksiz aylanib turadi. 
Organizmlar 
Quyosh 
energiyasini 
kimyoviy, 
mexanik 
va 
issiqlik 
energiyalariga aylantiradi. Bunda boradigan hammma o’zgarishlar energiyani 
yo’qotish bilan bog’liq bo’lib, u oxirgi issiqlikka aylanib tarqalib ketadi. 
4. EKOTIZIMDA MAHSULDORLIK 
 
Jamoaning hayot faoliyati natijasida organik moddalar to’planadi va sarf 
bo’lib turadi. Demak, har bir ekotizim ma’lum darajada mahsuldorlikka ega. 
Ekotizimning asosiy yoki birlamchi mahsuldorligi yashil o’simliklar 
tomonidan fotosintez jarayoni natijasida vaqt birligida to’plangan mahsulot 
hisoblanadi. Masalan, fotosintez natijasida o’rmondagi o’simliklar 1 ga maydonda 
5 t organik modda hosil qilsa, bu umumiy yoki yalpi birlamchi mahsuldorlik deb 


79 
qaraladi. Ammo o’simlikning hayoti uchun ham hosil bo’lgan moddalar sarf 
bo’ladi. 
Ekotizimda to’plangan barcha mahsulot (nafas olishga sarf bo’lgandan 
tashqari) jamoaning haqiqiy birlamchi mahsuldorligini tashkil etadi. Haqiqiy 
birlamchi mahsuldorlikni hosil qiluvchi organik moddalar geterotrof organizmlar 
uchun o’zlashtirilishi mumkin. Konsumentlar ham haqiqiy birlamchi mahsulot 
hisobiga organik modda to’playdi. Ular hosil qilgan mahsuldorlik ikkilamchi 
hisoblanadi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   39   40   41   42   43   44   45   46   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin