Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə46/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
Suvning ay lanishi 
Agarda siz suv tomchisini quyosh tushib turgan tomonda oyna ustiga 
qo’ysangiz, suv parlanadi. Parlanish shunday ro’y beradiki, bunda suv bug’ga 
aylanadi va gaz shaklida atmosferaga chiqadi. Suv ko’llar, jilg’alar, hovuzlar va 
okeanlarning yuza qismidan parlanadi. SHuningdek, suv bug’i atmosferaga 
transpiratsiya jarayonida o’simlik barglaridan ham ko’tariladi. Hayvonlar suv 
bug’ini havoga yugurib kelganda yoki harakat qilganda ko’proq chiqaradi. Suv 
hayvonlarning chiqindilaridan ham atrofmuhitga qaytadi. 
Yeryuzidagi tirik organizmlar tarqalgan, ularning doimiy ta’siri ostida 
bo‘lgan va faoliyati mahsulotlari egallagan qobiq biosfera (yunoncha “bios” – 
hayot, “sfera” – shar) deb ataladi. Biosferaning ikkinchi tarkibiy qismi o‘lik 
moddalar (iqlim, atmosfera, tog‘ jinslari va boshqalar) hisoblanib, ularning hosil 
bo‘lishida tirik organizmlar qatnashmaydigan biosferadagi moddalar yig‘indisi 
kiradi. Biosferada oraliq moddalar ham ajratilib, ular o‘lik va tirik moddalarning 
birgalikdagi faoliyatidan hosil bo‘ladi. Tirik organizmlar oraliq moddalar hosil 
bo‘lishida yetakchio‘rinni egallaydi. Oraliq moddalar - Yerdagi tirik moddaning 
faoliyati bilan bog‘liq bo‘lgan tuproq, yemirilgan tog‘ jinslari va barcha tabiiy 
suvlardir. Bulardan tashqari, biogen moddalar ham mavjud. Ular tirik 
organizmlarning hayoti davomida hosil bo‘ladi va o‘zgarishlarga uchraydi.
Ularga nihoyatda katta potensial energiyaga ega bo‘lgan toshko‘mir, bitum, neft, 
ohaktosh va boshqalar kiradi (1-rasm).
 
Biosfera ko’rinishi (1-rasm) 


82 
 
Seksiya 2. TABIATDAGI AYLANMA HARAKATLAR 
 
Biosferada moddalar aylanishiBiosferada kichik va katta doiradagi
moddalar aylanishixarakterlanadi. Kichik doiradagi moddalar aylanma harakati 
biologic doiradagi aylanish bo‘lib, bu organizmlar o‘rtasida, quruqlikda tuproq 
bilan organizm o‘rtasida, suvda esa organizm bilan suv o‘rtasida kechadi. Katta 
doiradagi moddalarning aylanishi quruqlikdan moddalarning daryo va havo 
oqimlari bilan okeanga kelib tushishidan iborat bo‘lib, dengiz yotqiziqlarining 
quruqlikka qayta chiqishi esa okean tubining ko‘tarilishi va uning natijasida 
quruqlik ayrim joylarining cho‘kishi bilan sodir bo‘ladi.
Suvning aylanishi. Biosferada suv bir holatdan ikkinchi holatga o‘tib, kichik 
va katta aylanish doiralarini hosil qiladi. Suvning bug‘lanib, kondensatsiyalanib 
yog‘ingarchilik vositasida yerga qaytib tushishi suvning kichik doirada aylanishini 
tashkil etadi. Bu aylanishning turi ko‘pincha okeanlar yuzasida sodir bo‘ladi.Suv 
bug‘lari havo yo‘nalishi bilan quruq mintaqaga borishi va qaytib okeanlarga borib 
tushishi suvning katta doirada aylanishini tashkil etadi. Suvning juda sekin 
aylanishishimoliy muz okeanlarida sodir bo‘ladi (2-3-rasmlar)
13


Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   42   43   44   45   46   47   48   49   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin