Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə47/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
Atmosferada suv bug’i (2-rasm) 
1
Peter Rillero, Dinah Zike Ecology, 2005 ( 44- 49- betlar). 


83 
Suvning aylanishi (3-rasm) 
Uglerodning aylanishi
. Uglerodning aylanishi eng tez sodir bo‘ladigan 
biogeokimyoviy jarayon hisoblanadi. Uglerod almashinuvi ko‘proq CO2 orqali 
bo‘ladi. 
Havoda 
karbonat 
angidrid 
gazi 
0,03% 
bo‘ladi. 
CO2
o‘simlikkao‘zlashtirilib, fotosintez mahsuldorligini hosil qiladi. O‘simlik va
hayvon qoldiqlaridagi organik moddalarningparchalanishi karbonat
angidridning manbaidir. Masaan, organikmoddalarning parchalanishi natijasida 
hayvon siydigida ham karbonatangidrid ajralib chiqadi. Okean bilan atmosfera
o‘rtasida shamol va havoning harakati tufayli karbonat angidridning almashinishi 
kuzatiladi. Dunyo bo‘yicha, jami quruqlikdagi o‘simliklar tomonidan bir yilda 600 
mln. tonna CO2 o‘zlashtirilib, 400 mln. tonna O2 chiqariladi va bunda 450 mln. 


84 
tonna organik moddalar hosil bo‘ladi. Yeryuzida barcha CO2ning bir marta to‘liq 
aylanishi 300 yilda sodir bo‘ladi. 
Kislorodning aylanishi
. Kislorodning aylanishi juda ham murakkab jarayon. 
Kislorod fotosintez jarayonlarida hosil bo‘ladi. Bunda karbonat angidrid va 
suvning quyosh nuri ta’sirida reaktsiyaga kirishib, organik modda, kislorod va suv 
bug‘i hosil bo‘ladi. Kislorodnito‘la bir marta aylanishiga 2000 yil kerak. 
Kislorodning asosiy manbai azon (O3) hisoblanadi. 
Azotning aylanishi.
Atmosferaning 78 % ini azot tashkil etadi. Azot inert 
gazidan iborat bo‘lganligi sababli, uni birikma holda havoda uchratish qiyin. Tirik 
organizmlarda azot aminokislotalar va oqsilning muhim komponenti hisoblanadi. 
Havodagi erkin azot azotobakteriyalar vositasida o‘zlashtiriladi va birikma holda 
ajratib chiqariladi. Bakteriyalar faoliyati natijasida 1 ga maydonda 2-3 kg dan 5-6 
kg gacha azot birikma holga o‘tkaziladi. Erkin yashovchi azot o‘zlashtiruvchilar 
vositasida har gektar yerga bir yilda 10 kg azot o‘zlashtiriladi, dukkakli ekinlar 
vositasida esa 400 kg/ga o‘zlashtiriladi (4-rasm). 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin