23
NOTIRIK ATROF MUHIT
Abiotik omillar
Odatda tabiiy va sun’iy muhitlar ajratiladi.
Tabiiiy muhitni suv, quyosh,
shamol, havo, yer, o’simlik va hayvonot dunyosi kabi tabiiy omillar
majmui tashkil
etadi. Sun’iy muhit inson tomonidan yaratilgan bo’lib,
bunda insonning mehnat
mahsuli yotadi. Tabiiy va sun’iy muhitlar bir-biri bilan chambarchas bog’liq.
Ularning bog’liqligini ekologik muhit tushunchasi ifodalaydi.Tirik
organizmlar,
oziqlanishi va yashashi uchun ishonchli himoyalangan yashash muhitini qidiradi.
Chigirtka, kapalak va shu kabi boshqa hasharotlar oziq ovqatini va yashashi uchun
inlarini qurishda o`simliklardan foydalanadi. Hashoratlardir o`z navbatida ko`p
qushlarning ozuqasi hisoblanadi. Nobud bo`lgan o`simlik
va hayvonlar tuproq
uchun manba hisoblanadi. Biotik omillar – tirik organizmlarning o’zaro ta’sir
etishining barcha ko’rinishlari (masalan, o’simliklarning
hasharotlari yordamida
changlanishi, raqobat, bir organizm tomonidan ikkinchisini iste’mol qilish,
parazitlik) va ularning tashqi muhitga ta’siridan iborat. Biotik o’zaro
aloqa
munosabatlar murakkab va o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lib,
bevosita va
bilvosita bo’lishi mumkin. Biotik omillar atrof muhitning asoslisidir. Juda ko`p
osimliklar va hayvonlarning o`sishi va yashashi
uchun iqlim omillari katta
ahamiyatga ega (6-7-rasmlar).