11
ular tahlil qilinadi. Ma’lumot to’plashda kutubxona
fondi materiallarini tahlil
qilish, soha haqidagi bilimlarni yig’ib chiqish, labarotoriya va dalada test ishlarini
olib borish kerak.
Yangi yo’nalishga o’tishdan avval soha haqida ma’lum bo’lgan barcha
ma’lumotlarni to’plash juda muhim sanaladi. Ishni o’zingiz
nimani bilishingiz
kerak ekanligi haqidagi savoldan boshlang. So’ngra turli xil manbalardan
yig’ilgan ma’lumotlarni tekshiring.
Adabiyotlar, entsiklopediya,
hukumat
hujjatlari, kasbiy jurnallar, ilmiy maqolalar va
internet kabi manbalardan
foydalanish mumkin ( M.Begon va boshqalar, 2006. 154-bet).
Bazida olimlar o’zlari to’plamagan yoki boshqalar tomonidan to’plangan
ma’lumotlardan foydalanadilar. Barcha to’plangan ma’lumotlar ham ishonarli
emas. Siz barcha ma’lumot manbalarini o’rganishingiz va ma’lumotlarni
ilmiy
jihatdan to’g’ri, ishonchli ekanligini tekshirib ko’rib foydalanishingiz kerak.
SHunda bu ma’lumotlar siz kutgan natijaga erishishingizda samarali natija beradi (
M.Begon va boshqalar, 2006. 174-bet)
3
.
Dostları ilə paylaş: