Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

Nazorot savollari: 
 
1. Ekologiya mustaqil fan sifatida qachon vujudga keldi? 
2. О‘rta Osiyo allomalarining ekologiya faniga qо‘shgan hissasini sо‘zlab
bering. 
3. О‘zbekistonda ekologiya yо‘nalishidagi ilmiy ishlarning asoschilari 
kimlar?
4. Ekologiya fanining rivojlanishida О‘zbekiston olimlari tomonidan olib 
borgan ilmiy-tadqiqot ishlar haqida tо‘xtaling. 
 
 
3
Begon and others. Ecology. UK. 2006. B. 10-12; 154;174. 


12 
2-MAVZU: TABIAT VA JAMIAT ORASIDAGI MUNOSABATLAR. 
ITI ni ATROF MUHITGA TA’SIRI 
 
REJA: 
 
1.
Insonga tabiatni ta’sir etish yo’nalishlari 
2.
Insonning tabiatga ta’siri 
3.
Ekologik inqirozlar 
4.
Tabiatni muhofaza qilishni shakllari va aspektlari 
Tayanch so’zlar: 
inqilob, ixtiro, iqtisodiyot, yer sayyorasi, aholi o’sishi, 
qishloq xo’jaligi, dehqonchilik, planetalar. 
 
Evropaliklar Amerika atroflariga ko’chib kelganlarida, ular ko’rgan narsa shu 
bo’ldiki, tabiatga umuman ziyon yetkazilmagan manzara edi. SHundan keyin 
tuproqqa ishlov berish va dehqonchilik orqasidan sekin asta yerlar eroziyaga 
uchraydi. Ba’zi yovvoyi tabiatdagi turlar xavf ostida qoldi, ba’zilari esa umuman 
yo’qolib ketdi. Yangi texnologiya atrof muhitga kuchli ta’sir ko’rsatdi. Bug’ va 
dizel mashinalari, kommertsion neftь qazib olish, ko’mirni kuydirish, sanoat 
rivojlanishi chiqindilarni chiqishi va atrof muhitni ifloslanishiga olib keldi. 
Amerikada bu muammolarni oldini olish uchun 1970 yillarda “Atrof muhitni 
muhofaza qilish Agentligi” tashkil etildi va bu tashkilot atrof muhitni muhofaza 
qilishni maqsad qilgan edi. Oyna, qog’oz, platik, shisha va metallarni ikkilamchi 
qayta ishlash yo’lga qo’yildi.
Bizning quyosh tizimimizda Yer sayyorasi yetarli energiyani quyoshdan oladi 
va bu undagi hayot uchun zarur bo’lgan harorat bilan to'g'ri taminlashga yordam 
beradi. Merkuriy Quyoshga eng yaqin sayyora ekanligi sababli kun bo'yi yuqori 
harorat kuzatiladi. Tunda esa haroratning juda past bo'lishi hayotni taminlab 
bermaydi. Venera quyoshga yaqinligi jihatdan ikkinchi sayyoradir va uning 
harorati yuqori bo’lib, qalin karbonat oksidi gazidan iborat. Bu esa u yerda yashash 
uchun noqulaylik tug'diradi. Mars to’rtinchi sayyora yerga nisbatan ancha sovuq 
chunki u quyoshdan ancha uzoq va atmosfera qobig’i juda siyrak. Bu yerda 
mikroskopikhayot bo'lishi mumkin, lekin hanuzgacha noma’lum. Marsdan keyingi 
sayyoralarga yetarlicha quyosh nuri va issiqlik yetib bormaydi, shu sabab hayot 
uchun to’la sharoit ta’minlanmaydi. 
Antropogen omillar hozirgi vaqtda tabiatdagi eng kuchli omillardan biri bo`lib 
hisoblanadi. Inson tirik organizmlarga to`g`ridan-to`g`ri ta`sir etib yoki yashash 
sharoitini o`zgartirib, uning tarqalishiga yoki qirilib yo`q bo`lishiga sababchi 
bo`lishi mumkin. Inson tabiatga ko`rsatadigankuchli ta`siri orqali abiotik va biotik 
sharoitlarni o`zgartiradi.Inson million yil davomida tarkib topgan tirik dunyo 
manzarasini bir necha o`n yilda o`zgartirib yubordi.Uning tirik organizmlariga 
salbiy ta`siri natijasida Er yuzida ko`plab o`simlik va hayvon turlari yo`qolib ketdi.
Ovchilik bilan shug`ullanish dastlab ozuqaga talabni qondirish maqsadida 


13 
olib borilgan bo’lsa, keyinchalik kiyim-kechak va har xil qimmatli materiallar 
olish uchun avj olib ketdi. Masalan: Mahalliy Amerikaliklar bizonlarni o`ldirib 
ularni terisidan kiyimlar, suv solish uchun idishlar, suyaklaridan kerakli asbob-
uskunalar tayyorlangan. Insonning ongli yoki ongsiz ravishda o`simlik va 
hayvon turlarini Er sharining bir joyidan ikkinchi joyiga olib borishi ba`zan 
flora va fauna tarkibini birmuncha o`zgartirib yubordi. Inson tamonidan 
o`simlik va hayvonlarning yashash sharoitlari o`zgartirildi. Natijada muayyan 
joyda yashayotgan o`simlik va hayvonlar jamoalari yo`q bo`lib yoki ylarning 
sharoiti keskan o`zgaririb ketdi. 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin