Namangan davlat pedagogika instituti kamolov baxtiyor xasanboyevich ekologiya va tabiatni muhofaza qilish



Yüklə 3,54 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə87/90
tarix04.10.2023
ölçüsü3,54 Mb.
#152039
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90
Ekologiya va TMQ fanidan (ma\'ruza matn)

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
Nazorat savollari: 
Esda tuting! 
Fauna lotincha “fauna” - о‘rmon va dalalar xudosi, 
hayvonlar tо‘dasining himoyachisi (hayvonot olami).
 
Bilib qо‘ygan yaxshi! 
Toshkent hayvonot bog‘i 1920 yilda tashkil etilgan. 
Hayvonot bog‘i kattalar va bolalar uchun sevimli dam olish 
maskani bо‘libgina qolmay, balki u kishilarning hayvonot 
olami haqidagi bilimlarini kengaytirishga xizmat qiladi 
hamda О‘zbekiston “Qizil kitobi” ga kiritilgan noyob va 
yо‘qolib borayotgan turlar bilan ham tanishtiradi. 


150 
Nazorat savollari: 
1. Hayvonot dunyosining qanday ahamiyati bor? 
2. О‘zbekiston hayvonot olamida qancha tur hayvonlar bor? 
3. О‘zbekistonda hayvonot olamini muhofaza qilish borasida qanday ishlar 
olib borilmoqda? 
4. О‘zbekiston hayvonot olamida qanday turlar yо‘qolib ketgan? 
 
 
15-MAVZU: TABIATNI MUHOFAZA QILISHNI TA’LIM VA 
TARBIYAVIY XUSUSIYATLARI 
 
Reja 
1. Respublikada uzluksiz ekologik ta’lim 
2. Ekologik ta’lim tarbiya va uning bosqichlari
 
 
Tayanch so’zlar:
ekologiya, qadriyat, bog’cha, o’rta ta’lim maktablari, 
mahalla, kasb-hunar kollejlari, oily ta’lim, qayta tayyorlash, ekologik holat, 
ekologik madaniyat. 
 
 
Ekologik ta’lim-tarbiya 
 
Ekologik ta’lim
o’sib kelayotgan yosh avlodni umuman yer yuzi aholisini 
barqaror rivojlanishiga o’tishda eng muhim shart-sharoitlardan biri bo’lib 
hisoblanadi. 
Ekologik ta’limning mazmunini quyidagilar tashkil etishi mumkin: 
1. Dunyoni hozirgi ekologik xolat asosida unga munosabat bildirish. 
2. Tabiatda barcha jonsiz va jonli tarkibini birlikda ekanligini fikrlay olish. 
3. Atrof-muhitga munosabat va o’zini anglab etish. Tabiatni tarkibiy qismi 
ekanligini tushunish. 
4. Tabiatga nisbatan qadriyatlarni hurmat qilish. 
5. Tirik organizmlarni har xil darajada o’rganish va izchillik metodini 
qo’llash. 
6. Tirik organizmlar tizimi bir butunligini va o’zaro ekologik bog’lanishlarda 
ekanligi (moddalar aylanishi, energiya va axborot almashinuvlari). 
7. Tabiiy jarayonlar va hodisalarning antropotsentrikdan biotsentrikga, hamda 
politsentrik usulni qo’llash. 
8. Tabiat va jamiatdagi o’zaro birlik va qarama-qarshiliklarni anglash. 
9. Ekologik tanglik, madaniyatning tangligi ekanligini anglash. 
10. Ekologik madaniyat insonning umumiy madaniyatining tarkibiy qismi 
ekanligini anglash. 
11. O’z faoliyatida ekologik va ahloqiy normalarni to’g’ri keladigan usullarini 
anglash. 


151 
12. O’zi va boshqalar sog’lig’i uchun, atrof-muhit xolatiga nisbatan ekologik 
javobgarlikni tarbiyalash. 
13. Insoniyatning barqaror rivojlanish kontseptsiyasini, tabiat bilan 
jamiyatning koevolyutsiyasi ekanligini tushunib etish. 
14. Tabiat bilan jamiyatni uyg’unlashtirish, ijtimoiy zaruriy muammo 
ekanligini tushunish. 
Ekologik tarbiyani farzand tug’ilgan kundan boshlamoq, vujudimizni 
quvvatlantirmoq, 
fikrimizni 
nurlantirmoq, 
ahloqimizni 
go’zallashtirmoq, 
zehnimizni ravshanlantirmoq demakdir. Ekologik tarbiyani kim va qanday olib 
boradi? – degan savol paydo bo’ladi. 
Birinchi
– tarbiya ota-ona zimmasidadir. 
Ikkinchi
– bog’cha, maktab, oliy va o’rta maxsus kasb hunar kollejlari hamda 
oliy o’quv yurtlari mahallalarda amalga oshadi. 
Bola tarbibiyasida u yashab turgan sharoit, muhit kishilarning faoliyati katta 
o’rin tutadi va bu sohada oila, maktab sharoiti ham katta e’tiborga molikdir. 
Ekologik tarbiya ham tarbiyaning, asosiy qismi bo’lib, bolaning ahloqiga, 
hulq-atvoriga kuchli ta’sir qiladi va ota-onalarni ularni murg’aklikdan boshlab 
tarbiya qilishga chaqiradi. Ekologik ta’lim-tarbiya va umumiy tarbiya bir-biri bilan 
bog’liq bir butun jarayondir. 
Har qanday tarbiya asosan oila sharoitida kechadi. O’zbek oilalarida “harom-
halol”, “uvol”, “gunoh-savob” kabi tushunchalar ko’proq ekologik vaziyat 
(masalan: nonning oyoq ostiga tushushini, suvning iflos qilinishi, jonivorlarga 
shavqatsiz munosabatda bo’lish, dov-daraxtlarni sindirish va boshqalar) yuzaga 
kelganda qo’llaniladi. Bolalar hali bu so’zlarning mohiyatini to’liq 
tushunmasalarda, ularga milliy ekologik hulq-atvor kurtaklari shakllanadi. 
Insonni tabiat bilan uyg’unlikka da’vat hadislarda ham o’z aksini topgan. 
Xalqimiz qadimdan badanning quvvati ovqat, aqlning quvvati-hikmatli 
so’zdir, deb uqtirib kelgan. Hadislar ana shunday hikmatli so’zlar, donishmandlik 
durdonalari hisoblanadi. Hadis ilmi bilan shug’ullangan mashhur allomalar Abu 
Abdulloh Muhammad ibn Ismoil Buxoriy, Abu Iso Muhammad ibn Iso at-
Termiziy, Abu Muhammad Abdulloh ibn Abu ar-Rahmon ad Daramiy as-
Samarqandiylar O’rta Osiyolik bo’lib, hadis ilmining asrdan-asrga saqlanib 
borishiga munosib hissa qo’shgan buyuk tarixiy shaxslardir. 
Hadis bandlari ekologik ta’lim va tarbiyani singdirishga katta yordam beradi. 
Ularda ayrim o’simlik va hayvonlarning xosiyatlari, ozuqa zanjirida tutgan o’rni, 
shuningdek, inson xo’jalik faoliyatida ahamiyati kabi tomonlari bayon etilgandir. 
Hadislarning ayrim bandlari insonni tabiat boyliklarini tejab-tergash va uni 
muhofaza qilishga o’rgatadi. CHunonchi, qo’y boq, zero ayni barakadur deyiladi. 
Bu erda foydali hayvonlarning populyatsiyasini ko’paytirish va undan turli 
maqsadlarda foydalanish mumkinligi e’tiborga olingan. 
Shuningdek, boshqa hadislrada ham qo’y, tuya va otlarning insonlarga 
tegadigan nafi va ularni boqib ko’paytirish kishilar uchun faqat yaxshilik keltirishi 
haqida, ozuqa zanjirida II va III tartiblarni egallagan o’laksaxo’r hayvonlar go’shti 
harom ekanligi, ovchilar uchun ko’z oldida otilgan hayvonni eyish mumkinligi, 


152 
aksincha o’lgan holdagisini eyish inson salomatligiga salbiy ta’sir etishi 
mumkinligi haqida fikr yuritiladi. 
Hadislardan namunalar: (ovoz bilan).
Qo’y boq, zero ayni barakadur. 
Dehqonchilik bilan shug’ullaninglar. Dehqonchilik muborak kasbdir. Unga 
qo’riqchilarni ko’paytiringlar. 
Kishilarga soya beruvchi daraxtni kesgan kishi boshi bilan do’zaxga 
tashlanadi. 
Qaysi bir musulmon ekin eksa yoki biror daraxt o’tqazsa, so’ng uning 
mevasidan qush yoki hayvon esa, uning ekkanidan eyilgan narsaning har biridan 
unga sadaqa savobi yoziladi. 
Kim suv toshqinini to’xtatsa yoki yong’inni o’chirsa, unga shahidlik ajri 
beriladi. 
Maktablarda, oliy o’quv yurtlarida, sanoat, ishlab chiqarish korxonalarida, 
shuningdek, jamoa xo’jaliklarida, Madaniyat uylarida, qiroatxonalarda 
tabiatsevarlar klubi, yoshlar ma’ruzaxonasi, tabiatni muhofaza qilish jamiyatlari, 
o’lka muzeylari, tabiat burchaklari tashkil etilib, ularda o’lkaning tabiati, 
boyliklarini ko’rsatadigan, hikoya etadigan tadbirlar katta ahamiyat kasb etadi. 
Tabiat muhofazasi talqin etiladigan kechalar tashkil qilinib, ularda o’qituvchilar, 
olimlar bilan yoshlarning muloqatini o’tkazish ham xayrli tadbirlardan hisoblanadi. 
Oliy maktablarda ekologik ta’limi tabiat muhofazasi masalalarining ilmiy 
asoslarini chuqur va har tomonlama o’rganishga, inson faoliyati natijasida 
biosferada ro’y berayotgan hodisalarning sabab va qonuniyatlarini tahlil etish 
maqsadlariga qaratilgan. Shu bilan bir qatorda, u talabalarni maktablarda ekologiya 
asoslari va tabiat muhofazasi ta’limini o’qitishga tayyorlashni ham nazarda tutadi. 


153 

Yüklə 3,54 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   82   83   84   85   86   87   88   89   90




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin