SIYOSIY REAKSIYA — o‗z umrini yashab bo‗layotgan ijtimoiy-siyosiy
tartiblarga faol qarshilik ko‗rsatish. S.r. inqilobiy, demokratik va milliy-ozodlik
harakatiga qarshi kurashda, demokratik huquq va erkinliklarni bostirishda, progressiv
siyosiy va ijtimoiy tashkilotlarni, uning arboblarini ta‘qib etishda, ommaviy terror va
zo‗ravonlikda, irqiy va milliy kamsitishda, agressiv tashqi siyosatda namoyon bo‗ladi.
Reaksiyaning mutloqlashgan shakli fashizmdir.
SIYOSIY REALIZM — siyosiy sohadagi harakat bo‗lib, u vaziyatni, kuchlar
nisbatini, o‗z oldiga qo‗ygan maqsadiga erishishda, belgilangan dasturni amalga
oshirishda muvaffaqiyatlarga olib keladigan rivojlanish tendensiyasini ob‘ektiv tahlil
qilishga asoslangan. S.r. xalqaro munosabatlarda mavjud muammolarning tinch-totuv
yashash tamoyili asosida o‗zaro maqbul yechimini topishga intilishini barcha
tomonlardan talab qiladi.
SIYOSIY MINTAQVIYISTIKA — mintaqalarning ijtimoiy-siyosiy tashkil etish
va rivojlanish qonuniyatlarini o‗rganadigan fan sohasidir. S.r. XX asrning 90-yillariga
kelib mustaqil tarmoq sifatida tashkil topdi.
SIYOSIY REJIM (lot. boshqarish) — tartib, davlat tizimi, boshqaruv tartibi.
Muayyan davlat va jamiyatda siyosiy hokimiyatning real taqsimlanishini aks ettiruvchi
politologiya kategoriyasi. U muayyan bir jamiyatda muayyan bir vaqtda mavjud siyosiy
hokimiyat qiyofasini aks ettiradi. Agar ―boshqaruv shakli‖ kategoriyasi davlatning
konstitutsiya va qonunlarda aks etgan belgilarga asoslanib, asosan siyosiy hayotning
rasmiy-huquqiy tomonini yoritadi va nisbatan statik tushuncha bo‗lsa, ―siyosiy rejim‖
ushbu jamiyatda siyosiy hokimiyat amalda kimga tegishliligi, u qanday vositalar bilan
amalga oshirilishi, davlat va fuqarolik jamiyati unda qay tarzda o‗zaro ta‘sir etishi, shaxs,
ijtimoiy guruhlar huquq va erkinliklar ko‗lami va ularni amalga oshirish imkoniyatlari
to‗g‗risidagi savollarga, masalalarga oydinlik kiritadi. Boshqacha qilib aytganda, siyosiy
rejim - bu davlat tartibi bo‗lib, u davlat va fuqarolik jamiyati o‗zaro munosabatlari, davlat
hokimiyatining, jamiyat hayotining boshqa sohalariga ―kirib‖ borish darajasini aks
ettiradi. Demokratik, avtoritar, totalitar siyosiy rejim turlari ajratiladi.