6
(shahar) sudlarining faoliyatini tashkiliy jihatdan ta‘minlash sudyalarning mustaqilligi va
ularning faqat qonunga bo‗ysunishi qoidasiga qatiy rioya qilingan holda O‗zbekiston
Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan amalga oshiriladi (yana q.Huquq).
ADLIYA VAZIRLIGI –
ijrochi hokimiyatning organi, adliya sohasida
boshqaruvni amalga oshiradi hamda ushbu sohadagi ijroiya hokimiyati organlari olib
borayotgan faoliyatni muvofiqlashtiradi. Adliya vazirligining asosiy vazifalari
quyidagilar: adliya sohasida davlat siyosatini amalga oshirish; shaxs va davlatning huquq
va qonuniy manfaatlarini ta‘minlash, aqliy mulkni sudlar faoliyati tartibi bilan
belgilangan huquqiy himoyasini ta‘minlash, sud yoki boshqa huquq organlarining jinoiy
jazolar bo‗yicha aktlarini bajarish.
Dostları ilə paylaş: