AFRIKA BIRLIGI TASHKILOTI (
ABT ) — Afrika qit‘asidagi 54 davlatni
birlashtiruvchi eng yirik mintaqaviy siyosiy tashkilot. 1963-yil 25-mayda Afrika
mamlakatlari davlatlari va hukumatlari boshliqlarining Addis-Abeba konferensiyasida
tashkil etilgan. ABT Afrika davlatlari hamkorligini mustahkamlash, qit‘adagi
mamlakatlar mustaqilligini himoya qilish kabi maqsadlarni ko‗zlaydi. Afrikadagi har
qaysi mustaqil va suveren davlat ABTga a‘zo bo‗lishi mumkin. Asosiy organi Davlatlar
va hukumatlar boshliqlarining assambleyasi, Vazirlar kengashi, Bosh kotibiyat hamda
Vositachilik, yarashtirish va hakamlar komissiyasidan iborat. Davlatlar va hukumatlar
boshliqlarining assambleyasi – ABT oliy organi hisoblanadi. ABT ma‘muriy organi –
Bosh kotibiyat, unga Bosh kotib rahbarlik qiladi. Vositachilik, yarashtirish va hakamlar
komissiyasining vazifasi – ABT a‘zosi bo‗lgan davlatlar orasidagi hamma nizolarni tinch
vositalar bilan bartaraf etish. ABT qarorgohi - Addis-Abeba (Efiopiya) shaharda.
AFRIKA UCHUN IQTISODIY KOMISSIYASI — BMTning mintaqviy organi.
1958-yilda tashkil etilgan. Afrikadagi 49 ta davlat uning a‘zosi. Maqsadi mintaqadagi
mamlakatlar o‗rtasida ijtimoiy-iqtisodiy hamkorlikni rivojlantirishga ko‗maklashishdan
iborat.
AGENT (lot.
agens , qaratqich kelishigi –
agentis – ish yurituvchi) — 1) biron-bir
tashkilot yoki kishi topshirig‗iga binoan yoki uning manfaatini ko‗zlab ish yurituvchi
shaxs, vakil; muassasa, tashkilot va h.k.ning topshirig‗ini bajaruvchi vakili; 2) biron-bir
davlat razvedkasining maxfiy xodimi, josus.
AGIOKRATIYA (yun.
hagios – tabarruk, ilohiy) — muqaddas narsalar, ilohiy
kuchlar hokimiyati deb talqin etadi P.I.Novgorodsev (1866-1924). Uning fikricha,
demokratiya o‗zi yomon hamda qarama-qarshi bo‗lgan pornokratiya tomon borish kerak
emas. Chunki bunday solishtirish noto‗g‗ri hisoblanadi.