8
o‗zaro tutash mustaqil shaharlardan ham iborat bo‗lishi mumkin (mas., Germaniyadagi
Rur Aglomeratsiyasi). A. – avvalo iqtisodiy (va muayyan darajada ijtimoiy) kategoriya.
Lekin unga davlat-huquqiy nuqtai nazaridan ham qarash mumkin. Mas., katta shahar
organlarining A. butun hududi bo‗yicha muayyan muvofiqlashtiruvchi vazifalarni
bajarishi (xususan, poytaxt shaharlarning ma‘murlari hamisha poytaxt atrofidagi
shaharlar rivojlantirilishiga ta‘sir ko‗rsatishga harakat qiladilar), ularning tutash hududlar
ma‘murlari bilan birgalikda ish olib borishi, A. muammolari bo‗yicha umumiy organning
tuzilishi va uning A.da mavjud bo‗lgan ma‘muriy-hududiy birliklarning organlari bilan
o‗zaro hamkorlik qilishi shular jumlasidandir.
AGRAR TANGLIK
— qishloq xo‗jaligida yuz beradigan iqtisodiy inqiroz. Uning
mahsulotlarni ko‗p ishlab chiqarish tufayli yoki mahsulotlarni kam ishlab chiqarish
oqibatida yuz beradigan ko‗rinishlari bor. Birinchi turdagi A. t. sababi bozor
iqtisodiyotidagi noaniqlikning bulishidir, buning natijasida talab va taklif muvozanati
buziladi. Talab ortib borganda narx ko‗tarilib xo‗jaliklar foydani ko‗p ko‗radilar, ular
ishlab chiqarishni kengaytiradilar, mahsulotlar haddan ortiq ko‗payib ketib, ularning
taklifi talabdan oshib boradi. Mahsulotlarning bir qismi sotilmay qoladi yoki o‗ta past
narxda sotiladi. Bozorning kasodligi dehqonlarni og‗ir ahvolga solib qo‗yadi, ular ishlab
chiqarishni qisqartirishga majbur bo‗ladilar, o‗z sarf-xarajatlarini qoplay olmay
xonavayron bo‗ladilar. Shunday tangliklar XX a. mobaynida bir necha bor yuz bergan.
Uning eng dahshatlisi 1929-1932 yillardagi tanglikdir. Bu A.t. butun dunyodagi
mamlakatlarni, qishloq xo‗jaligining barcha tarmoqlarini chulg‗ab oldi. A.T.ning ikkinchi
turi agrar munosabatlar eskirib qolganda, ular ishlab chiqarishni rag‗batlantirmay
qo‗yganda yuz beradi. Dehqonlar mahsulotni ko‗paytirishdan manfaatdor bo‗lmay
qoladi, chunki ularning daromadi qisqarib ketadi. Bozor narxlarining o‗zgarishi
dehqonlar zarariga bo‗ladi, ya‘ni dehqonchilik mahsuloti narxiga nisbatan sanoat
mahsuloti narxi tez o‗sadi. Natijada dehqonlar sanoat mahsulotini olish uchun o‗z
mahsulotini tobora ko‗proq sotishga majbur bo‗ladilar. Bunday A.t. dan chiqish uchun
qishloq xo‗jaligi isloh etiladi: yerga mulkchilik o‗zgartiriladi, yer dehqonlar mulkiga
aylantiriladi, ijarachilikka keng yo‗l beriladi, serkapital inshootlar (irrigatsiya), yo‗llar va
energetika sohalari davlat hisobidan rivojlantiriladi va h.k. Rivojlangan mamlakatlarda
A.t.ni bartaraf etish uchun qishloq xo‗jaligi bo‗yicha maxsus qonunlar qabul qilingan
bo‗lib, davlat qishloq xo‗jaligi mahsulotlarini sotish mumkin bo‗lgan narxlarning eng
quyi chegarasini belgilab qo‗yadi («fermerlarni qo‗llab-quvvatlash narxi»), ortiqcha
qishloq xo‗jaligi mahsulotini xarid etib, uning zaxiralarini tashkil etadi, ortiqcha
mahsulotni bozorga chiqarmay turgan yoki ekin maydonini bozorga qarab qisqartirgan
fermerlarga subsidiya beradi va b. Qishloqdagi mulkiy munosabatlar va xo‗jalik yuritish
usullarini o‗zgartirish ishlab chiqarishni rivojlantirib, A.t.dan chiqish imkonini beradi.
AGRAR
(lot.
agrarius
) — 1) yerga, yerdan foydalanishga, unga egalik qilishga oid
(mas., A. tanglik, A. islohot); 2) sanoatga nisbatan qishloq xo‗jaligi ishlab chiqarishi
asosiy o‗rinda turishini ifodalovchi so‗z (mas., A. mamlakat va h.k.).
Dostları ilə paylaş: