51
uyg‗unlashtirish,
tartibga solish, iqtisodiy o‗sish uchun imkoniyatlar yaratish yoki
sanksiyalar qo‗llash singari tadbirlar kiritiladi. Ijtimoiy funksiyaga odamlarni ish, uy-joy,
sog‗liqni saqlash tizimi xizmatlari bilan ta‘minlash, keksalar va nogironlarga, ishsizlarga,
yoshlarga ijtimoiy kafolotlar yaratish, hayot. mulk, sog‗liqni sug‗urta qilish xizmatlarini
ta‘minlash singarilar kiradi. Huquqiy funksiyaga tartibni ta‘minlash, huquq sohasini
rivojlantirib borish, ijtimoiy tizimni himoya qilish singari vazifalar kiradi. Madaniy-
tarbiyaviy funksiya aholining madaniy
ehtiyojlarini qondirishga, insonlarni jahon
ma‘naviyati durdonalaridan bahramand bo‗lishlari uchun sharoitlar yaratishga va inson
o‗zini ijodda namoyon etishi uchun imkoniyatlar yaratishda namoyon bo‗ladi. Davlatning
siyosiy funksiyasiga jamiyatda siyosiy barqarorlikni ta‘minlash, hokimiyatni amalga
oshirish, siyosiy kursni ishlab chiqish va aholining manfaatlarini uyg‗unlashtirish kiradi.
DAVLAT GERBI
— davlat ramzlaridan biri.
Unda davlatning milliysiyosiy,
iqtisodiy xususiyatlari, ijtimoiy va davlat tuzumi, geografik va b. belgilari o‗z ifodasini
topadi. Gerb davlat bayroqlarida, muhrda, rasmiy blanklarda, muhim hujjat, pul va davlat
zayomlarida, ba‘zi binolarda tasvirlanadi. D. g.ning mazmuni
konstitutsiya yoki maxsus
qonun bilan belgilanadi. 1992-yil 2-iyulda O‗zbekiston Respublikasining D.g.
to‘g‘risidagi qonun qabul qilingan. U quyidagi ko‗rinishga ega: tog‗lar, daryolar va so‗l
tomoni bug‗doy boshoqlaridan, o‗ng tomoni esa chanoqlari ochilgan g‗o‗za shoxlaridan
iborat chambarga o‗ralgan gullagan vodiy uzra quyosh zarrin nurlarini sochib turadi.
Gerbning yuqori qismida respublika hurligining ramzi sifatida 8 burchak tasvirlangan
bo‗lib, uning ichki qismida yarim oy va yulduz tasviri bor. Gerbning markazida baxt va
erksevarlik ramzi – qanotlarini yozgan Humo qushi ko‗rinadi. Gerbning pastki qismida
respublika Davlat bayrog‗ini ifoda etuvchi chambar lentasining bantida «O‗zbekiston»
deb yozib qo‗yilgan.
Dostları ilə paylaş: