Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə152/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   462
LUG\'AT

IDIOGRAFIK FANLAR
xodisalarni, bo‗lib o‗tgan voqealarni, ya‘ni xususiy 
holatlarni har tomonlama o‗rganadi (tarix, geografiya, astronomiya kabilar) 
IDORA 
— 1) ma‘lum bir ijtimoiy, davlat, xo‗jalik, savdo va turli tarmoqlarni 
boshqarish uchun shtatli xodimlari va ma‘muriyati bo‗lgan tashkilot, muassasa
boshqarma va ular o‗rnashgan bino. Mas., xo‗jalik I.si., I. xizmatchilari; 2) belgili 
tartibda boshkarib, yo‗lga solib borish, boshqarish tartibi. Mas., I. usuli, I. qilmoq.
IERARXIYA 
(yun. 
hierarchia

hieros
– avliyo va 
arche
– hukmronlik, hokimiyat, 
mansab pog‗onasi) — bir butun narsa yoki hodisalar ayrim qismlari yoki elementlarining 
yuqoridan quyiga tomon bir tartibda joy olishi. Xizmat pog‗onasi quyidan yuqoriga qarab 
bir-biriga qarab bir-biriga o‗tuvchi va ahamiyati ortib boruvchi mansab, unvonlar qatori. 
Fanga I. tushunchasi XIX a. ning 2-yarmida kirib keldi. Dastlab I. jamiyatning sinfiy 
tabaqalanishini va hokimiyat tuzilishini tavsif etish maqsadida qo‗llanilgan. XX a.dan 
boshlab esa har qanday obyekt sistemasini tavsif etishda qo‗llanila boshlandi.
IEROKRATIYA 
(yun. 
hieros
– muqaddas, tabarruk) — Ruhoniylar, kohinlar 
hokimiyati. Q. Jretsekratiya. 
IEZUITLAR 
(lot. 
«Societas Jesu
» – «Iso jamiyati») — katoliklar monaxlik ordeni 
a‘zolari. Bu jamiyatni 1534-yilda-mayda ispan dvoryani Ignatiy Loyola Parijda tuzgan va 
1540-yil papa Pavel III tomonidan tasdiklangan. U o‗z oldiga katolitsizmni himoya qilish 
va yoyish, papalik hokimiyatini mustahkamlash vazifasini qo‗ydi, kontr-reformatsiyaning 
asosiy quroli bo‗lib qoldi. I. faqat Yevropa davlatlarida emas., Hindiston, Yaponiya, 
Xitoy, Filippinda ham tarqaldi. I. ordenining asosiy tamoyillari: kat‘iy markazlashish, 
mavqeiga qarab kichiklarning kattalarga so‗zsiz bo‗ysunishi, orden boshlig‗ining mutlaq 
nufuzi. I. har qanday jinoyatni, agar u xudo yo‗lida qilingan bo‗lsa, oqlaydi. XX a.da I. 
klerikalizminng yetakchi guruhiga aylandi. 
IJARA
(arab. ijora) — 1) tarixiy-etnografik atama. Islom dini tapqalgan davlatlarda 
yer egalari tomonidan yerni ishlash uchun dehqonlarga berish shartlaridan biri; yer 
egasining haqini pul bilan to‗lash. I.chi ayrim jismoniy shaxs, yuridik shaxs va xatto 
davlat bo‗lishi mumkin. Mehnat jamoalari o‗z korxonalaridan, korxonalar esa bir-biridan 
I. shartnomasiga binoan asosiy ishlab chiqarish va noishlab chiqarish vositalarini ma‘lum 


118 
muddatga qonun hujjatlarida taqiqlanmagan faoliyatlarda samarali foydalanish va 
qo‗shimcha daromadga erishish maqsadida oladi.

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   148   149   150   151   152   153   154   155   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin