Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə153/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   462
LUG\'AT

IJRO ETUVCHI HOKIMIYAT 
— davlat hokimiyatining qonun chiqaruvchi 
hokimiyat va sud hokimiyati kabi mustaqil tarmoqlaridan biri. Ya‘ni davlat apparatining 
ijro etuvchi organlari tizimi. Joriy qonunlar va b. me‘yoriy hujjatlarga asoslanib, 
boshqaruv vazifalarini bajaradi (davlat boshlig‗i, hukumat). Qonun chiqaruvchi 
hokimiyat hujjatlarini ijro etish maqsadida o‗z qaror va farmoyishlarini qabul qiladi, 
odatda, davlat boshlig‗i (prezident)ning bevosita rahbarligi va nazorati ostida ish ko‗radi. 
I.e.h. mintaqaviy va mahalliy darajada mahalliy o‗zini-o‗zi boshqarish organlari (hokim, 
oqsoqol, gubernator, mer, prefekt) tomonidan amalga oshiriladi. I.e.h.ning asosi – 
boshqaruv apparati va hukumat. Ushbu tizimning boshi – hukumat boshlig‗i. Zamonaviy 
ijro etuvchi hokimiyat mohiyati – yagona umumiy davlat hokimiyatini bo‗lish 
zarurligidan kelib chiqadi. Bu tamoyil XVII-XVIII a.larda Yevropa, AQSH 
mutafakkirlari va siyosatchilari tomonidan nazariya va amaliyotda chuqur ishlab 
chiqilgan. Ijro organlari hokimiyatni malakaviy-professional tarzda amalga oshiradilar va 
davlatning ma‘muriy-siyosiy, ijtimoiy-madaniy, ishlab chiqarish va mehnat faoliyatini 
boshqaradilar. Davlat xizmatchilari qatlami bu hokimiyatni ichki tomonidan tavsiflaydi. 
Ijro hokimiyati qonunlarni amalga oshira olishi uchun unga ma‘muriy hokimiyat 
vakolatlari berilgan. Bunda ijro organlari ikki model asosida o‗z faoliyatlarini tashkil 
etadi. Birinchi modelga ko‗ra qonun ijro organlari bajarishi lozim bo‗lgan tadbirlar va 
vakolatlar kengligini aniq ifodalagan bo‗ladi va shu tariqa ijro organlarini tashabbus 
ko‗rsatishdan cheklaydi (―bog‗liq‖ model). Ikkinchi modelga ko‗ra («erkin» model) ijro 
organlariga ma‘muriy aktlar qabul qilish huquqi beriladi va shu tariqa ularning 
tashabbusi va erkinligi ko‗lami cheklanmaydi. Ijro organlari doirasida ma‘muriy 
jazolash va nazorat instituti amal qiladi. Unga ko‗ra ijro organlari ma‘muriy hibsda 
saqlash, militsiya, armiya xizmatidan foydalanish kabi huquqlarga ega. Ijro organlari 
hokimiyatning boshqa tarmoqlari ega bo‗lmagan resurslar (hudud, fuqarolar, moliyaviy 
va ahborot, rag‗batning turli resurslari, armiya, ichki ishlar, davlat xavfsizligi xizmati) 
ustidan nazoratga ega. Shun., qonunchilik hokimiyatidan farqli o‗laroq, ijro organlari 
doimiy asosda faoliyat ko‗rsatadilar va siyosatdagi o‗zgarishlarga deyarli bog‗liq 
emaslar. Ijro hokimiyatining funksiyalari: hamjamiyat va millatning bir butunligini 
ta‘minlash (umumiy til, me‘yorlar, umumiy afsonalar, ramzlar yaratish, milliy birlik, 
fuqarolik hissini tarbiyalash, umumiy ta‘lim tizimini yaratish, bir turdagi siyosiy 
madaniyatni shakllantirish orqali); ichki va tashqi xavfsizlik, tartib, qonun ustivorligini 
ta‘minlash; xususiy mulk va b. huquqlarni himoya qilish; iqtisodiy samaradorlik va 
iqtisodiy o‗sishni ta‘minlash; ijtimoiy adolatni himoyalash (soliqlar va b. dasturlar 
orqali); zaiflarni himoya qilish (bolalar, qariyalar, atrof muhit). Qonunchilik hokimiyati 
deputatlarning rasmiy tengligi tamoyiliga tayansa, ijro hokimiyati faoliyatida 
pog‗onaviylik tamoyili ustun turadi. Monteske fikriga ko‗ra ―hokimiyatning bu tarmog‗i 
ijroning tezkorligiga asosiy e‘tiborni qaratgani uchun bir kishi tomonidan yaxshiroq 
boshqariladi‖. Ierarxiyasiga ko‗ra ijro hokimiyatida uning siyosiy bo‗g‗imi ajratiladi: 
prezident, premer-ministr, oliy mansabdor shaxslar. O‗zbekiston Respublikasida hukumat 
- O‗zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi davlat hokimiyatining oliy ijrochi va 
b.ruvchi organi hisoblanadi. U iqtisodiyotning, ijtimoiy va ma‘naviy sohaning samarali 


119 
faoliyat ko‗rsatishiga, qonunlar ijro etilishiga, Oliy Majlisning qarorlari, O‗zbekiston 
Respublikasi Prezidentining farmonlari, qarorlari va farmoyishlarining bajarilishiga 
rahbarlikni ta‘minlaydi. Mahalliy I.e.h. organlari O‗zbekiston Respublikasi qonunlarini, 
Prezident farmonlarini, davlat hokimiyati yuqori organlarining qarorlarini amalga 
oshiradi. Viloyat, tuman va shaharlarda I.e.h.ni hokim boshchiligidagi viloyat, tuman va 
shahar hokimliklari boshqaradi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   149   150   151   152   153   154   155   156   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin