IJTIMOIY JAMG„ARMALAR —
a‘zoligi bo‗lmagan va o‗z mablag‗lari
bo‗lmagan va o‗z mablag‗lari (mulk)ni ko‗ngilli badallar, qonunlar bilan taqiqlanmagan
boshqa kirimlar hisobiga shakllantiruvchi, hamda ularni muayyan ijtimoiy ehtiyojlarni
qondirishga yo‗naltiruvchi tashkilot.
IJTIMOIY KAFOLAT — barcha fuqarolarning millati, tili, dini, jinsi, ijtimoiy
kelib chiqishi va ijtimoiy holatidan qat‘iy nazar Konstitutsiya va b. qonunchilik
hujjatlarida belgilangan siyosiy, ijtimoiy, iqtisodiy huquqlar bilan birga ularning hayot
darajasi pasayib ketishiga yo‗l qo‗ymaslik, ehtiyojmand oila va fuqarolarning ijtimoiy
muhofazasini ta‘minlash, g‗amxo‗rlik qilishdir.
IJTIMOIY MUHIT — insonning yashashi va ishlashi uchun uni o‗rab turgan
ijtimoiy, moddiy va ma‘naviy shartsharoitlar. Muxit keng ma‘noda (makromuhit)
ijtimoiy-iqtisodiy tizimni – ishlab chiqaruvchi kuchlar, ijtimoiy munosabatlar va tartib-
qoidalar majmuini, jamiyatning ijtimoiy ong va madaniyatini o‗z ichiga oladi. Tor
ma‘nodagi I.m. (mikromuhit) bevosita insonni qurshab olgan oila, mehnat, o‗quv va b.
guruhlardan iborat.
IJTIMOIY PARADIGMA —
siyosiy fikr paradigmalaridan biri. I.p. mohiyatiga
ko‗ra ijtimoiy yondashuvga mos keladi va siyosatni unga jamiyatning boshqa sohalari
ta‘siri orqali tushuntiradi (mas.,iqtisod, ijtimoiy qatlamlashuv, madaniyat, huquq va h.k.).
IJTIMOIY QATLAMLASHISH —
o‗zaro bog‗liq va pog‗onalashuv asosida
tashkil topgan, qatlamlar birligidan iborat ijtimoiy tengsizlik tizimi. I.q. – ma‘lumoti,
daromadi, maishiy sharoiti, mashg‗uloti, psihologiyasi, diniy e‘tiqodi va h.k. belgilarga
ko‗ra jamiyatning sinflar, qatlamlarga bo‗linish tizimi hisoblanadi. Ijtimoiy qatlamlashish
ijtimoiy tenglik va tengsizlik, jamiyatda mavjud ko‗plab ijtimoiy tuzilmalarning
hokimiyatga moddiy boyliklar, imtiyozlar, huquqlar, maqomlarga egaligi va yoki ta‘siri
turlichaligi bilan ajralib turuvchi munosabatlar tizimi. Bu tushuncha har bir muayyan
jamiyatda doimo mavjud bo‗lgan va ijtimoiy munosabatlar ta‘sirida vujudga kelgan
tengsizlik munosabatlarini aks ettiradi.