197
foydasiga qayta taqsimlashni yoqlab chiqadilar. Neoliberallar siyosiy dasturining negizini
boshqaruvchi va boshqarilayotganlarning o‗zaro kelishuvi, siyosiy jarayonda ommaning
ishtirok etishi zarurligi, siyosiy qarorlarni qabul qilish amaliyotini demokratlashtirish
tashkil etadi. Neoliberalizmning mohiyatini qisqacha shunday ifodalash mumkin: davlat
shaxsni bozor tizimining salbiy oqibatlaridan himoyalashi zarur.
NEP
(yangi iqtisodiy siyosat) — sovet davlatining kapitalizmdan sotsializmga
o‗tish davrida amalga oshirgan iqtisodiy siyosati, sotsializm yo‗lidagi muhim bosqich.
Fuqarolar urushi davridagi iqtisodiy siyosatdan farq qilib, yangi deb atalgan. Bu
siyosatning asosini V.I.Lenin ishlab chiqdi. NEP kommunistik partiyaning 1921-yilda
bo‗lib o‗tgan X s‘ezdida qabul qilingan. Bu siyosat iqtisodiyotning ko‗p tarzli bo‗lishini
e‘tirof etdi, erkin tijorat va xususiy mulkni qonunlashtirdi. Konsessiyalar berish
vositasida xorijiy sarmoyaning mamlakatga kirish yo‗li ochildi. Mayda tijoratchilarning
katta armiyasi paydo bo‗ldi. Millionlab kosiblar mamlakat iste‘mol mollarining to‗rtdan
uch qismini ishlab chiqara boshladi. Natijada ishchi va dehqonlar turmushi yaxshilandi,
dastlabki jiddiy ijtimoiy tadbirlar hayotga joriy etildi. Ya.i.s. xo‗jalikni rivojlantirish
muammosini yarim-yorti hal qilardi. Sovet hokimiyati barcha yirik sanoat, transport,
banklar, tashqi savdo, yerni o‗z qo‗liga olib, xususiy sarmoyani chekladi va tartibga
soldi, jamoaviy sektorni o‗stirish va mustahkamlashga zo‗r berdi. Ammo bu jarayonlar
uzoq davom etmadi. Sovet hukumati vaqtinchalik chora sifatida qo‗llagan.
Dostları ilə paylaş: