Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə268/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   462
LUG\'AT

OLTI QO„SHUV UCH (6+3) GURUHI
— Afg‗onistonda 2005-yildan keyingi
davrda Tolibon harakati yashirin faoliyat yuritib, yana jonlana boshladi. Afg‗oniston 
yana harbiy to‗qnashuvlar girdobida qoldi. Shu boisdan O‗zbekiston Prezidenti 2008-yil 
3-aprelda Buxarestda NATO/SEAP (Yevroatlantika hamkorlik kengashi) sammitida 
ishtirok etib, 30 yildan buyon hozirgacha davom etib kelayotgan Afg‗oniston mojarosini 
hal etish yuzasidan bir qator amaliy takliflarni ilgari surdi. Yurtboshimizning 2008-yil 
avgustida SHHT sammiti doirasidagi ma‘ruzasida esa bu masala yana bir bor ta‘kidlab 
o‗tildi. Shuningdek, ―6+3‖ guruhini tuzish g‗oyasi Prezidentimiz tomonidan 2009-yil 15–
16-iyunda Rossiya Federatsiyasining Yekaterenburg shahrida bo‗lib o‗tgan SHHT 
anjumanida ham ilgari surildi. Davlatimiz rahbari ushbu guruh eng avvalo Afg‗onistonda 
o‗z yechimini kutib turgan quyidagi ijtimoiy-siyosiy masalalarni hal etishda muhim rol 
o‗ynashiga e‘tibor qaratdi: - oddiy xalqning ehtiyojini qondirish; - aholi bandligi (ish 
bilan ta‘minlash); - hokimiyatning vertikal boshqaruv idoralari nufuzini mustahkamlash; 
- afg‗on xalqining xalqaro koalitsiya kuchlariga nisbatan ishonchini qozonish; - xalqaro 
hamjamiyat imkoniyatlari hisobidan Afg‗onistonga moddiy yordam va ko‗mak ajratish; - 
afg‗on xalqining diniy, milliy, madaniy qadriyatlari va urf-odatlarini hurmat qilish; - 
―6+2‖ muloqot guruhini ―6+3‖ muloqot guruhiga aylantirish, ya‘ni unda NATO 
vakolatxonasining ishtirokini ta‘min etish lozim. Prezidentimiz Islom Karimov ―6+3‖ 
guruhi g‗oyasiga 2010-yil 27-yanvarda Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining 
qo‗shma majlisida so‗zlagan ―Mamalakatimizni modernizatsiya qilish va kuchli fuqarolik 
jamiyatini barpo etish – ustuvor vazifamizdir‖ mavzusidagi ma‘ruzasida ham alohida 
to‗xtalib o‗tgan edi. ―6+3‖ muloqot guruhining eng muhim maqsadi – Afg‗onistonda bir-
biriga qarshi kurashayotgan kuchlarga harbiy harakatlarni to‗xtatish dasturini taklif etish, 
mamlakatni parokanda qilayotgan asosiy muammo va ziddiyatlar bo‗yicha o‗zaro murosa 
asosidagi echimlarni topish, xavfsizlikni ta‘minlash hamda barcha tomonlarning 
manfaatlarini hisobga olgan holda zarur kafolatlarni berish lozimligi qayd etildi. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   264   265   266   267   268   269   270   271   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin