Namangan davlat universiteti b. T. Ataxanov, M. B. Isabayev fuqarolik jamiyati fanidan



Yüklə 2,52 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə266/462
tarix13.12.2023
ölçüsü2,52 Mb.
#174626
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   462
LUG\'AT

ODATIY SIYOSIY ONG
— siyosiy ongning darajalaridan biri. U ijtimoiy 
guruhlarning kundalik hayotidan bevosita paydo bo‗ladigan g‗oyalar, qarashlar, 
tasavvurlar yig‗indisidir. Bu ong mazmuniga ko‗ra ko‗p jihatdan empirik ongga o‗xshash 
bo‗ladi. 
ODDIY SIYOSIY ONG
— inson zotini o‗rab turgan siyosiy muhit ta‘sirida 
shakllangan sodda, jo‗n haqiqat, hayotiy aql-idrok, uncha to‗g‗ri bo‗lmagan tushuncha, 
ishonch kabi ijtimoiy element-unsurlardan tarkib topadi. U siyosiy hayotga yuzaki 
qarash, voqea-hodisalarni tashqi ko‗rinishlariga qarab baholash, kundalik manfaat-
ehtiyojlarga bo‗lgan munosabatlarda namoyon bo‗ladi. Shunga qaramasdan oddiy siyosiy 
ong inson faoliyatining turli sohalarida ko‗zga tashlanadi. Chunki, uning sub‘ekti har 
qachon barcha insoniy xislat fazilatlardan holi bo‗lmagan aniq odamdir. 
OFISIOZ
(lot. 
officiosus
- xizmatga tayyor, iltifotli) — hukumatning nuqtai-
nazarini ifoda etuvchi. U bilan bog‗liq amalda, uning direktivalarini amalga oshiruvchi, 
biroq rasmiy jihatdan uning organi bo‗lmagan matbuot (gazeta, jurnal, tv). 


202 
OKKUPATSIYA
, (harbiy okkupatsiya) (lot. 
occupatio
- egallash, bosib olish) — 
xalqaro huquqda - urush olib borayotgan tomonning qurolli kuchlarining dushman 
hududini vaqtincha egallab olishi. Harbiy O. rejimi 1907-yilgi 4-Gaaga konvensiyasi va 
―Fuqaro va aholini himoya qilish to‗g‗risida‖gi Jeneva konvensiyasi (1949) bilan tartibga 
solinadi. Bu hujjatlarda O. qilib turgan hokimiyat o‗zi egallagan joylarda tartibni 
saqlashi, fuqarolarning sha‘ni, oilaviy huquqlari va hayotini hurmat qilishi, mol-mulk, 
madaniy boyliklarni yakson qilmasligi, O. qilingan hududning siyosiy taqdiri 
to‗g‗risidagi mas.,i hal etmasligi va shu kabilar nazarda tutilgan. O. rejimini buzish 
xalqaro jinoyat hisoblanadi, bunda javobgar bo‗lgan shaxslar harbiy jinoyatchilar deb 
qaraladi. 
OKRUG
(rus. atrof) — 1) bir qancha davlatlar (mas., Islandiya, Portugaliya)da 
ma‘muriy-hududiy birlik; 2) harbiy okrug; 3) vaqtinchalik tuzilgan hududiy bo‗g‗in 
(mas., saylov okrugi); 4) muayyan organlar vakolati tarqaladigan hudud (mas., sud 
okrugi, notarial okrug.). 
OLIGARXIYA
(yun. 
oligarchia
- ozchilik hokimiyati) — davlat boshqaruv shakli; 
unda siyosiy va iqtisodiy hukmronlik aristokratlar yoki boylarning kichik guruhi 
tomonidan amalga oshiriladi (mas., moliya O.si). ―O.‖ termini dastlab yunon 
yozuvchilari (Aristotel, Polibiy) asarlarida aristokratiya tugatilishi oqibatida vujudga 
keladigan davlat tuzumi shaklini ifodalash uchun qo‗llanilgan. 

Yüklə 2,52 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   262   263   264   265   266   267   268   269   ...   462




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin