OSIYO VA TINCH OKEANI UCHUN IJTIMOIY-IQTISODIY KOMISSIYASI — 1947-yil tuzilgan. Minaqada 36 mamkat, AQSh, Fransiya, Britaniya,
Niderlandiya kabi mamlakatlar a‘zo. BMTning Ijtimoiy-Iqtisodiy yordam Kengashining
umumiy rahbarligi ostida faoliyat olib boradi. Maqsadi mintaqada ijtimoiy-iqtisodiy
muhit va taraqqiyot mezonlarini ishlab chiqishda ko‗maklashish. O‗zaro hamkorlikni
mustahkamlash, barqaror taraqqiyot rejalarini taqdim etish, mintaqa davlatlarining
boshqa mintaqa mamlakatlari bilan iqtisodiy aloqalarini mustahkamlashishga
ko‗maklashishdan iborat.
OSIYO-TINCH OKEAN IQTISODIY HAMKORLIGI — xalqaro iqtisodiy
tashkilot. Osiyo-Tinch okeanning 12 davlati - Avstraliya, Bruney, Indoneziya, AQSH,
Kanada, Malayziya, Tailand, Singapur, Filippin, Koreya Respublikasi, Yaponiya, Yangi
Zelandiya tashqi ishlar va savdo vazirlarining Kanberra shahrida (Avstraliya) bo‗lib
o‗tgan birinchi konferensiyasida asos solingan (1989-yil noyabr.). Tashkilotning asosiy
maqsadi Osiyo-Tinch okean mintaqasida ochiq va erkin savdo hamda investisiyalar
uchun sharoit yaratib berish, atrof muhitni muhofaza qilish yuzasidan kuch-g‗ayratlarni
muvofiqlashtirish. Bunda umuman mintaqada, xususan, tashkilot doirasida integratsiya
jarayonlariga muhim e‘tibor beriladi.
OSTRAKIZM (yun. sopol parchasi) — mamlakat uchun xavfli shaxslarning
nomini sopol parchalariga yozish va yashirish ovoz berish yo‗li bilan quvg‗in qilishning
qadimiy Gretsiyadagi odati; quvg‗in, ta‘qib, xaydash choralari qo‗llanilgan.
OXLOKRATIYA (yun. ―qora‖lar hokimiyati) — olomon hukmronligi.
OZIQ-OVQAT VA QISHLOQ XO„JALIGI TASHKILOTI (FAO) —
hukumatlararo jahon tashkiloti, BMTning ixtisoslashgan muassasasi. 1945-yil tuzilgan.
Vazifasi: ovqatlanish, oziq-ovqat, qishloq xo‗jaligi masalalari bo‗yicha ma‘lumotlar
yig‗ish va ularni o‗rganish, oziq-ovqat mahsulotlari va boshqani ishlab chiqarish va
sotishni yaxshilashga yordam berishdan iborat. Markaziy idorasi Rimda joylashgan.
2009-yil oxirida tashkilotga 180 dan ortiq mamlakat a‘zo bo‗ldi.