OMMAVIY QIRG„IN QUROLLARIDAN MUDOFAA — qo‗shin, aholi va
mamlakat xalq xo‗jaligi ob‘ektlarini dushmanning yadro, kimyoviy va bakteriologik
qurollari ta‘siridan himoya qilishda qo‗llaniladigan chora tadbirlar kompleksi. Bunda
individual himoya vositalari, transheyalar, maxsus jihozlangan pana joylardan
foydalaniladi, epidemiyaga qarshi va boshqa tibbiy tadbirlar, dezaktivatsiya, degazatsiya
hamda umumdavlat mudofaa tadbirlari ko‗riladi.
OMMAVIY SIYOSIY ONG — ijtimoiy hayotning turli jihatlarini qamrab olgan
g‗oyalar, sezgi, afsona, qarashlar va kishilarning kayfiyatlari, shuningdek, jamiyat
a'zolarining o‗zaro hamda ularning hokimiyatga bo‗lgan munosabatlarida namoyon
bo‗ladi. U siyosiy hayotning siyosiylashib va ommaviylashib borishi jaroyonida yuzaga
kelgan yo‗l-yo‗riq, ko‗rsatmalar, qolip-andozalar asosida taraqqiy etadi. O.s.o.
jamiyatning tarixiy tajribasini o‗zida mujassamlashtirganligi sababli uning shakllanishi
va rivojlanishi jaroyonlari osonlikcha kechmaydi, demokratiyaga o‗tishni bir muncha
qiyinlashtiradi.
ONG (ME‟YORIY) — ijtimoiy me‘yorlarni faoliyat, baholash asosi sifatida
anglash; huquqiy, ma‘naviy va boshqa taqiqlarda ifodalanuvchi ijtimoiy talablarga itoat
etish; ijtimoiy ma‘qul faoliyatlarga ergashish; jamiyat a‘zolari o‗rtasidagi muosabatlarda
tartibga soluvchi qoidalarga amal qilish zarurligini anglash. Katta ijtimoiy guruhlarning
me‘yoriy ongi mafkura va uning shakllari (axloq, huquq, din)da namoyon bo‗ladi. Guruh
va jamoalarning me‘yoriy ongi guruh munosabatlarini tartibga soluvchi qoidalarda aks
etadi. Shaxsning me‘yoriy ongi ijtimoiylashuvi natijasida shakllanadi. Me‘yoriy ongning
muhim tarkibiy qismi ijtimoiy qadriyatlar (ijtimoiy faoliyat maqsadlari) va tadqiqlar
(qat‘iy belgilangan ijtimoiy qoidalardan chekingani uchun sanksiyalar va cheklashlar)
tizimidir.
ONG (GURUHIY) — ijtimoiy ong turi. Turli guruhlar faoliyati bilan bog‗liq
ravishda guruhiy ong kundalik ong darajasida avval stixiyali shakllanadi. So‗ng
yetakchilar (nazariyotchilar, mafkurachilar) ishtirokida anglana boradi. Natijada uning
tuzilishi ichki yaxlitlikka, tugallikka, ziddiyatlardan holilikka ega bo‗ladi, uning guruh
a'zolari bilan funksional aloqalari esa qat'iylik kasb etadi. Har bir ijtimoiy guruh faqat
o‗ziga xos ongga ega bo‗lgani uchun guruhiy onglar xilma-xildir. Katta va kichik, rasmiy
va norasmiy, sinfiy, milliy, kasbiy, yoshga ko‗ra va hokazo guruhiy onglar ajratiladi.
Ularning har biri ikkinchisidan mazmuniga ko‗ra (mas., ob‘ekti, belgisi, guruh
hissiyotlarining yo‗nalganligi, qadriyatiy intilishlar va ideallri tabiati, guruh maqsadlari,
ularga erishish yo‗llari va vositalari to‗g‗risidagi tasavvurlar) hamda ularning tarkibiga
kiruvchi elementlar soni, tabiati, kompozitsiyasi, aloqalari (mas., guruh baholashi,
temperamenti) bilan, shuningdek, amal qilish usullari bilan (mas., katta va kichik
guruhlarda qoidalar shakllanish mexanizmlari turlicha bo‗ladi) farq qiladi.